Agent: "Buffon birinchi darajali murabbiy bo'lishi kerak"
09 iyu 2020 14:03
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/580035_original.jpg)
![](/upload/storage/580035_220.jpg)
Agent: "Buffon birinchi darajali murabbiy bo'lishi kerak"
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffonning agenti mijozining faoliyatini yakunlangandan so'ng murabbiylik qilishi mumkinligini aytdi.
Buffonning "Yuve" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"U murabbiy bo'lishi kerak deb o'ylayman. Buffon birinchi darajali mutaxassis bo'ladi. U futbolni tushunadi va echinish xonasidagi vaziyatni ajoyib tarzda nazorat qila oladi.
U "Yuventus"ni kelajakda boshqaradimi? Bu bo'lishi mumkin bo'lgan narsa. Nega endi yo'q?", - deydi agent.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar