So’nggi yangiliklar

18:12ПФЛ Ўзбекистон Суперлигаси 2025 интросини тақдим этди  0 17:54"Нефтчи": 4 мингга яқин йиллик абонемент сотиб бўлинди  5 17:47"Зенит" - ЦСКА. Файзуллаев асосий таркибда  1 17:36Бу қизиқ! "Манчестер Сити" Бразилия U-17 ва Аргентина U-17 сардорларини ўз сафига қўшиб олди  1 16:22Суперлиганинг 3-тур ўйинлари саналари маълум бўлди  0 16:13Инфантино: "Трамп Россияни ЖЧ-2026да иштирокини кўриб чиқишни сўрагани йўқ"  5 14:52Азалий рақиблар қарама-қаршилиги: "Пахтакор" - "Ал Ҳилол" ўйинига тайёрмисиз?  21 14:29"Челси" 17 ёшли футболчи учун 15 млн. евро тўлайди  2 14:07"Атлетико" раҳбари Сересо Перес ҳақида: "Реал" тарихидаги энг яхшиси"  16 13:17Пике: "Реал" ва "Барселона" бир-бирига керак"  18 12:45Саудия Арабистони чемпионатида Тоуни ва Бензема Роналдуга деярли етиб олишди  7 12:17"Реал" "Арсенал" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:55Аморим МЮ ўйини ҳақида: "Баъзида ижобий жиҳат топиш қийин бўлади"  1 11:50Интервью. Февзи Давлетов: "Тизимли ўйинимизни сақлаб қолдик. Трансферлар? Айнан керакли позицияга футболчи олинди"  3 11:30Рустам Хожаев: "Осиё кубоги мезбонлиги Марказий Осиё футболи ривожи учун жуда катта туртки бўлади"  7

"Ajdarlar" to'qqizinchi to'qnashuvga tayyormi? "Baniyas" - "Nasaf" uchrashuviga prevyu Yangiliklar

"Ajdarlar" to'qqizinchi to'qnashuvga tayyormi? "Baniyas" - "Nasaf" uchrashuviga prevyu

Teglar :  BaniyasNasaf
Bugun katta futbol kuni. Klublarimizning joriy yilda xalqaro maydondagi yurishini "Nasaf" boshlab beradi.

Superliga startida ikkita durang bilan cheklangan qarshiliklar BAAda mahalliy "Baniyas" jamoasi mehmoni bo'ladi. Bu oqshomda OCHL guruh bosqichiga chiqish masalasi uzil kesil hal qilinadi. Yo'llanma faqat bitta o'yinda qo'lga kiritiladi. Quyida bugungi bellashuv oldidan fikr va mulohazalarimizni bildirib o'tamiz. 


⚡️ MATCH DAY. "Nasaf" yoki "Baniyas"?


"Nasaf" va "Baniyas"dagi vaziyat 

Ro'ziqul Berdiev shogirdlari shu kunga qadar uchta rasmiy o'yinda qatnashishga ulgurishdi. Dastlab Superkubokda "Paxtakor"ga imkoniyat berilgan bo'lsa, "Navbahor" va "Metallurg" bilan murosa ko'chasini tanladi. Jamoa hali to'liq formaga kirib olmagani yaqqol ko'rinib turibdi. Boz ustiga futbolchilarda avvalgi o'yinlardagi ruhiyat hali hamon saqlanib qolmagan bo'lsa bo'lgani. "Nasaf"ning raqibi "Baniyas" BAA chempionatida 10 mart kuni 19 tur o'yinida maydonga tushib "Al Nasr"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Ayni payt turnir jadvalida 28 ochko bilan 6 o'rinda ketmoqda. 




"So'g'diyona"na "Nasaf"ga muxlislik qiladi

"Nasaf" mag'lubiyatga uchragan taqdirda OFK kubogi orqali xalqaro maydondagi yurishini davom ettiradi. Biz bu bilan hozirdanoq ularni OCHLdan chetga chiqarib qo'ymoqchi emasmiz. Lekin ushbu faktor "ajdarlar"ning bosimsiz  to'p tepishlarini taminlaydi. CHunki xalqaro maydonda imkoniyat yo'qotilmagan bo'ladi. Kechagi matbuot anjumanida Ro'ziqul Berdiev guruh bosqichiga chiqish uchun ishtiyoq katta ekanligini takidladi. O'tgan mavsum Superligada ikkinchi o'rinni olgan "So'g'diyona" bugun astoydil "Nasaf"ning g'alabasini kutadi. Hamyurtlarimizning BAAdan yutuq bilan qaytishi o'z-o'zidan jizzaxliklar uchun xalqaro maydon eshiklarini ochadi. Ular OFK kubogida yurtimiz sharafini himoya qilishlari mumkin bo'ladi. 


OCHL. Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga guruh bosqichiga o'tish ishtiyoqida maydonga tushamiz"



"Baniyas" haqida 

Ushbu klub 1982 yilda tashkil topgan. Uy uchrashuvlarini 10 000 sig'imga ega "Baniyas" arenada o'tkazadi. Jamoani ruminiyalik Daniel Iseyle boshqarmoqda. Malumot o'rnida aytish mumkinki, 2011 yil qisqa vaqt franciyalik futbol yulduzi David Trezege to'p tepgan. Ayni paytdagi holatga ko'ra, Sasha Ivkovich (Xorvatiya), Salim Al Mamari (Ummon), Saile (Braziliya), Gaston Alvarez Suarez (Argentina), George Tibar (Tanzaniya), Nikolas Ximines (Argentina), Joao Viktor (Braziliya), Isaak Telin (SHveciya), Said Xamis (Tanzaniya) kabi legionerlar jamoada o'ynamoqda. Jamoaning o'rtacha yoshi 25,7. O'tgan mavsum amirliklar chempionatida 2 o'rinni egalladi. 


Jamoaning uy stadioni "Baniyas" arena


Foto: Klub rasmiy saytidan olindi


Iroqlik Al Qaysi 2021 yil AGMKni, bu yil "Nasaf"nimi?

Bugungi o'yinni boshqarish cheki iroqlik hakam Ali Sabah Adday Al Qaysiga ishonib topshirilgan. Qiziq holat shuki, ushbu referi avvalgi mavsumda Qatarda kechgan "Al Garafa" - AGMK o'yinini boshqargandi. O'shanda olmaliqliklar ekstra-taymlarning so'nggi soniyalarida Jokichning goli evaziga Dohadan g'alaba va OCHL guruh bosqichi yo'llanmasi bilan qaytgan edi. Ko'ramiz, bugun Al Qaysi qaysi jamoani olib chiqar ekan?



BAA klublariga qarshi statistika va uch yildan so'ng qaytish 


"Nasaf" OCHLda so'nggi bor 2018 yil guruh bosqichida qatnashgan. Qizig'i turnirdagi so'nggi o'yin aynan BAA klubiga qarshi kechgandi (Al Vasl - "Nasaf" 1:2). Jamoa hozirgacha BAA klublari bilan o'zaro 9 marotaba to'qnash kelgan. 3ta o'yinda Qarshi klubi zafar quchgan bo'lsa, 2tasida durang qolgan 4ta bellashuvda raqiblar g'alabani o'z tomoniga og'dirgan, deya olamiz.  

10.02.2002. "Al Vahda" - "Nasaf" 1:2

07.03.2012. "Nasaf" - "Al Jazira" 2:4

02.05.2012. "Al Jazira" - "Nasaf" 4:1

18.03.2015. "Al Ahli" - "Nasaf" 0:0

07.04.2015. "Nasaf" - "Al Ahli" 0:1

19.04.2016. "Nasaf" - "Al Ayn" 1:1

03.05.2016. "Al Ayn" - "Nasaf" 2:0

20.02.2018. "Nasaf" - "Al Vasl" 1:0

16.04.2018. "Al Vasl" - "Nasaf" 1:2

Baniyas

AFC Champions League Qualification . final-tur

15/03/2022, 21:15

2
:
0
Tugadi

Nasaf Qarshi

Sherzod Nasrulloev - 27', Khusayin Norchaev - 75'

45'
90'
27'  Sherzod Nasrulloev
75'  Khusayin Norchaev

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика