So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

“Al Ayn” – “Lokomotiv” o'yinidan oldingi matbuot anjumani Yangiliklar

“Al Ayn” – “Lokomotiv” o'yinidan oldingi matbuot anjumani

Teglar :  Al AynLokomotiv
Bugun Osiyo chempionlar ligasining chorak final doirasida “Al Ayn” va “Lokomotiv” o'rtasidagi dastlabki o'yin bo'lib o'tadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 19:30 (Toshkent bilan 20:30)da start oladi.

Kecha odatga ko'ra har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Bizga malum bo'lishicha, chempionlar ligasi matbuot anjumanlarida dastlab mehmonlar ishtirok etishardi. Ammo kecha uchrashuv komissari avval mezbon jamoa, keyin mehmonlar qatnashadi deya malum qildi.

Natijada dastlab savollarga “Al Ayn” bosh murabbiyi Zlatko Dalich va jamoa etakchisi Omar Abdulrahmon javob qaytarishdi.

Z.Dalich: – Osiyo chempionlar ligasi biz uchun juda muhim turnir hisoblanadi. Bunda g'alaba qozonishni xohlaymiz. Raqibimiz “Lokomotiv” milliy chempionatda birinchi o'rinda ketyapti. Ularda kuchli jamoa shakllangan. Jamoani bu o'yinga tayyorlash oson kechmadi. Avvvaliga futbolchilarim 20 kun BAA termasi ixtiyorida bo'lishdi, faqat oxirgi o'n kundagina biz to'liq tarkib bilan mashg'ulot o'tkaza oldik.


– Birinchi o'yindan qanday natija kutyapsiz?
– Gol o'tkazmasdan g'alaba qozonsak xursand bo'lardim. CHunki bu bizga ustunlik beradi. Buning uchun futbolchilar bor kuch bilan harakat qilishlari, muxlislar esa tinmay qo'llab turishlari kerak bo'ladi. O'ylaymanki, o'yin paytida muxlislar bizni yolg'iz qoldirishmaydi.

– G'alabaga qanchalik ishonasiz?

– Hamma qatori men ham jamoam zafar quchishini xohlayman. Transfer paytida braziliyalik Kayo bilan Amir Abdulrahmonni safimizga qo'shib oldik. Ularning ikkalasi ham kuchli futbolchi va “Al Ayn”ga yordam bera olishadi. Raqib tarkibida esa Server Jeparov bor va u juda kuchli futbolchi.

– O'yin 19:30da boshlanadi. Ob-havoning issiqligi tasir qilishi mumkinmi?

– Biz ham, raqib ham bir xil ob-havo sharoitida to'p tepamiz. Menimcha, buning tasiri bo'lmasa kerak. “Lokomotiv” avvalgi bosqichda “Al Hilol”ni ortda qoldirdi. Bu ham ularning kuchidan darak beradi. Muammo shundaki, “Lokomotiv” ketma-ket rasmiy o'yinlarda maydonga tushyapti, bizda esa hali chempionat boshlangani yo'q. Men ko'proq shundan xavotirdaman.



O.Abdulrahmon: – Biz o'yinga tayyormiz. Albatta, o'n kunlik mashg'ulot kam bo'lishi mumkin, lekin shunga qaramay yutishga harakat qilamiz. Jamoa bosimga tayyor, biz bunga allaqachon o'rganib qolganmiz.

SHundan so'ng matbuot anjumani navbati mezbon jamoaga etib keldi. Bunda “Loko” bosh murabbiyi Andrey Miklyaev hamda Oleg Zoteev savollarga javob qaytarishdi.

A.Miklyaev: – Biz yana bu mamlakatga kelganimizdan mamnunmiz. CHempionlar ligasi biz uchun katta musobaqa, bunda oson o'yinlar bo'lmaydi. O'ylaymanki, “Al Ayn”ga qarshi kechadigan ikkala uchrashuv ham qiziq kechadi va yakunda biz yarim finalga yo'l olamiz.



– “Al Ayn” haqida nima deya olasiz?
– Raqibning bazi o'yinlarini ko'rdik. Kimlarni safga qo'shib olganini ham bilamiz. “Al Ayn” guruh bosqichida “Nasaf”ga qarshi to'p surgandi. Lekin bunga ancha bo'ldi. Jamoa o'yini hozir o'zgargan bo'lishiyam mumkin. BAAda hali chempionat boshlangani yo'q, shu bois raqib bizga sirli ko'rinmoqda.

– “Lokomotiv”ning hozirgi holati haqida fikringiz?
– Bizda ikkinchi davra boshlanib bo'ldi va to'rtta turda maydonga tushdik. Jamoaning holati yaxshi va eng keraklisi jarohat olgan futbolchilar yo'q. O'tgan yil Avstriyada yig'in o'tkazganimizda bu jamoaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgandik. Mana endi rasmiy bahslarda ham ularni mag'lub etishga harakat qilamiz.



O.Zoteev: – Pley-off turnirlarida har bir o'yin katta ahamiyat kasb etadi. Biz “Al Ayn” bilan kechadigan bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Maqsadimiz – safardan ijobiy natija bilan qaytish.

– Raqib to'g'risida fikringiz?
– “Al Ayn” tarkibida kuchli futbolchilar ko'p. O'z vaqtida ulardan besh nafariga qarshi O'zbekiston olimpiya termasi safida o'ynaganman. Hozir ular milliy terma jamoada to'p tepishyapti.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика