Afsonalar. Braziliya yulduzi – Garrincha
12 iyu 2014 16:38
Yangiliklar
Afsonalar. Braziliya yulduzi – Garrincha
JCH davomida vada qilgan loyihalarimizdan biri "Afsonalar" deb ataladi.
Turdagi to'qnashuvlarga qarab, ikki jamoa tarixida porlagan va futbolda o'z o'rniga ega bo'lgan futbolchilar haqida hikoya qilamiz.
Malumot uchun
Manuel Fransisko dos Santos (Garrincha)
1933 yil 28 oktyabr - 1983 yil 20 yanvar (49 yosh)
Pau-Grandi, Rio-de-Janeyro shtati, Braziliya
Amplua: O'ng qanot hujumchisi
Bugun Jahon chempionatining ochilish o'yinida Braziliya - Xorvatiya uchrashuvi bo'lib o'tadi. Bugun biz Braziliya tarixida o'z nomini oltin xarflar bilan yozdirib qoldirgan Garrincha haqida to'xtalamiz.
Garrinchaning to'liq ism sharifi - Manuel Fransisko dos Santos. Garrincha Braziliyada Peledan keyingi eng yaxshi ikkinchi futbolchi hisoblanadi. Aslida u birinchi bo'lishga haqli edi, ammo targ'ibot va uning futbolchilik faoliyatidan keyingi hayoti pastga tushishiga sabab bo'lgan. Garrincha dunyoda eng yaxshi o'ng qanot hujumchisi unvoniga ega. Hayotini "Botafogo"ga tikkan futbolchi, 1965 yil og'ir jarohat oladi. Unga qadar ikki karra jahon chempioni bo'lgan hujumchi jamoaga kerak bo'lmay qolishi alamli edi. SHundan keyin futbolchi birorta jamoada muqim o'ynamadi. Har yili bittadan jamoa almashtirdi. "Flamengo" va "Opariya"da 8ta o'yinda ishtirok etdi. Unga qadar o'ynagan klublarida deyarli o'ynamadi. Afsuski, uning hayot yo'li juda og'ir o'tdi. Oilasidan bir opasi va akasi yoshligidayoq ochlikdan vafot etadi. Uning o'zi banan terib sotardi. Krapivnikov turidagi qushlarni ovlashni yaxshi ko'rgani uchun unga "Garrincha" laqabini berishadi. Qizig'i shundaki, futbolchi tug'ma nogiron edi. Ota-onasining shifokorga ko'rsatishga puli yo'q. Ko'rganlari esa, o'g'lingizni tirikligiga shukr qiling deydi. CHap oyog'i o'ng oyog'idan 6 sm kalta bo'lgan futbolchining otasi ichkilikka berilib erta vafot etadi.
14 yoshida to'qimachilik fabrikasiga ishga kirgan Garrincha Pau-Grandi havaskor jamoasi safidan o'rin oladi. Qahramonimiz katta futbolga aynan shu klubda o'zining dastlabki qadamlarini qo'yadi. 1949 yili u katta judolikka uchraydi, onasi vafot etadi. 16 yoshida Mane kattalar jamoasida debyut qiladi. Debyut o'yinida bir necha goli bilan jamoasining 8:1 hisobidagi g'alabasini taminlaydi. Rais-da-Serraga qarshi o'yin 0:0 bo'lib turgan bir paytda hujumchi o'z jarima maydonchasi yaqinidan to'pni olib, raqibning deyarli barcha futbolchisini aldab o'tib jamoadoshiga golli pas beradi. Bundan g'azabi chiqqan raqib futbolchisi uning keyingi harakati paytida qo'pollik bilan to'xtatib qoladi. SHunda Rais-da-Serra muxlislari o'z futbolchilarini Garrinchaning chiroyli o'yinini buzgani uchun kaltaklab tashlashadi.
"Botafogo"ga o'tishdan avval u Flamengo va Fluminense ko'rigida bo'ladi. Ammo bu jamoalar uning klubi so'rayotgan pulni bergisi kelmaydi, qolaversa oyog'ining kaltaligini ham ro'kach qilishadi. Vasko da Gama esa Garrinchani ko'rikka yalang oyoq kelgani uchun ortga qaytarib yuboradi. U San-Kristovan murabbiylariga maqul keladi, ammo ular kechga kelibgina javob aytishlarini malum qilishadi. Jamoaga qabul qilinmay oxirgi poezdga kech qolishdan cho'chigan futbolchi javobni kutmay uyiga qaytib ketadi. Odatiy kunlarning birida Botafogoning sobiq futbolchisi Arati "Pau-Grandi" ishtirokidagi o'yinda hakamlik qilib, Garrinchani yoqtirib qoladi. Arati Garrinchaga yangi forma va butsi olib berib, uni "Botafogo"ga olib boradi. O'rinbosarlar safida u bir kalla ustun edi. SHunda jamoa murabbiylari, uni asosiy tarkibda, o'sha paytlar Braziliyaning eng kuchli himoyachisi bo'lgan Nilton Santosga qarshi qo'yadilar. Garrincha bitta fintni to'rt marotaba takrorlagan holda, to'pni Nilsonning oyoqlari orasidan olib o'tadi. Uning bu harakatidan keyin murabbiylarning o'ylab o'tirishlariga soniya ham kerak emasdi. Niltonning o'zi g'azablanish o'rniga, futbolchining oldiga kelib "Yashavor yigitcha", deydi. SHu-shu Nilton Garrincha uchun ikkinchi ota bo'lib qoladi. Mashg'ulot yakuniga etgach, Nilton bosh murabbiyning oldiga borib, agar bu yigitcha boshqa klubda o'ynasa men kechalari uxlay olmayman. Agar bizda qolsa, raqiblarimiz uxlay olmaydilar deydi.
Bonsusessoga qarshi kechgan debyut o'yinida Garrincha 3ta gol uradi. 1957, 1961, 1962 yillari Rio-de-Janeyro shtati, 1962, 1964, 1966 yillarda esa Rio turniri g'olibi bo'lgan Garrincha ikki karra jahon chempionligini qo'lga kiritadi. 1962 yilgi JCHning eng yaxshi to'purari bo'lish bilan birga eng yaxshi futbolchisi ham bo'ladi.
1958 yilgi JCHning dastlabki ikki turida Garrincha va Pele maydonga tushmaydi. Jamoasi qiynalayotganini ko'rgan Nilton Santos murabbiy Feolening oldiga kirib, Garrincha va Peleni maydonga tushirish kerakligini aytadi. Uning fikrini Braziliya FF prezidenti Joao Avelanj, jamoa shifokori va bir necha nafar futbolchilar ham qo'llab-quvvatlaydilar. Sobiq Ittifoq terma jamoasiga qarshi o'yinda Garrincha ikkita golli pas beradi, Vava esa dubl muallifi bo'ladi. Finalda ham Garrincha ikkita golli pas beradi. SHundan keyin uning terma jamoadagi ishi orqaga ketadi. Murabbiylar yana unga ishonmay qo'yadilar.
1962 yilgi JCHda Pele jarohat olgach, hamma umid Garrinchadan edi. Ispanlarga qarshi kechgan o'yin 1:1 hisobida o'z poyoniga etib borayotgan bir paytda Garrincha o'ng qanotdan o'zining mashhur o'tishini qilib golli pas beradi. Keyingi o'yinda Angliya terma jamoasi darvozasini ikki marotaba ishg'ol qiladi. Keyingi o'yinda yana dubl, bu safar CHili darvozasiga. Bu o'yin qiziq va tarixiy voqeaga sabab bo'lgan. CHili futbolchisi Roxasning ikkinchi qo'polligiga javob bergan Garrincha hakam tomonidan maydondan chetlatiladi. Aslida hakam Roxasni chetlatishi kerak edi. Buni ko'rgan CHili futbolchilari kulib yuboradilar. Roxas esa Garrincha bilan qo'l siqib xayrlashadi. Maydonni tark etayotgan Garrinchaga CHili muxlisi "butilka" otadi. U Garrinchaning boshiga tegadi. O'yindan keyin Joao Avelanj o'sha epizodga yaqin turgan qanot hakamidan voqea aslida qandan bo'lganini so'raydi. Uning gaplariga qarab, tartib-intizom qo'mitasidan o'rin olgan 7 kishidan 5tasi Garrinchaning foydasiga ovoz beradilar va futbolchining qizil kartochkasi bekor qilinadi.
Joao Avelanjning iltimosiga ko'ra uni Angliyadagi mundialga ham olib ketishadi. Birinchi o'yinda Pele ikkalasi gol uradi. Vengriyaga qarshi o'yinda Braziliya imkoniyatni boy beradi. Keyingi o'yinda u maydonga tushmaydi. Va Vengriyaga qarshi kechgan o'yin Garrinchaning terma jamoa libosidagi so'nggisi bo'ladi.
Garrinchaning hayoti yaxshi o'tmagan. Uning yonida maslahat beradigan ishonchli odami bo'lmagan. Topgan pulini ayshu ishratga sarflagan yoki kambag'allarga tarqatgan. Katta daromad qilgani bilan qo'lida pul turmagan. Hattoki 1969 yili mast holatda avtofalokatga uchraydi. Uning boshqaruvidagi ulov yuk mashinasiga urilib ketishi natijasida qaynonasi halok bo'ladi.
1965 yili birinchi rafiqasi Nair bilan ajrashadi. Sud qaroriga ko'ra futbolchi o'z mol-mulkini yarmini sobiq rafiqasiga topshiradi. Keyin u Elziga uylanadi. Bu xotini bilan 1977 yil ajrashadi. Boisi u mast holatda uni do'pposlagandi. 1978 yili Garrincha og'ir holatda kasalxonga keltiriladi. o'ziga kelgach 20 yoshli hamshirani sevib qoladi va unga uylanadi. Rio-de-Janeyroda yashagan sobiq futbolchi tinmay ichardi. Uni hech kim bu yo'ldan qaytara olmayotgan bir paytda u tez-tez jigar emirilish xastaligi bilan shifoxonaga tusha boshlaydi. SHunday holatlardan biri uning ayanchli o'limiga sabab bo'ldi. 1982 yilning 20 yanvarida, yangi yilni kutayotgan chog'ida og'irlashib qolgan Garrincha vafot etadi.
Hammani hayratga solgan narsa shu bo'lganki, Pau-Grandi shahrida 300 000 kishi ishtirok etgan dafn marosimida Garrincha bilan JCH-58 va 62da kubokni boshi uzra ko'targan futbolchilardan birontasi ham qatnashmagan. Aynan shundan keyin Braziliyada kim kuchli degan savolga, Pelega araz qilgan ishqibozlar Garrincha deya javob bera boshlaganlar. Ko'p o'tmay Pele, dafn etish marosimidagi xafagarchilikni ko'tara olmasligini aytib o'zini oqlaydi.
Nodirxo'ja Yuldashev tayyorladi.

Fikrlar