So’nggi yangiliklar

12:12Санчо Италиянинг қайси клубига ўтмоқчи?  0 11:41Мэйсон Маунт АПЛнинг бошқа клубига ўтади?!  0 11:10"Манчестер Сити" АПЛ стартига қадар таркибни қисқартирмоқчи  2 10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  5 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  1 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  6 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  8 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  31 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  10 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0

Ahmad Heyr El Din: “O'zbekiston hamda Livan terma jamoalari keyingi bosqichga chiqishga yaqin” Yangiliklar

Ahmad Heyr El Din: “O'zbekiston hamda Livan terma jamoalari keyingi bosqichga chiqishga yaqin”

Teglar :  Futzal
Bugun Livan terma jamoasi 2 – tur uchrashuvini Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Biz Livan terma jamoasi futzalchisi Ahmad Heyr El Din bilan uchrashib o'yin oldidan intervyu oldik.

-  Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'yinda birinchi bo'lib o'z darvozangizdan ikkita to'p olib chiqdinglar. O'yin yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganda hisobda oldinga o'tib oldinglar. Kunda esa himoyada qo'pol xatoga yo'l qo'ydinglar va o'z darvozangizdan 4 to'pni olib chiqdinglar. O'sha o'yindagi xatolardan xulosa chiqardinglarmi?

-  Hamma ham o'ziga yarasha xato qiladi, biz ushbu xatolardan xulosa chiqarishga harakat qildik. Bugungi o'yinda ushbu xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Dunyodagi kuchli jamoalar ham xato qilishadi. Hech kim xatolardan kafolatlanmagan.

-  Saudiya Arabistoni o'yin uslubini o'rganib chiqdinglarmi?
-  Bizning murabbiyiiz ispaniyalik bo'lib juda ham tajribali. Biz Saudiya Arabistoni o'yi taktikasini o'rganib chiqtik. Bugungi o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz va butun livanliklarga buni isbotlaymiz.

-  Oldindagi o'yidan nimalarni kutyapsiz?
-  Saudiya Arabistoni bilan avval ikkita o'yin o'tkazganmiz. Ikkala o'yinda ham g'alaba qozonganmiz. Ushbu terma jamoani yaxshi bilamiz. Lekin bugungi kundagi Saudiya Arabistoni terma jamoasi juda ham kuchli hisoblanmoqda. Buni O'zbekistonga qarshi o'yinda ham guvoxi bo'ldik. Ushbu o'yinga tayyormiz va g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

-  Guruhdagi raqiblar haqida qanday fikr bildiasiz?
-  Oldindan bir narsani aytish qiyin. SHuning uchun hozircha hech nima deya olmayman. Meni fikrimcha ushbu guruhda O'zbekiston hamda Livan terma jamoalari keyingi bosqichga chiqishga yaqin turipti.   

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика