“Al SHabab”da g'alaba, Haydarovda to'liq o'yin va sariq kartochka
06 mar 2016 15:11
Yangiliklar


“Al SHabab”da g'alaba, Haydarovda to'liq o'yin va sariq kartochka
Ushbu turda terma jamoamiz yarim himoyachisi Aziz Haydarov to'p tepayotgan “Al SHabab” klubi o'z maydonida 3-o'rinda borgan “Al-Nasr”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 55-daqiqasida kiritilgan yagona gol “SHabab”ga muhim uch ochkoni taqdim etdi. Al Ameri kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ygan. Ushbu bahsda Haydarov maydonda to'liq harakat qildi va 67-daqiqada sariq kartochka bilan jazolandi.
“Al SHabab” jamoasi bu g'alabadan so'ng o'z ochkolari sonini 29taga etkazib oldi. Dubay klubi turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi. Kechagi mag'lubiyatdan so'ng “Al Nasr” 33 ochko bilan 4-pog'onaga pastladi. Durang qayd etgan “Al Vasl” esa aksincha 34 ochko bilan 3-o'ringa ko'tarilib oldi.
"Al SHabab" - "Al Nasr" 1:0
Gol: Al Ameri 55
O’xshash yangiliklar

Fikrlar