"Aktobe" ukrain klubiga mag'lub bo'lgan bahsda Igor Sergeev...
26 fev 2021 20:06
Yangiliklar


"Aktobe" ukrain klubiga mag'lub bo'lgan bahsda Igor Sergeev...
Qozog'istonning “Aktobe” jamoasi Turkiya yig'ini doirasidagi so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Aqtebeliklarning raqibi Ukraina 1-ligasi vakili “Nikolaev” jamoasi bo'ldi.
Uchrashuv ukrainaliklarning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Qozoq klubining yagona golga yaqinda jamoa tarkibiga borib qo'shilgan Igor Sergeev mualliflik qilgan. Hamyurtimiz uchrashuv mobaynida maydonda to'liq harakatlandi. U o'yin yakunida burchakdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvoza to'riga joylab qo'ydi.
“Aktobe” endi Qozog'istonga qaytib, yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiradi. Klub mamlakat chempionatining 1-turini 13 mart kuni “Kaspiy” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar