So’nggi yangiliklar

02:03ЕЧЛ саралаши. Сўнгги плей-офф раунд дастлабки ўйинлари бўлиб ўтди  0 01:11"Барселона"га яна "йўқ" дейишди  0 00:50"Goal" футбол тарихидаги энг омадсиз қиммат трансферлар рейтингини тузди  2 00:20"Ман Сити" ва "Ливерпуль" қизиқаётган футболчини "Манчестер Юнайтед" илиб кетишга яқин  2 23:57Гаскойн: "Тушунмайман, у нега "Реал"га ўтмади?"  2 23:32Неъматилло Қуттибоев: "Учрашувни назорат қилдик, аммо имкониятлардан фойдалана олмадик"  0 23:27Баҳром Ҳайдаров: "Сунъий майдон баҳона бўлиши керак эмас"  0 23:14Дибала Осиёга йўл олмоқда  6 22:54"Манчестер Юнайтед" ёш футболчисини сотиб юборди  1 22:38Бу даҳшат! Россия футболида рекорд қўйилди  3 22:01"Турли мамлакатлардан бўлган ҳакамлар битта вазиятни турлича кўришади". Ҳакамлик бўйича ФИФА инструктори Фарҳод Абдуллаев билан катта интервью  1 21:50Алексей Естафеев: "Биринчи бўлимда ҳушёрликни йўқотиб қўйдик"  1 21:47Анвар Бердиев: "Осон ўтмаган ўйинда ғалабага эришдик"  1 21:25Мартинес "Астон Вилла" билан шартнома имзолади  1 21:06БУМ! Роналду YouTube'да канал очди ва рекорд қўйди  3

AFC QUARTERLY: Diqqat markazida Ravshan Ermatov Yangiliklar

AFC QUARTERLY: Diqqat markazida Ravshan Ermatov

Osiyo Futbol Konfederaciyasi tomonidan har chorakda chop etiladigan AFC QUARTERLY jurnalining iyun oyi sonida o'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov haqida qiziqarli maqola chop etildi.
Mazkur maqola orqali Osiyoning to'rt karra eng yaxshi hakami Ravshan Ermatovning faoliyati bilan bog'liq bir qator qiziqarli faktlar va faoliyatidagi yorqin xotiralar bilan yana bir bora yaqindan tanishish imkoniyati tug'ildi.

Qayd etish lozim, mazkur maqola Braziliyada bo'lib o'tgan futbol bo'yicha jahon chempionati o'yinlari startidan oldin chop etilgan. Maqolani esa to'lig'icha etiboringizga havola etamiz.

Diqqat markazida

Ravshan Ermatov - Osiyoning to'rt karra eng yaxshi hakami, 2010 yili JARda o'tkazilgan Jahon chempionati ochilish uchrashuvi bosh hakami, yozda Braziliyada o'z faoliyatidagi ikkinchi Jahon chempionatida ishlaydi.

O'zbekiston terma jamoasi JCH-2014 saralash pley-off bosqichida Iordaniyaga mag'lubiyatga uchradi va Braziliyadgi jahon chempionati bahslarida ishtirok etish imkoniyatidan maxrum bo'ldi. Ammo, O'zbekiston mazkur turnirda o'z vakiliga baribir ega bo'ldi. Osiyoning to'rt karra eng yaxshi hakami Ravshan Ermatov mazkur turnirda O'zbekiston nomidan ishtirok etadi. 36 yoshni qarshi olgan Ermatovga turnir davomida hamyurti Abduhamidillo Rasulov hamda qirg'izistonlik Bahodir Qo'chqorovlar yordam berishadi. Har ikkala laynsmen Ermatovning doimiy sheriklari hisoblanishadi.

Jahon chempionatida ishtirok etish har bir referi uchun katta sharaf va yutuq. Terma jamoalar unda ishtirok etish uchun yillar davomida saralash bahslarida ishtirok etadilar. Hakamlar haqida ham huddi shunday deyish mumkin, - deya Ermatovning so'zlaridan iqtibos keltiradi.

Qo'chqorov 2010 yilgi Jahon chempionati o'yinlari oldidan Ermatov brigadasiga qo'shiladi. Aynan Ermatov va uning brigadasi JAR va Meksika terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2010 ochilish uchrashuvini boshqarib borishgan edi.

Jahonda yuqori saviyadagi hakamlar ko'p. Har to'rt yilda o'tkaziladigan eng katta futbol musobaqasida ishtirok etish oson emas. 2010 yildagi Jahon chempionati o'yinlarini boshqarib boradigan hakamlar orasidan joy olganimni eshitgach, ko'z yoshlarimni tiyib tura olmagan edim. Bu quvonch ko'z yoshlari edi. 2014 yilda huddi shunday xolatni yana bir bor boshdan kechirdim, - deydi Ermatov.

Ochilish uchrashuvini katta sharaf bilan boshqargan Ermatov, keyinchalik hakamlar reytingida katta o'sishga erishganligini etirof etish lozim. Ermatovning FIFA referilari safiga qo'shilganiga esa, JARdagi Jahon chempionati arafasida atigi 7 yil bo'lgan edi.

Futbol bilan juda yoshligimdan shug'ullana boshladim. G'azalkent klubi safida to'p surgan paytlarim og'ir jarohat oldim va futbolchilik faoliyatimni erta yakunlashga majbur bo'ldim. O'sha paytlarda otam o'smirlar jamoasida murabbiy edi va men otamga mashg'ulotlar jarayonida yordam bera boshladim. Kunlarning birida otam menga o'smir jamoalar ishtirokidagi o'yinni boshqarib borishni taklif qildi. O'yindan so'ng esa menga yuzlanib, aynan hakamlik kasbini tanlashim kerakligini aytdi. Otamning fikricha, menda hakamlik qilish uchun barcha imkoniyatlar bor edi. Otam bungacha ham bir necha marotaba menga bu haqida aytgan edi. Huddi shu kundan boshlab qatiy ravishda hakamlikni tanladim, - deydi Osiyoning to'rt karra eng yaxshi hakami.

Ermatov shundan so'ng o'z faoliyatida jiddiy suratda o'sishga erishdi va bu unga o'zbekistonlik hakamlar orasida reytingi ancha o'sishiga sabab bo'ldi. O'zbekiston CHempionatidagi ilk o'yinini 2001 yili boshqarib bordi. Qita miqyosidagi ilk o'yinini esa 2002-2003 yilgi OCHL bahslarida o'tkazadi.

Avvaliga o'zimni yoshlar jamoalari o'yinida sinab ko'rdim. Biroz vaqt o'tgach esa O'zbekiston Futbol Federaciyasiga rasmiy xat yozdim. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirdim va O'zbekiston CHempionati o'yinlarini boshqarib boradigan hakamlar safidan joy oldim. SHundan so'ng O'zbekiston CHempionati o'yinlarini boshqara boshladim. Xalqaro miqyosdagi ilk o'yinimni esa Xitoyning Dalyan shahrida o'tkazdim. O'shanda, Dalyan OCHL o'yinini o'tkazgan edi, - deya eslaydi Ermatov.

2002 yili Paxtakor va So'g'diyona jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni muvaffaqiyatli boshqarib borgan Ermatov mutaxassislarda katta taassurot qoldirdi. SHundan so'ng, uni FIFA hakamlari ro'yxatiga qo'shilishi uchun tavsiya berishadi.

Bu har qanday hakam uchun sharaf, - deydi Ermatov. Sen o'z mamlakating, o'z qitang shanini himoya qilgan holda xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etasan, bu esa - katta masuliyat. SHuning uchun har qanday holatga tayyor turishing va har qanday holatda konsentraciyani yo'qotmaslik zarur.

2004 yili Osiyo Kubogi, U-17 va U-20 yosh toifasidagi Jahon chempionati bahslaridagi ishtirok Ermatovga 2008 yili bo'lib o'tgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslari finaliga yo'l ochib berdi. Ermatov finalda Manchester Yunayted va Deportivo Kito klublari o'rtasidagi uchrashuvni ajoyib tarzda boshqarib bordi.

Aynan shu yili Ermatov faoliyatida ilk bor qita miqyosida etirof etildi va Osiyoning eng yaxshi hakami nomiga sazovor bo'ldi. Etiborlisi, Keyingi uch yil davomida ketma-ket Ermatov Osiyoning tengsiz hakami deb topildi.

To'g'risini aytsam, Osiyoda eng yaxshi hakam bo'lish haqida o'ylamaganman. SHunchaki, o'z ishimni yaxshi va sidqidildan bajarishni va yuqori saviyali hakam darajasiga mos bo'lishga harakat qildim. Bu - men faoliyatimni boshlagan paytda o'z oldimga qo'ygan eng yuqori maqsadlardan biri edi, - deya eslaydi Ermatov. OFK laureatlarini taqdirlash marosimi paytida mening ismimni elon qilishganida qattiq xayajonlangan edim. Ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi bor taqdirlanayotganimda ham huddi shunday xayajonni his qilganman. Har safar, huddi birinchi marta mening ismimni elon qilishganidek tuyulardi, - deydi Ermatov.

Ravshan Ermatov uchun katta etirof va yutuq uning o'zbek hakamlari orasida ilk marta Jahon chempionatlari bahslarini boshqarib boradigan hakamlar ro'yxatiga kiritilgani bo'ldi. Qolaversa, Ermatovga Yoxannesburgda Jahon chempionati ochilishi o'yinini boshqarish ishonib topshirilgani katta etirof edi.

Bu men uchun kutilmagan va yoddan chiqmas voqea bo'ldi. Sababi, men mazkur Jahon chempionatida ishlaydigan hakamlar orasida eng yoshi edim. Ochilish o'yiniga tayinlanganimni eshitganimda bunga ishongim kelmagandi. Jahon chempionati o'yinlarini boshqarib borish - har bir hakam uchun orzu. Menga esa ochilish uchrashuvi ishonib topshirilgan edi, - deydi Ermatov.

FIFAning mazkur qarori Osiyolik hakamlarga bo'lgan ishonch mahsuli edi. Agar o'z ishingni sidqilildan bajarsang va qattiq mexnat qilsang eng yaxshilardan biri bo'lish uchun imkoniyat bo'ladi. Biz osiyolik hakamlar ham katta va muhim bahslarni yuqori saviyada o'tkaza olishi mumkinligini isbotladik. Osiyo, Afrika, Okeaniya - qaysi qitadan bo'lishingi ahamiyati yo'q. Asosiysi qattiq mehnat va oldinga qo'yilgan maqsad sari odimlashing kerak. Men o'sha kuni katta ishonch va baxt hissini boshdan kechirdim, - deydi Osiyoning to'rt karra eng yaxshi hakami.

AFC QUARTETLY jurnali uchun Ravshan Ermatov bilan suhbatni Behzod Nazarov uyushtirdi.

 
SHunchaki, o'z ishimni sidqidildan bajarishni va yuqori saviyali hakam darajasiga mos bo'lishga harakat qildim. Bu - men faoliyatimni boshlagan paytda o'z oldimga qo'ygan eng yuqori maqsadlardan biri edi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика