So’nggi yangiliklar

10:45Футзал. Бугун ўсмирларимиз Осиё ўйинларидаги юришини бошлайди  0 10:17"Челси" 100 миллион еврога баҳоланган испаниялик футболчига кўз тикмоқда  1 09:43"Манчестер Юнайтед"нинг ярим ҳимоячи позицияси учун шорт-листи маълум бўлди  6 09:17"Челси" "Реал"нинг трансфер нишонини "илиб кетмоқчи"  0 08:50Алонсо "Ювентус" юлдузи учун Мбаппедан ташқари "Реал"нинг исталган футболчисини сотишга тайёр  2 08:22"Бунёдкор" стадиони ҳозир қай ҳолатда?  5 07:55"Реал Мадрид"нинг тўрт нафар футболчиси "Барселона"га қарши ўйиндан олдин сафга қайтди  13 07:28Суперлига. Бугун битта учрашув бор  5 02:16Конференциялар лигаси. "Фиорентина"дан йирик ғалаба, "Кристал Пэлас" ўз майдонида мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 02:00Европа лигаси. "Рома" ўз майдонида ютқазди, Дайчнинг дебютида "Ноттингем Форест"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:41Тчуамени: "Адолатли ғалабани қўлга киритдик"  1 01:24Виртц АПЛнинг барча футболчиларидан энг яхши натижа қайд этмоқда  0 00:59Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" ягона гол эвазига ғалабага эришди  0 00:43УЕФА ЕЧЛнинг ҳафта рамзий термасини эълон қилди  0 00:19Рафаэль Бенитес Грецияда иш бошлайди ва рекорд маош олади  3

AGMK bilan o'yindan oldin "Mashal" futbolchilariga mukofot puli vada qilinganmidi? Sardor Abduraimov oydinlik kiritdi Yangiliklar

AGMK bilan o'yindan oldin "Mashal" futbolchilariga mukofot puli vada qilinganmidi? Sardor Abduraimov oydinlik kiritdi

Muborakning "Mashal" jamoasi Superliganing to'qqizinchi turida o'z maydonida AGMKni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishni uddasidan chiqdi.

So'nggi yillarda Superligada sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan olmaliqliklar tarkibida joriy mavsum bir qator tajribali va nomdor futbolchilar yig'ildi. CHempionlik uchun kurashayotgan jamoaning mazkur mag'lubiyati va mezbonlarning g'alabasi qaysidir manoda sensaciya sifatida qabul qilindi. Bu albatta tabiiy hol. Xo'sh, AGMKni mag'lub etishda maydon egalari nimadan kuch olishdi yoki o'yindan oldin qo'shimcha motivaciya berildimi? SHu va boshqa savollarimizga "gazchilar"ning sardori va etakchisi Sardor Abduraimov javob berib o'tdi.


- Odatda daraja jihatdan ikki xil jamoa maydonda to'qnashganda imkoniyati past baholangan jamoa futbolchilarida ishtiyoq ikki hissa yuqori bo'ladi. AGMK bilan bahsda "Mashal" futbolchilarida mana shu ishtiyoq yaqqol sezildi. Umuman, o'yinga tayyorgarlik qanday bo'lgandi?

- To'g'ri aytdingiz. AGMK oxirgi mavsumlarda yuqori o'rinlar va chempionlik uchun kurashadigan jamoaga aylandi. Bu yil esa OCHL guruh bosqichida qatnashdi. Raqibimizning saviyasi va darajasi malum edi. Bunday jamoalarga qarshi maydonda ikki hissa kuch bilan harakat qilishingizga to'g'ri keladi. Yaxshi kayfiyatda tanaffusga yo'l oldik. 

- AGMK jamoasini o'rganish jarayonida qaysi ojiz nuqtasi etibor tortdi? Kuchli raqib bilan bahs oldidan sinchkovlik bilan o'rganish muhim hisoblanadi...

-  Ularni yaxshi o'rganib chiqqandik. Takidlaganingizdek kuchsiz emas, kuchli tomonlariga etibor berdik. Maydonda ustun jihatlarini yo'qqa chiqarishga harakat qildik, deya olaman. Mazkur g'alaba jamoamizga yanada ko'tarinki kayfiyat va ishonch bersa ajabmas. 

- Aksariyat klublarda chempionat etakchisiga qarshi bahslardan oldin qo'shimcha motivaciya berish maqsadida moliyaviy rag'bat vada qilinadi...

- Bunday holat har bir jamoada turlicha, deb o'ylayman. Qaysidir klubda moliyaviy imkoniyatlari yuqori yoki buning aksi. AGMK bilan o'yindan oldin qo'shimcha motivaciya sifatida mukofot pullari vada qilinmagandi.  Futbolchilar bilan gaplashib olib, o'z maydonimizda yutqazishga haqqimiz yo'q dedik. Bor gap shu. 

- Ushbu uchrashuvdagi taktik kurashda "Mashal" AGMKni yutdimi? Boisi ishtiyoq yoki xohishni o'zi kamlik qilishi mumkin...

-  Murabbiylarimiz juda to'g'ri taktikani tanlay olishdi. Olmaliqliklarning nimalarga qodirligidan xabarimiz bor edi. Ularni qanday taktika asosida yutishimiz kerakligini murabbiylarimiz tushuntirishdi.

- "Mashal"ning tom manodagi sardori va etakchisiga aylanib boryapsiz. Demak, sizda yana katta jamoalarda legioner sifatida o'yinashga umid uyg'ondi, desak bo'ladimi? Mavsum boshida ham xorijdan takliflar bo'lgandi...

- Katta jamoalarda to'p tepish niyatim bor. "Mashal"ni ham oddiy jamoa demagan bo'lardim. Legionerga aylanishimga kelsak, variantlar yo'q emas. Hammasini vaqt ko'rsatadi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика