Rasman: Saudiya Arabistoni chempionati afsonasi "Al Hilol"da o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
3 iyul 2025, 17:18
"Al Shabab" hujumchisi Abdurazzoq Hamdalla "Al Hilol"ga ijaraga berildi.

Chempionat "Oltin butsa"sining 3 karra sohibi, musobaqaning eng yaxshi to'purarlari orasida 2-o'rinda borayotgan Hamdalla yil so'ngiga qadar "Al Hilol"ga o'tdi:

"Al Hilol"dek buyuk jamoaga o'tganimdan, Qirollik sharafini himoya etishimdan baxtiyorman.

JAmoa uchun borimni berib, yutuqlarga qo'lga kiritishda yordam beraman".

34 yoshli forvard "Al Shabab" tarkibida Saudiya Arabistonida 26 o'yinda maydonga tushib, 21 ta to'p kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: alhilal.com