So’nggi yangiliklar

11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  0 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  4 10:40Саудия жамаолари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  5 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  2 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  11 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  15 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0 22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0

"Aka, xudo bor". AGMK finalni "Paxtakor"ga "sovg'a qilishi" kerakmidi? Yangiliklar

"Aka, xudo bor". AGMK finalni "Paxtakor"ga "sovg'a qilishi" kerakmidi?

Teglar :  "Paxtakor"AGMK
Olmaliq shahrining bosh jamoasi 2018 yilgi mavsumga Viktor Kumikov boshchiligida tayyorlandi.

Ammo yangicha formatda o'tadigan O'zbekiston chempionatining starti AGMK uchun omadsiz bo'ldi. Jamoa Superliganing 12 turidan keyin atigi 13 ochko jamg'argani tufayli yozda rossiyalik mutaxassisning o'rniga Baxtiyor Ashurmatov keltirildi. 

Mavsumni 8-pog'onada yakunlagan jamoa O'zbekiston kubogi finalida Arveladzening "Paxtakor"i bilan qarshilashar ekan, olmaliqliklar "anderdog" sifatida ko'rilgani rost gap... Umuman olganda, Farg'onadagi o'yin va uning atrofidagi voqealar haqida bitta film olsa bo'ladi. Quyida o'qiydiganlaringiz shu haqda.

O'sha kuni "Istiqlol" stadioniga chiqib kelgan AGMK futbolchilari o'yin oxirida mag'lub bo'lishlari kerak edi. Aniqrog'i, ularga shunday ko'rsatma berilgan. Bu "missiya" amalga oshishi mumkin edi. Qachonki, tarkibda Jasur Hasanov, Lutfullo To'raev va Kamoliddin Murzoev singari o'zini hurmat qiladigan, tajribali, eng muhimi, nomusli futbolchilar bo'lmasa...

Ular maxsus topshiriqqa qarshi chiqib, tarkibdagi hammani g'alaba uchun ruhlantirishdi. "Nastroy" shunaqa qilindiki, maydonga chiqib kelayotgan barcha o'yinga hayot-mamot masalasi sifatida qaray boshladi. 

Bu ish berdi. "Paxtakor"ning nisbatan kuchli tarkibiga chempionatning har 2 o'yinini yutqazgan AGMK finalda hisobni ochdi. 

54-daqiqada Gonsalvesh penalti orqali muvozanatni tiklagach, barcha "Paxtakor" o'yinga qaytishini kutgandi. Biroq 3 daqiqadan keyin Jokich dublni rasmiylashtirib, yana AGMKni oldinga olib o'tdi.

O'yin oxiriga yaqin Temur To'xtasinov boshchiligidagi hakamlar brigadasi katta sahnaga chiqdi. Referi, dastlab, CHeran To'raevning boshiga tepgan vaziyatni "ko'rmadi". Keyinroq Masharipov to'pni jarima maydoni ichida qo'li bilan o'ynagan vaziyatda penalti belgilanmadi...

Quyidagi videolavhani tomosha qiling. Jasur Hasanov ilojsizlikdan boshini changallayapti. Kasminin va Qilichev jamoa bugun hakamlarga qarshi o'ynayotganini tushundi. To'raev esa alam bilan bitta gapni takrorlardi: "Aka, Xudo bor"...


Darhaqiqat, Xudo bor! SHu tufayli AGMK 3-golni urib, kubok yutdi. Temur To'xtasinov esa 2 yildan keyin futboldan chetlatildi (malum muddatga).

Malumot uchun, o'sha davrda "Paxtakor"ning bosh homiysi hisoblangan "SFI Management Group" ayni paytda "Metallurg"ni moliyalashtiradigan "Uzmetkombinat" va Olmaliq shahrining bosh jamoasiga pul beradigan OKMKni boshqarar edi...

AGMK rahbariyati finaldan keyin Baxtiyor Ashurmatovni istefoga chiqardi. Uning ortidan To'raev, Murozoev va Hasanov ham Olmaliqdan ayrildi. SHu kundan beri "konchilar" "Paxtakor"ni yuta olishmayapti.

Bu hali hammasi emas! Ertaga ham Superliga doirasida "Nasaf" va AGMK ishtirokida o'tgan 2 shubhali o'yin va bu voqealardagi asosiy qahramon haqida gaplashamiz. Tez kunda bu mavzuda intervyu ham chiqadi. Xullas, hikoyaning davomi bor...

mutolaa uchun: Eng qimmat o'zbek darvozaboni haqida 

Muallif :
Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика