"Al Hilol" va "Yuventus"dan 2 nafardan. Serbiyaning Evro-2024 uchun yakuniy ro'yxati malum
28 may 2024 15:53
Yangiliklar


"Al Hilol" va "Yuventus"dan 2 nafardan. Serbiyaning Evro-2024 uchun yakuniy ro'yxati malum
Serbiya terma jamoasining musobaqa uchun yakuniy ro'yxati elon qilindi.
Bosh murabbiy Dragan Stoykovich ro'yxatga 26 nafar o'yinchini kiritdi.
Serbiya terma jamoasining Evro-2024 uchun tarkibi:
Darvozabonlar: Vanya Milinkovich-Savich ("Torino"), Predrag Raykovich ("Malorka"), Jorj Petrovich ("CHelsi");
Himoyachilar: Straxinya Pavlovich ("RB Zalcburg"), Nikola Milenkovich ("Fiorentina"), Milosh Velkovich ("Verder"), Srdjan Babich ("Spartak" Moskva), Urosh Spayich ("Crvena Zvezda"), Nemanya Stoich ("Bachka Topola");
Yarim himoyachilar: Sasha Lukich ("Fulxem"), Nemanya Gudel ("Sevilya"), Nemanya Maksimovich ("Xetafe"), Ivan Ilich ("Torino"), Srdjan Miyailovich ("Crvena Zvezda"), Sergey Milinkovich-Savich ("Al Hilol"), Dushan Tadich ("Fenerbaxche"), Lazar Samardjich ("Udineze"), Velko Birmanchevich ("Sparta" Praga), Filipp Kostich ("Yuventus"), Filip Mladenovich ("Panatinaikos"), Andriya Jivkovich (PAOK), Miyat Gachinovich (AEK);
Hujumchilar: Aleksandr Mitrovich ("Al Hilol"), Dushan Vlaxovich ("Yuventus"), Luka Yovich ("Milan"), Petr Ratkov ("RB Zalcburg").
O’xshash yangiliklar

Fikrlar