"Al-Garafa" – AGMK o'yini oldidan Ro'ziqul Berdiev nima deydi?
07 apr 2021 14:20
Yangiliklar


"Al-Garafa" – AGMK o'yini oldidan Ro'ziqul Berdiev nima deydi?
Qatar poytaxti Doxa shahridagi "Suhaim Bin Hamad" stadionida kechadigan bo'lajak bahs ko'pchilikning diqqat markazida turibdi. Ayniqsa Qarshning “Nasaf” jamoasi uchun AGMKning bugun qanday natija qayd etishi qiziqtirmoqda. SHuni inobatga olib, “ajdarlar” ustozi Ro'ziqul Berdiev bilan bog'landik.
- Albatta, bugun qiziqarli o'yin guvohi bo'lamiz. “Al-Garafa” jamoasi haqida ko'p ham malumotga ega emasman. Oxirgi vaqtlarda deyarli o'yinlarini kuzatmaganim uchun raqib haqida tayinli bir fikr bildirish qiyin. SHu bois har ikki jamoaning ham g'alabaga bo'lgan imkoniyatini 50ga50 baholagan bo'lardim. AGMKda o'yinga tayyorgarlik nisbatan yaxshi bo'ldi deyish mumkin. Vakillarimizga bugungi uchrashuv oldidan omad tilayman. Ulardan tabiiyki g'alaba kutib qolamiz", - deydi Ro'ziqul Berdiev championat.asia saytiga.
Eslatib o'tamiz, agar bugun AGMK g'alaba qozonsa Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" klubi OFK guruh bosqichida ishtirok etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar