Afrika Millatlar Kubogi-2019. Senegal – Tunis bahsida kiritilgan avtogol ilk finalchini aniqlab berdi

Eldor Akmurzayev
14 iyul 2019, 23:47
Misrdagi qita birinchiligining ilk yarim finalida Senegal vakillari Tunisga qarshi to'qnash keldi.

Garchand, ikkala terma jamoa ham asosiy bo'limlarda bittadan penalti tepish imkoniyatiga ega bo'lganiga qaramay, hisob ochilmadi. 

Qo'shimcha taymlarning birinchisida esa tunisliklar himoyachisi Dilan Bronn o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi. Mazkur avtogol o'yinda yagona bo'ldi va Senegal musobaqaning ilk finalchisiga aylandi. Ular 2002 yildan beri ilk marotaba bu ishni uddalashga muvaffaq bo'lishdi.

Senegalning hal qiluvchi bahsdagi raqibi esa birozdan so'ng, yani, Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadigan Jazoir – Nigeriya o'yinidan so'ng ma'lum bo'ladi.


Senegal – Tunis 1:0 (0:0, 0:0, 1:0)

30 June Air Defence Stadium

Gol: 1:0 – 100, avtogol Bronn.

Amalga oshirilmagan penaltilar: Sassi 75, Seve 81

Senegal – Gomis, Sabali, Gassama (Vage, 110), Kulibali, Kuyate, Guye, Seve, Diatta (Sarr, 68), Ndiaye (Sane, 81), Mane, Nyang (Diane, 64).

Tunis – Assen, Xaddadi, Bronn, Merya, Dreger, Sassi (Badri, 105), Ben-Moxamed (Shalali, 82), Xazri, Skiri, Msakni (Sliti, 46), Xenissi (Shauat, 117).

Ogohlantirishlar: Xazri (64), Kulibali (73), Sliti (76).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia