"Al Ahli" Firminoni ijaraga berib yuborishga tayyor, faqat buning bir sharti bor
06 jan 00:44
Yangiliklar
"Al Ahli" Firminoni ijaraga berib yuborishga tayyor, faqat buning bir sharti bor
Yarim yillik faoliyatdan so'ng Roberto Firmino Saudiya Arabistonini tark etishi mumkin.
Oldinroq "Liverpul"ning sobiq futbolchisi "Al Ahli"dan ketishni istayotgani borasida malumotlar tarqagandi. Uning xizmatlariga "Fulxem" tomonidan qiziqishlar bo'layotgandi.
"Evening Standard" nashri xabariga ko'ra, "Al Ahli" braziliyalikni yanvar oyida ijaraga berib yuborishga tayyor turibdi. Biroq buning uchun yangi jamoasi uning haftalik 378 ming evro maoshini to'lashga rozi bo'lishi kerak.
SHu sababli Firminoga faqatgina Angliya yoki Turkiya klublari davogarlik qilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Firmino 8 mavsumlik faoliyatidan keyin "Liverpul"ni erkin agent sifatida tark etib, Saudiya Arabistoni tomon yo'l oldi. "Al Ahli" tarkibida u 17 uchrashuvda 3ta gol urdi (ilk uchrashuvdayoq xet-trik).
Fikrlar