So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  1 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  10 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

Afsonaviy “Lids” haqida Yangiliklar

Afsonaviy “Lids” haqida

APLdan oldingi davr (futbol ligasi birinchi divizioni) oxirgi g'olibi "Lids" esingizdami?

Saksoninchi yillarning o'rtalaridan boshlab katta futbolga, shu jumladan, ingliz futboliga pul oqimi kirib kelishi tez suratlar bilan o'sdi. Yuqori divizion klublari ushbu sarmoyadan katta foyda olishni xohlashdi. Natijada, 1992 yilda Angliya chempioni va ushbu mamlakatning Evrokuboklardagi ishtirokchilarini aniqlab beradigan "Premer-liga Futbol Associaciyasi" deb nomlangan yangi tashkilot tuzildi.

"Eski" modeldagi so'nggi Angliya chempionatida "Lids" chempion bo'lgandi. Demak, birgalikda yodga olamiz.


Tarix

"Lids Yunayted" tashkil topishida 1904 yilda tuzilgan "Lids Siti" jamoasi sababchidir. Jamoa o'zining qisqa tarixi davomida moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. 1919 yil oktyabr oyida klub ishqibozlari "Lids Yunayted" (laqablari - "tovuslar", "oqlar" va "Yunayted") nomi bilan yangi jamoani yaratdilar.

Lids futboli turli pallalarni boshidan o'tkazdi. Jumoa uchun eng omadli davrlar 1960 va 1970 yillarda kechdi. Don Revi boshchiligidagi klub ikki marta Angliya chempioni va "Yarmarkalar kubogi" sohibi bo'lgan, shuningdek, Angliya kubogi va Liga kubogini yutgan. Klub va murabbiylar sandig'idagi asosiy muvaffaqiyat - 1975 yilgi Evropa chempionlari kubogi finaliga qadar etib kelish bo'ldi.

"Lids" ko'pincha birinchi va ikkinchi divizionlar o'rtasida muvozanat saqlab, ikki divizionda ham "aylanib yurdi". Revi 1982 yilda jamoani tark etgach, "oqlar" "minora"dan chiqib ketishdi va quyi ligada uzoq sakkiz yil turishdi. 1988 yil oktyabrida klubda "yorug'lik" paydo bo'ldi, "Yunayted"ni Govard Uilkinson qabul qilib oldi. U ikkinchi divizionda jamoa bilan 21 o'rinni oldi va bir yarim yildan so'ng, uning elitaga qaytishini taminladi.

1990/91 yilgi mavsumda "Lids" har ikkala "Manchester"ni ortda qoldirib, jadvalda to'rtinchi o'rinni egalladi - o'sha paytda "shaharliklar" kambag'al, MYU esa boy edi.


Uilkinson "qurgan" jamoa

Yangi sensacion jamoani "qurish" yo'lidagi birinchi g'ishtni 1989 yil mart oyida "Manchester Yunayted"dan olib kelingan Gordon Strakan qo'ydi. SHotlandiyalik "Lids" sardoriga aylandi. Agar "tovuslar" va "qizil iblislar" principial raqib ekanligini hisobga olsak, transfer g'alati tuyuldi. Biroq, Strakan yangi jamoasiga to'la ishtiyoq bilan tashrif buyurdi. 

Darvozani asli kelib chiqishi serbiyalik bo'lgan Jon (Yovan) Lukich qo'riqladi. "To'pchilar"ning ikkinchi darvozaboni bo'lishdan charchagan Lukich 1990 yilda "Arsenal"dan "Lids"ga qaytgan. U davrda "Arsenal" asosiy posboni Devid Simen edi.

SHuningdek, jamoada yosh Devid Betti, taniqli Gari Makkalister, "tovuslar" tarbiyalanuvchisi Gari Spid va ikkinchi yoshligini o'tkazayotgan hujumchi Li CHepmen bor edi.

Murabbiy erishilgan natijadan qoniqishi mumkin edi, ammo u o'z yutuqlariga mahliyo bo'lib qolmadi va tarkibni kuchaytirishda davom etdi. Uilkinson etiborini himoyani kuchaytirishga qaratdi. "SHeffild Uensdey"dan Devid Uezerall va Jon Nyusomni chaqirdi. 1,3 million funt evaziga "CHelsi"dan Toni Dorigo xarid qilindi. "Nottingem Forest" xavbeki Stiven Xoj olib kelindi. 1,7 million funtga "Sautgempton"dan egizak Uolleslar sotib olindi.


Yaxshi start - muvaffaqiyatning yarmi

Angliya Premer-ligasini tuzish haqidagi shartnoma 1991-1992 yilgi mavsum oldidan imzolandi. SHarafli mavqe, g'oliblik uchun favoritlar  amaldagi chempion "Arsenal", mamlakatning eng nomdor klubi "Liverpul" (hozirgi paytgacha yuta olmaydi deb, kim o'ylabdi deysiz) va albatta kuboklar uchun kurashadigan "Manchester Yunayted" edi. 

Ushbu mavsumda yuz bergan sezilarli o'zgarishlardan biri jamoalar sonini 20 tadan 22 taga oshirilishi bo'lganligini alohida takidlash kerak. Bu orqali o'yinlar soni to'rttaga ko'payib, chempionat 42 ta o'yindan iborat bo'ldi.

"Lids" chempionatni qiyinchilik bilan boshladi. Raqiblar anoyilardan emasdi, shu tufayli "oqlar" bir nechta tur soyada qolib ketdi. Birinchi o'rinda "Old Trafford"da "Lids" bilan durang (1:1) o'ynagan "Manchester Yunayted" borardi. Uilkinson klubi o'z uyida amaldagi chempion "Arsenal" bilan durang o'ynagandi - 2:2. "Liverpul" 1:0 hisobida mag'lub etilgandi.

"Lids" 16-turga kelib birinchi marta chempionatda peshqadam bo'lib oldi. Ammo 20-turda "Tottenxem" bilan durang qayd etilgach, Uilkinson jamoasi MYUdan yana bir ochko orqada qoldi. "Liverpul" va "Arsenal" "o'yindan tashqari holat"da qolib ketdi va ular chempionlik bahslariga aralashishlari juda qiyin bo'lib qoldi. 

"Tovuslar" uchun "Boksing Dey"ga qadar o'tgan uchrashuvlar samarali o'tdi - 24 o'yinda atigi bitta mag'lubiyat. Kamchilik esa juda ko'p durang natija qayd qilish - o'sha paytda ularning soni 10 tani tashkil etgan. Uilkinson jamoasida muammolar kuzatila boshladi, bu ayniqsa, hujum chizig'i bilan bog'liq. Uolles va CHepmendan boshqa hech kim yo'q edi, desak adashmaymiz. "Lids" zaxirasi tang ahvolda ekanligi bois chempionlik poygasida yutqazishi mumkin.

Ushbu muammo chempionatdagi asosiy raqib - MYU bilan 1991 yil oxirida va 1992 yil boshida bo'lib o'tgan to'qnashuvlarda yaqqol namoyon bo'ladi. CHempionatda durang o'ynagan "Lids", ikkala kubok bahsida ham yutqazdi. Fevral oyida (u paytda transferni mavsumning istalgan qismida amalga oshirish mumkin edi) "Lids"ga haqiqiy qahramon keldi, ko'pchilik chempionlikni uning nomi bilan bog'laydi.


Joker

Franciyalik mashhur futbolchi Erik Kantona o'zining fel-atvori tufayli o'z mamlakatidagi biron bir klubga mos kelmadi. U murabbiylar va jamoadoshlari bilan tez-tez janjallashib turar, hakamlarga to'p bilan tashlanardi va boshqa qonunbuzarliklar uchun diskvalifikaciyaga uchragandi. Faoliyatini saqlab qolinishini istagan Franciya termasi bosh murabbiyi Mishel Platini qaysar o'yinchiga chempionatni o'zgartirishini va Angliyaga ko'chib o'tishini taklif qildi.

Avvaliga mashhur futbolchi Kantonani "Liverpul"ga biriktirishga harakat qildi, ammo "Enfild"dagidar muammoli o'yinchi bilan bog'lanishga jurat eta olishmadi. Ko'p o'tmay, "SHeffild Uensdey" varianti paydo bo'ldi, francuz u erda bir necha hafta sinovdan o'tdi. Erik "Xillsboro"da o'zini juda noqulay his qildi, biroq, unda Angliyada o'zini isbotlash istagi katta edi. O'sha pallada "Lids" taklif bilan chiqdi. Govard Uilkinson jamoasi bor-yo'g'i bir necha kun ichida francuzni xarid qiilishga erishdi. "Lids" Kantona uchun "Nim"ga 900 ming funt to'ladi.

Franciyalik futbolchi darhol jurnalistlarning hayratiga sabab bo'ldi. Kantonaning mahorati va o'yin natijasini mustaqil ravishda hal qila olish qobiliyatiga nafaqat matbuot, balki eng muhimi, ingliz muxlislari oshiq bo'lib qolishdi. Agar hujumchi o'z fel-atvorini o'zgartirmaganida va mashg'ulotlarda jiddiy ishlamaganida bularning barchasi sodir bo'lmasdi.

CHempionat oxiriga qadar intriga saqlanib qoldi. Mavsum tugashiga bir tur qolganida "Lids" "SHeffild Uensdey"ni yutdi (3:2), "Manchester Yunayted" "Enfild"da "Liverpul"ga mag'lub bo'ldi (0:2). Mana buni omad va yutuq, desa bo'ladi!


Muvaffaqiyat keltirganlar

Ha, Erik Kantonning paydo bo'lishi "tovuslar" oltiniga malum hissasini qo'shdi. Biroq, jamoaning chempionlikni qo'lga kiritishi francuz tufayli, deb aytish umuman to'g'ri bo'lmaydi. Ha, lekin unutmaslik kerakki, Kantona o'z vaqtida paydo bo'lib, hujumda o'zgaruvchanlikni taminladi va uchta gol urdi. Kantona "Lids" "mashinasi"ning etishmayotgan, ammo juda muhim g'ildiragiga aylandi.

Yutuqning asosiy figuralaridan biri, bu shubhasiz, murabbiy Govard Uilkinson edi. Uning mashg'ulotlari o'zgacha uslublarda olib borilardi. Murabbiy hamkasblaridan farqli va boshqacha bo'lishdan qo'rqmasdi. Govard tahlilni, futbolga ilmiy va statistik yondashishni yaxshi ko'rar edi. "Lids" Angliyada o'yinlarga etibor qaratishi, mashg'ulotlar o'tkazish jarayoni va futbolchilarni rivojlantirish bo'yicha etakchi klub edi.

Mashg'ulotlarda qo'llangan usullar yarim himoyachilar faoliyatiga ijobiy tasir ko'rsatdi. Masalan, Gordon Strakanni olaylik. Uning to'pga birinchi tegishi va maydonni ko'ra olish qobiliyati juda zo'r edi. U o'ngda o'ynardi. CHap qanot uchun esa Gari Spid javobgar edi. Tayanch nuqtani Devid Betti egallagandi, u ingliz futboli tarixidagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachilardan biri hisoblanadi. Yana bir nom - Gari Makkallister. U kreativlik uchun javobgar shaxs edi.

Himoya chizig'ini Toni Dorigo, Kris Feyrklou, Kris Uayt va Mel Sterlend tashkil qilgan. Dorigodan tashqari hamma "Lids"da uzoq vaqt o'ynagan va Uilkinson jangchilari ekanliklarini isbotlashgan. 

Bir necha marta aytib o'tilganidek, hujumda Rod Uolles va Li CHepmen juftligi to'p tepardi. Birining bo'yi past, ikkinchisi esa baland edi. Uollesning asosiy ustunligi tezkorlik bo'lib, buning natijasida u keyinchalik qanot yarim himoyasida o'ynay boshladi. CHepmen Uilkinsonning mashg'ulot usullari tufayli ikkinchi yoshligini boshdan kechirdi. U allaqachon 30 yoshdan oshgan bo'lsada, deyarli o'nlab jamoalarda, shu jumladan, "Arsenal"da o'ynashga ulgurgan.


Muvaffaqiyatdan keyin

"Lids" Erik Kantona tufayli Angliya superkubogini qo'lga kiritdi: "Liverpul" mag'lubiyatga uchratildi - 4:3,  o'shanda franciyalik o'yinchi xet-trik qayd etgan. Kantona "tovuslar"da asosiy rolni o'ynashni xohladi, ammo Uilkinson uni jamoa etakchisi sifatida ko'rmadi, oqibatda hujumchi va murabbiy o'rtasidagi munosabatlar yomonlashdi. SHu sababli, "Manchester Yunayted" Kantona uchun 1,3 million funt taklif qilganda, rahbariyat bunga qarshilik qilmadi, ammo muxlislarning hafsalasi pir bo'ldi.

"Lids" APL birinchi mavsumida 17-o'rinni band etdi. Govard Uilkinson 1996 yilgacha bosh murabbiylik vazifasini bajardi. 

SHerzod Nurmatov tarjimasi.

 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика