"Al Hilol" va "Yuventus"dan 2 nafardan. Serbiyaning Evro-2024 uchun yakuniy ro'yxati ma'lum

Tolibjon Qosimov
28 may 2024, 15:53
14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyada Evro-2024 bo'lib o'tishidan xabaringiz bor.

Serbiya terma jamoasining musobaqa uchun yakuniy ro'yxati e'lon qilindi.

Bosh murabbiy Dragan Stoykovich ro'yxatga 26 nafar o'yinchini kiritdi.

Serbiya terma jamoasining Evro-2024 uchun tarkibi:

Darvozabonlar: Vanya Milinkovich-Savich ("Torino"), Predrag Raykovich ("Malorka"), Jorj Petrovich ("Chelsi");

Himoyachilar: Straxinya Pavlovich ("RB Zalcburg"), Nikola Milenkovich ("Fiorentina"), Milosh Velkovich ("Verder"), Srdjan Babich ("Spartak" Moskva), Urosh Spayich ("Crvena Zvezda"), Nemanya Stoich ("Bachka Topola");

Yarim himoyachilar: Sasha Lukich ("Fulxem"), Nemanya Gudel ("Sevilya"), Nemanya Maksimovich ("Xetafe"), Ivan Ilich ("Torino"), Srdjan Miyailovich ("Crvena Zvezda"), Sergey Milinkovich-Savich ("Al Hilol"), Dushan Tadich ("Fenerbaxche"), Lazar Samardjich ("Udineze"), Velko Birmanchevich ("Sparta" Praga), Filipp Kostich ("Yuventus"), Filip Mladenovich ("Panatinaikos"), Andriya Jivkovich (PAOK), Miyat Gachinovich (AEK);

Hujumchilar: Aleksandr Mitrovich ("Al Hilol"), Dushan Vlaxovich ("Yuventus"), Luka Yovich ("Milan"), Petr Ratkov ("RB Zalcburg").

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/FSSrbije