So’nggi yangiliklar

16:50Расман: Эрон терма жамоаси ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтди  1 16:27"Манчестер Юнайтед" Муҳаммадали Ўринбоевнинг жамоадоши билан келишиб олди — Here We Go!  2 16:10"Астон Вилла" МЮ футболчисини ижарага олмоқда  0 15:54Бруну Фернандеш 2020 йилдан бери АПЛда барча ярим ҳимоячилардан кўпроқ гол урди  1 15:29Манба: Паулу Бенту ЎФА таклифини рад этиши мумкин  34 15:01Расман: "Байер" Бундеслига 2 туридан кейин Тен Хагни ишдан бўшатди  8 14:44Алексис Санчес Ла Лигага қайтмоқда  0 14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  1 13:54"Арсенал" 14 йилдан бери "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этолмаяпти  0 13:2239 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди  2 12:54Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go!  1 12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  1 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  3 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0

Abinur Nurimbet: "Andijon" bilan mavsumni yuqori o'rinlarda tugatishimiz kerak. Husanovning nimalarga qodirligini bilaman" Yangiliklar

Abinur Nurimbet: "Andijon" bilan mavsumni yuqori o'rinlarda tugatishimiz kerak. Husanovning nimalarga qodirligini bilaman"

"Andijon" jamoasi yozgi transfer oynasi vaqtida tarkibga 19 yoshli Abinur Nurimbetni qo'shib oldi.

Qozog'iston terma jamoasi azosi "burgutlar"ning Toshkentdagi mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. To'p tepar yangi jamoasidagi dastlabki taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Agentlar menga "Andijon" variantini taklif qilishdi. O'ylab ko'rdim va rozilik berdim. "Gomel"da biroz omadsiz mavsum o'tkazgandim. Bu erda meni yaxshi qarshi olishdi va tezroq moslashishimga yordam berishyapti. Ichki muhit ham ajoyib. 

O'z kuchimni O'zbekiston chempionatida sinab ko'rish istagi tug'ildi. Superligada raqobat yuqori. Men esa tarkibda o'z o'rnimga ega bo'lish uchun ko'proq mehnat qilishimni sezib turibman. Bu orqali jamoaga yordam berishni maqsad qilganman. "Andijon" bilan mavsumni yuqori o'rinlarda tugatishimiz kerak. Jamoaning jonkuyar muxlislari bor. Menga ijtimoiy tarmoqlarda videolarini tashlashgan. Bunday muhitda to'p tepish ajoyib bo'lishi aniq. 

Abduqodir Husanov bilan tanishman. Uning nimalarga qodirligidan xabarim bor. Menga ham uning yo'lini berishini so'rab qolaman. Olimpiadada O'zbekiston yaxshi ishtirok etadi deb o'ylayman",- deydi Abinur Nurimbet 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика