Abdusamad Do'rmonov: “Oq-tepa” futbolchilari vaziyatlardan foydalanishdi”
10 apr 2015 09:29
Yangiliklar


Abdusamad Do'rmonov: “Oq-tepa” futbolchilari vaziyatlardan foydalanishdi”
O'zbekiston Birinchiligining 2-turidan o'rin olgan “Yozyovon-lochinlari” – “Oq-tepa” jamoalari o'rtasidagi bellashuv yakunlangach, mezbonlar ustozi Abdusamad Do'rmonov qisqacha fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Aytish kerak, bugun har ikkala jamoa ham yomon o'yin ko'rsatgani yo'q. Bizda ham, mehmonlarda ham darvozani ishg'ol qilish uchun bir qator imkoniyatlar bo'ldi. Aniqrog'i, biz mehmonlarga nisbatan ko'proq xavfli hujumlarni tashkil qila oldik. Biroq gol urishga kelganda “Oq-tepa” futbolchilari o'zlarini ko'rsatishdi. Tajriba borasida ustun bo'lgan raqiblar aynan o'z tajribalarining hisobiga bugun g'alabaga erishishdi, deb o'ylayman. Yigitlarga etirozim yo'q, ular qo'llaridan kelgancha harakat qilishdi.

Fikrlar