So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Akbar Usmonov: "Eron klublarini qachon mag'lub etamiz? Bunga oz qoldi" Yangiliklar

Akbar Usmonov: "Eron klublarini qachon mag'lub etamiz? Bunga oz qoldi"

O'tgan haftada futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga etdi.

Tailand poytaxti Bangkok shahrida o'tgan musobaqada yurtimiz sharafini Olmaliqning AGMK klubi himoya qildi. Aleksandr Petrov boshchiligidagi jamoa guruhda ikkita g'alaba va bitta mag'lubiyat bilan chorak finalga chiqdi. CHorak finalda musobaqa mezboni "Port FK" klubi mag'lub etildi hamda AGMK o'z tarixida ilk bor yarim finalga yo'llanma oldi. Afsuski yarim finalda Eron chempioni "Mes Sungun"ga imkoniyat boy berildi. Uchinchi o'rin uchun bahsda olmaliqliklar Vetnamning "Tay Son Nam" klubiga yutqazib qo'yishdi va musobaqada to'rtinchi o'rinni band etishdi. Biz Osiyo chempionatida ishtirok etib, 6ta gol urishga muvaffaq bo'lgan Akbar Usmonov bilan suhbatlashdik.

- Osiyo chempionatidagi o'yinlar haqida nima deya olasiz?

- Musobaqadagi har bir o'yin finalga teng bo'lganini takidlash lozim. Bizning guruh "o'lim guruhi" edi. SHu bois ham hech bir uchrashuv biz uchun oson o'tgani yo'q. Lekin mana shu guruhdan chiqa olganimizdan xursandmiz.

- Osiyo chempionatidagi eng qiyin bahs qaysi bo'ldi va nima uchun?

- Yuqorida aytganimdek barcha o'yin qiyin bo'ldi. Lekin eng qiyini menimcha uchinchi o'rin uchun bahs bo'ldi. CHunki uchrashuv davomida hisobda oldinda borib yakunda yutqazib qo'ydik. Juda ham alam qildi. Biroq barcha ayb o'zimizda, yaxshi boshladik va konsentraciyani yo'qotib qo'ydik.

- Tailanddagi musobaqaning yarim finalida Eronning "Mes Sungun" klubiga imkoniyat boy berildi. Statistikaga muroajaat qilsak Eron terma jamoasi va Eron klublarini umuman mag'lub etmagan ekanmiz. Ularni qachon mag'lub eta olamiz?

- Ishoning juda oz qoldi. Bu bizning qo'limizdan kelishiga amin bo'ldim. CHunki bugungi kunda ajoyib avlodga egamiz. Professional tayyorgarlik bilan har qanday raqibni engsa bo'ladi va bu aslo balandparvoz gaplar emas.

- AGMK Osiyo chempionatida yakunda 4-o'rinni egalladi. SHaxsan siz bu natijadan qoniqdingizmi?

- Nolishga haqqimiz yo'q. Lekin medal bilan qaytishga imkonimiz bor edi. Afsuski bundan foydalana olmadik. Mag'lub bo'lgan o'yinlarda yaqqol o'zimizning xatolar tufayli yutqazdik. Biroq bugungi kundagi futzalimizning holatiga nisbatan olsak bu ajoyib natija bo'ldi.

- Gollaringizni o'zgacha uslubda nishonladingiz. Bu nimani anglatardi?

- Ko'p muxlislar bu haqda iliq fikrlar aytishdi. Ko'plab taniqli futbolchilarga o'xshatishdi. Albatta bundan xursand bo'ldim. Men hech kimga taqlid qilganim yo'q, shunchaki ona vatanimga bo'lgan mehrimni ifodalamoqchi edim.

- Ko'pchilik bu tarkib bilan AGMK guruhdan chiqishga ishonmagandi. Nimaning evaziga yarim finalga qadar etib bordinglar?

- Menimcha juda ham kuchli xohish, futzal o'ynash uchun ajoyib muhit va xalqimiz ishonchi. CHunki biz u erdaligimizda ko'plab muxlislar qo'llab-quvvatlab turishdi. Fursatdan foydalanib aynan shu muxlislarga katta rahmat aytmoqchiman.

- Bir necha yillardan buyon AGMKni boshqarib kelayotgan Aleksandr Petrov qanday murabbiy?

- Top darajadagi murabbiy bo'lmasligi mumkin, lekin juda ham yaxshi inson. Eng muhimi futzalchilarni yaxshi tushuna oladi va o'z klubi uchun borini beradi.



- Sizningcha bu musobaqada AGMK safida eng yaxshi o'yinchi kim bo'ldi?

- Menimcha, barcha 14 futzalchi. Sababi barchamiz bir maqsad yo'lida ter to'kdik va bu samara berdi.

- O'zbekiston terma jamoasi sobiq ustozi Xose Mariya Mendez bugungi kunda Tailandda ishlamoqda. Musobaqa vaqtida u bilan ko'rishish uchun imkon bo'ldimi?

- Mendez juda ham ajoyib inson. U bizni ko'rgani keldi. Hammamiz bilan ko'rishdi, hazillashdi va kayfiyatimizni ko'tardi. Musobaqadagi o'yinlarimizni maqtadi, kamchiliklarni aytib o'tdi. U men uchun birinchi raqamli murabbiy.

- Osiyo chempionatidan keyin darhol O'zbekiston chempionatiga kirishib ketish qiyin bo'lmaydimi?

- Bunday yuqori tempda o'ynab kelib qiynalmasak kerak deb o'ylayman. Bunga tez kunda guvohi bo'lamiz.

- Terma jamoamiz Tojikiston, Nepal va Afg'oniston bilan saralashda o'ynaydi. Bu raqiblar hozirgi kunda qanchalik kuchli?

- Ochig'ini aytish kerak, raqiblarga past baho berish katta xato bo'ladi. Biz saralash bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz va har bir o'yinga jiddiy yondoshamiz.

- O'zbekiston terma jamoasi 2016 yil Kolumbiyada o'tgan Jahon chempionatida debyut qilgandi. Navbatdagi Jahon chempionatida ham ishtirok etishi uchun nimalar qilish kerak deb o'ylaysiz?

- Avvalambor izga ko'pla o'quv-mashg'ulot yig'inlari kerak. Jiddiy jamoalar bilan o'yinlar o'tkazishimiz lozim. SHunda xudo xohlasa yana Jahon chempionatiga chiqamiz.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика