Afrika Millatlar Kubogi-2019. Senegal – Tunis bahsida kiritilgan avtogol ilk finalchini aniqlab berdi
14 iyu 2019 23:47
Yangiliklar


Afrika Millatlar Kubogi-2019. Senegal – Tunis bahsida kiritilgan avtogol ilk finalchini aniqlab berdi
Garchand, ikkala terma jamoa ham asosiy bo'limlarda bittadan penalti tepish imkoniyatiga ega bo'lganiga qaramay, hisob ochilmadi.
Qo'shimcha taymlarning birinchisida esa tunisliklar himoyachisi Dilan Bronn o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi. Mazkur avtogol o'yinda yagona bo'ldi va Senegal musobaqaning ilk finalchisiga aylandi. Ular 2002 yildan beri ilk marotaba bu ishni uddalashga muvaffaq bo'lishdi.
Senegalning hal qiluvchi bahsdagi raqibi esa birozdan so'ng, yani, Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadigan Jazoir – Nigeriya o'yinidan so'ng malum bo'ladi.
Senegal – Tunis 1:0 (0:0, 0:0, 1:0)
«30 June Air Defence Stadium»
Gol: 1:0 – 100, avtogol Bronn.
Amalga oshirilmagan penaltilar: Sassi 75, Seve 81
Senegal – Gomis, Sabali, Gassama (Vage, 110), Kulibali, Kuyate, Guye, Seve, Diatta (Sarr, 68), Ndiaye (Sane, 81), Mane, Nyang (Diane, 64).
Tunis – Assen, Xaddadi, Bronn, Merya, Dreger, Sassi (Badri, 105), Ben-Moxamed (SHalali, 82), Xazri, Skiri, Msakni (Sliti, 46), Xenissi (SHauat, 117).
Ogohlantirishlar: Xazri (64), Kulibali (73), Sliti (76).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar