So’nggi yangiliklar

00:05Максим Шацких: "Ўйин 80 дақиқа давомида рақиб майдон ярмида кечди. "Ал-Васл" сафида бор-йўғи 2та маҳаллий футболчи бор"  1 23:47Жаҳон чемпионати олдидан ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси билан учрашди  0 23:28Тожикистон термасининг Тошкентдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Бундеслиганинг 3-тури старт олмоқда! "Боруссия" Д ўз майдонида дебютантни қабул қилади  0 22:51Виталий Левченко: "1 очкога муносиб эдик"  5 22:22"Навбаҳор" иштирокидаги ўйин санаси ўзгарди  5 22:06Жамшид Саидов: “Мезбонлик мақомидаги ўйинларимиз ҳам сафар учрашуви каби ўтаяпти”  4 21:58Иван Бошкович: “Ҳозирдан "Насаф”ни чемпион дея олмаймиз"   9 21:45Суперлига. "Пахтакор" - "Нефтчи" 0:0  0 21:28Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"да "Пахтакор" ва "Нефтчи" ўзаро нурсиз дуранг ўйнади  81 20:55Месси навбатдаги ўйинларда ўйнайдими? Мартино жавоб берди  6 20:32Суперлига. "Қизилқум" - "Сўғдиёна" 1:1  0 20:17Суперлига. "Сўғдиёна" қўшиб берилган дақиқада урган голи эвазига "Қизилқум" майдонидаги мағлубиятдан қутулиб қолди  5 20:12Футзал. ЖЧ 1-тури дисквалификациялари  0 19:50"Манчестер Сити" етакчиси АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси деб топилди  0

Abdurahmon Fozilov: “Maqsadimiz – muxlislik madaniyatini yanada yuksaltirish” Yangiliklar

Abdurahmon Fozilov: “Maqsadimiz – muxlislik madaniyatini yanada yuksaltirish”

Teglar :  Abdurahmon Fozilov
Futbol – dunyodagi eng ommaviy sport turlaridan biri. Bugungi kunda jahon miqyosida minglab futbol klublari faoliyat yuritmoqda.

Ularning har biri o'zining millionlab muxlislariga ega. SHu bois futbolni “millionlar o'yini” deb ham ataydilar. Endi ana shu millionlar o'yinining yanada jozibali bo'lishida stadionga tashrif buyuruvchi muxlislarning ham xissasi katta. Axir, muxlis bo'lmasa, futbolning kimga yoki nimaga keragi bor? Eng ulug' va eng aziz ayyom – Mustaqilligimizning 21 yillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan “Bunyodkor” stadioni bilan tanishish chog'ida hurmatli Prezidentimiz aynan tomoshabinlar madaniyati mavzusiga alohida to'xtalib, xalqimizning go'zal fazilatlari mana shunday stadionlarda o'tkaziladigan futbol uchrashuvlari, turli sport musobaqalarida ham namoyon bo'lishi kerak, kim qaysi jamoa yoki futbol klubiga muxlislik qilishidan qati nazar, unda o'zaro hurmat, yuksak madaniyat bo'lishi lozimligini alohida takidlagandilar. Bu masala bugungi kunda 200dan ziyod mamlakat futbol federaciyalarini birlashtirgan Xalqaro futbol uyushmalari federaciyasi – FIFA oldida ham dolzarb bo'lib turibdi. CHunki futbol jahon bo'ylab keng rivojlangani sari “fanatizm”, “irqchilik”, “futbol bezorilari” kabi xunuk odatlar ildiz otayotgani sir emas. Biz ayni mavzuda O'zbekiston futbol muxlislari klubi raisi Abdurahmon Fozilov bilan suhbatda bo'ldik.

- Abdurahmon aka, suhbatimiz avvalida O'zbekiston muxlislar klubining tashkil etilishi va uning bugungi kundagi faoliyati haqida malumot bersangiz.
- O'zbekiston muxlislar klubi 2007 yilda O'FF prezidenti Mirabror Usmonovning tashabbusi va taklifi bilan tashkil etilgan. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad – butun o'zbek futboli muxlislarini birlashtirish va shu bilan birgalikda muxlislik madaniyatini yo'lga qo'yish, stadionlarda uchrab turadigan, millatimizga xos bo'lmagan ko'ngilsiz holatlar, hakamlar va futbolchilarga nisbatan aytiladigan nojo'ya gap-so'zlar, xayqiriqlarni bartaraf etishdan iborat edi. O'ylashimcha, biz o'z maqsadimizga erishdik. Biz futbolchilar va murabbiylar bilan doimo do'stona aloqadamiz. Bayramlar va g'alabalarda bir-birimizni tabriklaymiz. Mag'lubiyat bo'lganida, yigitlarning ruhini ko'tarishga harakat qilamiz. Bunga javoban ular chiroyli o'yig namoyish etib, muxlislarni xushnud etishga intilishadi. Jamoasi yutsa maqtab, yutqazsa haqoratlab, so'kinish muxlislik emas, balki madaniyatsizlikdir. Bu bilan hech narsaga erishib, futbolni rivojlantirib bo'lmaydi. O'zbekiston futbol muxlislari klubining ichki nizomiga ko'ra, klub azosi raqib jamoa futbolchilari, murabbiylari va ishqibozlarini, uchrashuv hakamlarini haqorat qilmasligi, stadionga spirtli ichimliklar olib kirmasligi va istemol qilib qilmasligi, muxlislar klubi bilan kelishmagan holda biror banner yoki plakatlarni ko'tarmasligi kerak. Xorijiy mamlakatlardagi safar uchrashuvlari chog'ida esa o'sha davlat qonun-qoidalari va tartib-intizomga to'liq rioya qilish shart. Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak manaviyat – engilmas kuch” asarida takidlaganidek, fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi marifat bilan kurashish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Globallashuv jarayonlari hayotimizga juda tez va chuqur kirib borayotgan hozirgi zamonda dunyoning turli burchaklarida yuz berayotgan noxush va jirkanch voqea-hodisalar, xar xil xurujlardan yosh avlodni himoyalashning eng samarali usuli ularning ongi va qalbida kuchli manaviy immunitetni hosil qilishdir. Buning uchun yosh avlodni muxlislik madaniyatiga o'rgatish, ularda bag'rikenglik, hamjihatlik, sabr-toqat, do'stlik, mardlik kabi xalqimizga xos fazilatlarni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Yoshlarimiz jahon civilizaciyasiga beqiyos hissa qo'shgan ulug' allomalarimizning vorislari, boy madaniyatga, ezgu qadriyatlarga ega xalqimizning farzandlari ekanini anglasa, jamoat tartibiga rioya qilishni, odamlar orasida o'zini qanday tutishni yaxshi bilsa, bu mamlakatimizda sportni, jumladan, futbolni rivojlantirishga xizmat qiladi. Biz aynan shu tamoyillarni o'zimizga ustuvor vazifa sifatida belgilab, faoliyatimizni yildan-yilga takomillashtirib boryapmiz.

- SHaxsan o'zingizning O'zbekiston futbol muxlislari klubidagi faoliyatingiz qanday boshlandi?
- Aynan 2007 yili klub tashkil etilgan paytda men ham ushbu klub azosiga aylandim. Meni klubning raisi o'rinbosari etib tayinlashdi. Taxminan bir yil ishlaganimdan keyin o'sha paytdagi klub raisi nafaqaga chiqadigan bo'lib qoldilar va bu vazifani bajarishni menga ishonib topshirishdi. SHu kunga o'z oldimga qo'yilgan vazifa va majburiyatlarni sidqidildan bajarib kelyapman. SHu o'rinda buni lavozim ham deb bo'lmaydi. Bu shunchaki, O'zbekiston futbol muxlislari klubi sardori degan gap. Ayrimlarga bu engil vazifa bo'lib tuyulishi mumkin. Lekin aslida unday emas. Minglab muxlislarni yagona maqsad yo'lida birlashtirib, ularni ortingizdan ergashtirish bu oson ish emas. 


- Biz buyuk ajdodlarning avlodimiz. Ular bilan hamisha faxrlanishimiz kerak. Endi ularga munosib voris bo'lish oson emas. SHu manoda, futbol muxlislari klubi azolari o'rtasida qandaydir tarbiyaviy soatlar, tashviqot ishlari olib boriladimi?
- Bilasizmi, muxlislar klubi tashkil etilgan paytda safimizga shunchaki hamma xohlovchilarni qabul qilaverardik. Keyin o'ylab ko'rsak, biz biroz noto'g'ri yo'lni tanlagan ekanmiz. Bugungi kunda vaziyat biroz o'zgacha. Har bir jamoaning muxlislar klubi azo bo'layotganlar avtomatik ravishda O'zbekiston futbol muxlislari klubiga ham azo bo'ladi. Yani ularning hujjatlari bizga ham etib keladi. Ular terma jamoaning barcha muxlislari kabi teng imkoniyatga va shuning barobarida doimiy tarzda nazoratda bo'lishadi. Albatta, siz aytgandek, bizda manaviy-marifiy soatlarimiz bor. Muxlislar klubi azolari bilan tez-tez tarbiyaviy soatlar o'tamiz. Keyin har bir klub o'zlari ham alohida ana shunday tadbirlarni o'tkazib kelishmoqda. Bundan tashqari, o'zim ham bu yil deyarli barcha viloyatlarga borib, o'sha erdagi jamoalarning muxlislar klubi azolari bilan uchrashib, ular bilan suhbatlar o'tkazdik. Qanday muammolari bor, ularning echimlarini kerak bo'lsa, O'FF darajasida ko'rib chiqyapmiz. Muxlislar klubiga qarab boshqa stadionga keladigan tomoshabinlar ham o'rnak olishadi. Agar muxlislar klubi azolari o'z jamoalarini madaniyat bilan qo'llab-quvvatlashsa, qolganlar ham ularga ergashishadi, ulardan andoza olishadi. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi futbolchilarga kuch-g'ayrat bag'ishlaydi, g'alabaga undaydi. Lekin bunda ham meyor, madaniyat bo'lishi kerak. O'z jamoasini qo'llab-quvvatlayman deb boshqa jamoa azolarining nafsoniyatiga tegmaslik lozim. Bugun har bir zamonaviy stadionda muxlislarning madaniy hordiq chiqarishi, dam olishi, chiroyli o'yindan bahramand bo'lishi uchun barcha sharoit muhayyo. Mamlakatimizning yirik shaharlarida zamon talablariga to'la javob beradigan stadionlar barpo etilmoqda. Terma jamoalarimiz, oliy va birinchi liga klublari ishtirokidagi uchrashuvlarda fanatizm bilan bog'liq muammoalar kuzatilgani yo'q. Ammo bundan xotirjamlikka berilish, beparvo bo'lish mumkin emas.

- Mana bir necha yildirki, O'zbekiston muxlislar klubi azolari ham klublarimiz, ham terma jamoalarimizni FIFA va OFK bayrog'i ostida o'tkazib kelinayotgan nufuzli musobaqalarda yolg'izlatib qo'ymayapti. Fevral oyida poytaxtimizda futzal bo'yicha Jahon chempionati yo'llanmalari o'ynaladigan Osiyo chempionati o'tkaziladi. Futzalchilarimizni qo'llab-quvvatlash maqsadida qanday tayyorgarlik ishlari olib borilyapti?
- 2007 yili O'zbekiston futbol muxlislari klubi tashkil etilgan bo'lsa, o'sha paytdan beri barcha Osiyo chempionatlarida terma jamoamiz bilan birga bo'lib, ularni qo'llab-quvvatlab kelyapmiz. Vetnamda bo'lib o'tgan oxirgi qita chempionatida ham terma jamoamiz muxlislari juda chiroyli tarzda ko'rinish berishdi. O'z o'rnida OFK ham buni nazardan chetda qoldirmadi va O'FFga tashakkurnoma yo'lladi. Bundan juda ham xursand bo'ldik. Tabiiyki, bu safargi Osiyo chempionatida ham ananani davom ettiramiz. Tabir joiz bo'lsa, biz bu galgi musobaqaga o'zgacha tayyorgarlik ko'ryapmiz. Sakkiz yillik tajribamizni aynan yurtimiz mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatida qo'llamoqchimiz. Futzal beshga besh o'ynaladi. SHundan kelib chiqib, biz oltinchi o'yinchi bo'lib terma jamoamizni qo'llab-quvvatlamoqchimiz. O'rtaga jahon chempionati yo'llanmasi qo'yilgan musobaqada terma jamoamizning g'alabalariga o'z xissamizni albatta qo'shamiz.

- SHu yili Yangi Zelandiyada o'tgan yoshlar (U-20) o'rtasidagi jahon chempionatida sizni yangi qiyofada ko'rdik. Buyuk bobokalonimiz Amir Temur qiyofasida namoyon bo'ldingiz. Bu kimning g'oyasi edi?
- Bu shaxsan o'zimning g'oyam edi. Dizaynerlar bilan hamkorlikda ushbu qiyofani yaratdik. Stadionda Amir Temur bobomizning siymolarida ko'rinish berishni anchadan beri dilimga tugib yurgandim. Bilasiz, greklar Spartak, ruslar ayiq timsolida paydo bo'lishadi. Biz ham bu borada yangilik qilishimiz kerak edi. O'ylashimcha, bu omadli chiqdi. O'sha Yangi Zelandiyadagi jahon chempionatining har bir uchrashuvidan keyin stadionda bir soatlab qolib ketdik. Muxlislar kelib suratga tushishdi. Stadion chiroqlari o'chirilgunga qadar fotosessiyada ishtirok etdik (kuladi). Albatta, bu juda ham yoqimli holat. Bu bilan to'xtab qolmaymiz. Futzal bo'yicha o'tkaziladigan Osiyo chempionatida ham yangiliklarga guvoh bo'lasizlar. O'yinlarni televizor orqali tomosha qiladigan muxlislar ham arenada yuzaga keltiriladigan juda ham chiroyli manzaraga guvoh bo'lishadi.

- Boshqa mamlakat futbol muxlislari klublari bilan hamkorlik aloqalari o'rnatilganmi?
- Albatta o'rnatilgan. Ilm o'rganishdan hech qachon to'xtab qolmaslik kerak. Terma jamoalar va klublarimiz bilan qaysi davlatga borgan bo'lsam, hammasida o'sha mamlakatning muxlislar klubi raislari va sardorlari bilan uchrashishga harakat qilaman. Yaqinda Madridda “Real” – “Barselona” uchrashuvini bevosita stadionda ko'rib qaytdim. U erda ham har ikki klub etakchilari bilan uchrashib, ular bilan fikr almashdik. Ularni ham markaziy o'yinlarimizni tomosha qilish uchun taklif qildim. Men uchrashgan xorijlik muxlislar orasida eng mashhuri bu – Klaudio Fernandes. Braziliyalik marhum futbol muxlisi juda ham mashhur edi. SHu yil olamdan o'tdi. Braziliyadagi jahon chempionatidan keyin yanada mashhur bo'lib ketgandi. Uning jahon kubogini quchoqlab tushgan surati uni mashhurlik cho'qqisiga olib chiqqandi. Garchi bu inson muxlislar klubi raisi yoki sardori bo'lmasada, lekin undan shaxsan men juda ko'p narsa o'rgandim. Bunday muxlis bo'lish uchun bilmadim yana qancha ko'ylak yirtishim kerak? Bilasizmi, hozir shu insonni eslab, ko'nglim biroz g'ash bo'ldi. Jahon chempionatining final uchrashuvlarini tomosha qilish Braziliyaga borganimda, Klaudio bilan ko'rishdik. Final o'yiniga kirib ketayotganda ham stadion oldida uchrashgandik. Braziliya terma jamoasi chiqa olmaganligi uchun ko'zida yosh edi. O'shanda Germaniyaning bayrog'ini ko'tarib olgandi. Balki, Argentina terma jamoasi hamisha Braziliyaning ashaddiy raqibi bo'lib kelgani uchun shunday yo'l tutgandir. Bu muxlis bilan dunyoing ko'plab firma va kompaniyalari shartnoma imzolashga harakat qilardi. Homiylari juda ko'p bo'lgan. U Braziliya terma jamoasining 150dan ziyod o'yinini bevosita stadionlardan tomosha qilgan. Bu rekord natija hisoblanadi. Endi mening yo'nalishim biroz boshqacha. Men faqat o'zim emas, terma jamoa muxlislar klubiga azo boshqa muxlislarni ham xorijdagi terma jamoamiz ishtirokidagi o'yinlarga olib borishga harakat qilaman. Buning uchun homiylar topib, sayyohlik firmalari bilan gaplashib, chegirmalar asosida safarlarni tashkil etib kelyapmiz. 


- Yuqorida Madridda o'tgan “Real” – “Barselona” uchrashuviga o'zbekistonlik bir guruh muxlislar tashrif buyurib, bahsni bevosita “Santyago Bernabeu” stadionida tomosha qilgani haqida aytdingiz. Endi “El Klasiko” ko'pchilik ko'rishni istaydigan uchrashuv. O'yin va o'yin atrofidagi tashkilotchilik qanday bo'ldi?
- Xavfsizlik choralari birinchi o'rinda edi. Qolgan tashkiliy ishlar o'z o'rnida, har kim o'z vazifasini bajardi. Madriddagi stadion atrofi va ichkarisidagi tashkiliy ishlarga besh baho qo'yaman. O'zi aslida men “Barselona” yoki “Real” muxlisi emasman. Farzandim haqiqiy “Barselona” muxlisi. SHu bois men ham Kataloniya klubiga muxlislik qildim. O'yinga kelsak “Barselona” darvozaboni o'z ishini alo darajada bajardi, “Barselona” hujumchilari esa kamida ikkita vaziyatda “Real”ni kechirishdi, aks holda gollar yanada ko'proq bo'lar edi. “Real” “Real”ga o'xshamadi. Ronaldu? Kechirasiz men Ronalduni maydonda ko'rmadim.

- Sayyohatchilar nozik tab bo'ladilar, ularning ko'nglini qanchalik olindi, deb o'ylaysiz?
- Ish borki kamchilik bo'ladi, barchaning ko'nglini olish juda mushkul, ammo ushbu safarga borgan 91 nafar muxlisdan faqatgina bittasidan shikoyat bo'ldi xolos.

- Sir bo'lmasa shikoyatning sababini ayta olasizmi?
- Parijda ushbu muxlisga ajratilgan mehmonxona xonasining oynasi yo'q ekan. Rosti men ham xonaga kirganimda hayron qoldim va o'sha zahotiyoq mehmonxona boshqaruvchisiga aytib xonani almashtirdik.

- Keyingi “Klasiko”larga safar uyushtirish rejangizda bormi?
- Hozirning o'zida bizga juda ham ko'p murojaat, taklif va tilaklar kelmokda. Hozirdan “Barselona”dagi ikkinchi “El Klassiko” uchrashuvi chiptalariga buyurtma berganmiz.

- Oldimizda Qatarda bo'lib o'tadigan muhim musobaqa turibdi. Bu borada ishlar boshlandimi?
- Allaqachon boshlangan. O'zbek muxlislarini Qatar markazidagi 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar, avtobuslar tayyor holda kutmoqda. Mehmonxonalarni yulduz darajasiga qarab narxlari farq qiladi. Lekin biz ushbu safarni Fors ko'rfazidagi eng katta sayyohlik shirkati bilan hamkorlikda tashkil etdik. Katta shirkatlar uchun esa mehmonxonalarda katta chegirmalar bor. Masalan, 5 yulduzli mehmonxonada bizning muxlislar uchun xonalarga 40 foiz chegirma va boshqa xizmatlar uchun ham katta chegirmalar mavjud. Maqsadimiz pul topish emas, maqsadimiz ko'plab muxlislar bilan bir tanu bir jon bo'lib, olimpiya terma jamoamizni qo'llab-quvvatlab, albatta Rio-2016 yo'llanmasini qo'lga kiritish.

  Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика