Abraxam jarohat oldi. Sautgeyt u bilan birga yana 3 futbolchini qaydnomadan chiqardi
22 mar 2022 08:25
Yangiliklar


Abraxam jarohat oldi. Sautgeyt u bilan birga yana 3 futbolchini qaydnomadan chiqardi
“Roma”da yorqin o'yin ko'rsatayotgan Temmi Abraxam bo'lajak uchrashuvlarda Angliya Tjga yordam berolmaydi.
24 yoshli hujumchi belidan jarohat oldi va shu tufayli u davolanish uchun Rimda qoldi. Inglizlar ustozi Garet Sautgeyt Abraxam bilan birga Ris Jeyms, Trent Aleksandr-Arnold va Aaron Ramsdeylni qaydnomadan chiqarishga majbur bo'ldi. Ularning o'rniga esa Olli Uotkins, Kayl Uoker-Piters, Tayrik Mitchell va Sem Jonston ro'yxatga kirdi.
Angliyaliklar JCH-2022 masalasini hal qilib bo'lishgan va ularni oldinda SHveycariya hamda Kot-d'Ivuarga qarshi o'rtoqlik o'yinlari kutib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar