So’nggi yangiliklar

19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  5 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  5 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2

AFC Annual Awards-2015. Osiyoda yilning eng yaxshilari aniqlandi Yangiliklar

AFC Annual Awards-2015. Osiyoda yilning eng yaxshilari aniqlandi

Bugun, 29 noyabr kuni Nyu Dehli shahrida Osiyo Futbol Konfederaciyasi yilning eng yaxshilarini taqdirladi.
Taqdirlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 18:15da boshlanadi. Ushbu sahifa orqali barcha nominaciyalar g'oliblarini birinchilardan bo'lib kuzatib borish mumkin bo'ldi.


MATNLI TRANSLYACIYA



BAA terma jamoasi etakchilari Umar Abdulrahmon va Ahmad Halil eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun nomzod bo'lib turishibdi.

Taqdirlash marosimi boshlandi. Odatga ko'ra tadbir mezbon davlat milliy raqs va qo'shiqlari bilan boshlandi... Hindcha qo'shiqqa chiroylikkina qizlar raqsga tushishmoqda



Tadbir boshlovchilari sahnaga chiqib marosimni ochib deb elon qilishdi.



Hindiston FF prezidenti Praful Patel nutq so'zlamoqda.



Navbat OFK prezidenti SHayx Salmon bin Xalifaga. Bahraynlik prezident o'z fikrlarini bildirmoqda.



1. "Osiyo olmosi" sovrini Saudiya Arabistonilik Abdulloh Xolid Al Dabalga topshirildi.



2. Osiyo Orzusi sovrini - Yaponiya Futbol Associaciyasiga topshirildi. Qolgan davogarlar - Xitoy FA va Vetnam FF.

3. Eng yaxshi federaciya nominaciyasida uchta g'olib aniqlandi:


Rivojlangan - Yaponiya Futbol Associaciyasi. Qolgan nomzodlar Avstraliya Futbol Federaciyasi va Eron Futbol Federaciyasi


Rivojlanayotgan - Gonkong Futbol Associaciyasi. Qolgan nomzodlar Tojikiston FF va Vetnam FF


Rivojlanishga intilayotgan - Bangladesh Futbol Federaciyasi. Qolgan nomzodlar Butan FF va Bruney FA

Marosimda musiqiy tanaffus. Yana hindcha raqs

4. Erkaklar o'rtasida yilning eng yaxshi terma jamoasi sovrini Avstraliya milliy terma jamoasiga topshirildi. Qolgan nomzodlar Janubiy Koreya milliy terma jamoasi va O'zbekiston U-20.

5. Ayollar o'rtasida yilning eng yaxshi terma jamoasi sovrini Yaponiya ayollar milliy terma jamoasiga nasib qildi. Qolgan nomzodlar Yaponiya U-19 va KXDR U-16.

6. Yilning eng yaxshi murabbiyi g'oliblar:



Erkaklar - Ange Postekoglu (Avstraliya). Qolgan nomzodlar Norio Sasaki (Yaponiya) va Mahli Ali (BAA).

Ayollar - Asako Takakura (Yaponiya). Qolgan nomzodlar Gao Xong (Xitoy) va Nuengrutai Statxongvian (Tailand)

Ommaviy futbolni rivojlantirish bo'yicha sovrin
Rivojlangan - Yaponiya. Qolgan nomzodlar Eron va O'ZBEKISTON.

Rivojlanayotgan - Vetnam. Qolgan nomzodlar Iordaniya va Falastin.

Rivojlanishga intilayotgan - Bruney. Qolgan nomzodlar Qirg'iziston va SHri Lanka.



Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini Dostonbek Hamdamovga nasib qildi. Qolgan nomzodlar: Eldor SHomurodov (O'zbekiston) va Zabihillo O'rinboev (O'zbekiston)

Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi ayollar - Rikako Kobayashi (Yaponiya). Qolgan nomzodlar Ri Xae Yon (KXDR) va Ri Xyang Sim (KXDR).

Feyr-pley sovrini - Yaponiya FA. Qolgan nomzodlar Xitoy FA va Janubiy Koreya FA.

Yilning eng yaxshi klubi - “Guanchjou Evergrand”(Xitoy). Qolgan nomzodlar “Johor Darul Tazim”(Malayziya) va “Al Ahli”(BAA)

Yilning eng yaxshi futzal jamoasi - “Tasisat Daryoi” (Eron). Qolgan nomzodlar “Qadsiya”(Quvayt) va “Tai Son Nam” (Vetnam)

Yilning eng yaxshi futzalchisi - Vohid SHamsayi (Eron). Qolgan nomzodlar Hasan Zoda Ali Asgar (Eron) va Muhammad Nosir Safari (Iroq)

Yilning eng yaxshi xorijlik futbolchisi - Rikardo Goulart (Braziliya). Qolgan nomzodlar Everton Ribeyro (Braziliya) va Xuan Karlos Rodriges Belenkoso (Ispaniya)

Boshqa qitada o'ynaydigan osiyolik eng yaxshi futbolchi - Son Xen Min (Janubiy Koreya). Qolgan nomzodlar Massimo Luongo (Avstraliya) va Ki Sung Yon (Janubiy Koreya)

Yilning eng yaxshi hakamlar brigadasi - Fahad Al Mirdasi (Saudiya Arabistoni), Abdulloh Al SHalvay (Saudiya Arabistoni) va Abu Bakar Al Amri (Ummon)

Yilning eng yaxshi futbolchisi - Ahmad Halil (BAA). Qolgan nomzodlar Zeng Zi (Xitoy) va Umar Abdulrahmon (BAA).





Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика