AGMK Turkmaniston milliy terma jamoasi bilan o'yin o'tkazadi
31 jan 2020 18:55
Yangiliklar
AGMK Turkmaniston milliy terma jamoasi bilan o'yin o'tkazadi
BAAning Dubay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgan AGMK jamoasining nazorat bellashuvidagi raqibi malum bo'ldi.
Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan olmaliqliklar 2 fevral kuni Turkmaniston milliy terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazadi.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi. 27 yanvardan buyon tayyorgarlik bosqichining 3-qismini BAAda davom ettirayotgan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa kuniga 2 mahaldan shug'ullanmoqda.
AGMK jamoasining yig'in doirasidagi mashg'ulotlari tafsilotlari hamda video-lavhalarni klubning telegramdagi rasmiy kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Malumot o'rnida: AGMK 27 yanvar kuni boshlangan yig'in 11 fevralga qadar davom etishi rejalashtirilgan va yig'in doirasida yana qator nazorat uchrashuvlari belgilangan.
AGMK jamoasi BAA yig'iniga 25 nafar futbolchi bilan yo'l olgan.
Fikrlar