Adama Traore: "La Ligaga qaytishga umid qilaman"
19 okt 2022 19:27
Yangiliklar


Adama Traore: "La Ligaga qaytishga umid qilaman"
Ispaniyalik futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini Ispaniyada o'tkazdi. U ushbu muddat ichida bolaligi o'tgan "Barselona"da ijara asosida o'ynadi va yangi mavsum starti avvalida "bo'rilar" safiga qaytdi. Futbolchi seshanba kuni "Kristal Pelas"ga qarshi kechgan uchrashuvda (2:1) gol urdi. SHundan so'ng AS nashri tomonidan uning vataniga qaytishni reja qilayotgani yo yo'qligi so'raldi:
"Ha, albatta. Ispaniya — men tug'ilgan va eng sevadigan mamlakat. Qaytishim aniq, lekin qachonligini vaqt ko'rsatadi. Men bir necha oyga "Barselona"ga qaytdim. Boshqa variantlar ham bor edi. Lekin men u erga qaytdim va yordam berdim va bir kun kelib yana qaytaman. Aynan qaysi jamoaga ekanligini bilmayman. Hozir bor etiborimni ushbu mavsumga qaratganman va o'sishda davom etaman", — dedi 26 yoshli hujumchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar