Aleksander-Arnold: “Klopp g'aroyib inson”
23 mar 2020 22:52
Yangiliklar


Aleksander-Arnold: “Klopp g'aroyib inson”
“Liverpul” himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“G'aroyib inson. Bu uning hamma sohada qarashlariga taalluqli. Jamoani boshqarishi, insonlar bilan muloqoti, barchasi o'zgacha.
Ommaga ko'rinishidan, intervyularidan uning yoqimli inson ekanligini ko'rish mumkin. U atrofidagilarga naqadar jonkuyar ekanligini bemalol bilib turasiz. U oilasi, futbolchilar, ishchi xizmatchilar uchun doim qayg'uradi. Klopp barchaga birdek muomalada bo'ladi. U jamoa sardoriga ham, yosh futbolchiga ham bir xil munosabatda.
Bir qator insonlar uni o'ta emocional deb hisoblashadi. Qaysidir tomonlama ular haq, ammo u vaziyatni qanday nazorat qilishni yaxshi biladi. U qaysi vaqtday qanday harakat qilishni juda yaxshi biladi”, deya Aleksandr-Arnoldning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda GQ.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar