So’nggi yangiliklar

00:44"Локомотив" "Бунёдкор"ни мағлуб қилса ҳам гуруҳда қолиб кетган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:37Саудия Арабистони. "Ал Насср" ғалаба қозонди, Роналду 935-голини урди  3 00:32Эндрик жароҳати туфайли Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатини ўтказиб юборади  1 00:10Европа лигаси. "Тоттенхэм" – "Манчестер Юнайтед". Финал старт олди! (онлайн ҳисоб)  38 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  3 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  1 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0 21:24Ўзбекистон кубоги плей-офф босқичининг барча иштирокчилари аниқ. Қуръа қачон ўтказилади?  5 20:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи якунланди. "Олимпик Мобиуз" кейинги босқичга йўлланма олди (бугунги натижалар)  11 20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  5 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7 18:45Франция терма жамоасига чақирилганлар рўйхати эълон қилинди  12

Abdurashid Ismoilov: "Davralar oralig'ida jamoamizga qo'shilgan futbolchilarning ko'rsatgan o'yinlaridan qoniqdim" Yangiliklar

Abdurashid Ismoilov: "Davralar oralig'ida jamoamizga qo'shilgan futbolchilarning ko'rsatgan o'yinlaridan qoniqdim"

Teglar :  Abdurashid Ismoilov
O'zbekiston birinchiligining 19-tur baxsidan o'rin olgan“UzDongJu”- “Paxtakor-2” 3:1 bahsidan so'ng “UzDongJu” jamoasining bosh murabbiyi Abdurashid Ismoilovning fikrlari bilan qiziqdik:

Bugungi bahs biz kutganimizdek shiddatli kechdi. Ikkinchi davra o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rgan edik, ayniqsa Qiziltog'dagi ikki haftalik yig'in biz uchun juda foydali bo'ldi. Bugungi o'yinda bu narsa yaqqol sezildi. Birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlar yaratdik, lekin undan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda zaxiradan tushirilgan futbolchilarimiz o'yinni yanada kuchaytirdi bu hisobda ham aks etdi.

Raqib jamoa ham biz kutganday yaxshi o'yin namoyish etdi. Jamoa yosh bo'lishiga qaramay ancha mazmunli o'yin namoyish etadi.

Davra oralig'ida jamoamizga qo'shilgan futbolchilarning ko'rsatgan o'yinlaridan qoniqdim. Hammasi bergan ko'rsatmalarimni to'liq bajarishdi. Keyingi bo'lib o'tadigan bahslarga mana shunday ko'tarinki kayfiyatda yanayam yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz.

Fursatdan foydalanib bizga sharoitlarni yaratib kelayotgan jamoamiz rahbarlarini, mazmunli o'yinlarini namoyish etgan futbolchilarimizni oz sonli bo'lsada bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan haqiqiy muxlislarimizni bugungi g'alaba bilan tabriklayman va ularga katta rahmat aytaman - deb so'zini yakunladi Ismoilov.


"UzDongJu" matbuot xizmati

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика