So’nggi yangiliklar

22:08U-23 Осиё кубоги. Финалга етакчиларсиз тайёргарлик бошланди  4 22:08Эрон. "Истиқлол" очко йўқотди ва биринчи поғонани хавфда қолдирди. Машарипов деярли тўлиқ ўйнади  0 21:35"МЛС – Месси учун болалар майдончаси"  2 21:15Ўзбекистон Суперлигаси. 6-турда ишлайдиган расмийлар   1 20:55Тухель ЕЧЛда ғолиб бўлган тақдирда ҳам клубдан кетиши аниқ  2 20:38"Барселона" ўйинчиси 2025 йилга қадар сафдан чиқди  2 19:25Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Венгрияга қарши ўртоқлик ўйинлари ўтказади  3 19:06Футбол олами. Хайр, "Насаф", ОКМК ва "Локомотив": Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичи якунлари   2 18:40Карвонларга посбон бўлган сарбон билан Париж сари борамиз  5 18:25"Атлетико" Облакни сотишга тайёр  4 17:56Баҳром Вафоев номидаги стадион прожекторлари талаб даражасига етди  6 17:32"Сурхон" собиқ устози "Нефтчи"да иш бошлади  5 17:15Ўзбекистонлик назоратчи Ироқ – Индонезия баҳсида фаолият юритади  3 16:49Ана холос! Испания УEФА ва ФИФА шафелигидаги мусобақалардан четлаштирилиши мумкин  10 16:30U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон финалда Японияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  11

Abdulla Abdullaev: “Raqobatdan cho'chiganimda AGMKga kelmasdim” Yangiliklar

Abdulla Abdullaev: “Raqobatdan cho'chiganimda AGMKga kelmasdim”

2018 yildan buyon “Bunyodkor” klubida to'p tepib kelayotgan Abdulla Abdullaev faoliyatini AGMKda davom ettiradigan bo'ldi.

 Futbolchi olmaliqliklar bilan shartnoma imzoladi. SHundan so'ng u bilan suhbatlashib, o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik. 

- “Mirjalol aka Qosimovning taklifi bilan AGMK bilan kelishuvga erishdim. Klub men bilan anchadan beri muzokara o'tkazib kelayotgandi. SHu vaqtda men “Bunyodkor” rahbariyati bilan ham gaplashib olgandim. CHunki yashirincha muzokara o'tkazishni istamagandik. Barchasi yaxshi kechganidan so'ng olmaliqliklar bilan ikki yillik shartnoma imzoladim",- deydi Abdulla Abdullaev.

AGMKdagi raqobat haqida

- Albatta, raqobat bor joyda doimo o'sish kuzatilgan. Bu jamoada ham kuchli raqobat borligini bilaman. Men bunga to'liq tayyorman. O'z ustimda ko'proq ishlashda davom etmoqchiman. Agarda AGMKdagi raqobatdan cho'chiganimda, bu klubga kelmagan bo'lardim. 

“Bunyodkor”ni tark etishi borasida

- Bilasizmi, “Bunyodkor”da ajoyib mavsumlarimni o'tkazganman. SHu darajaga kelishimga aynan ushbu jamoaning hissasi katta bo'ldi. Yoshligimdan tarbiyalagan klubim hisoblanadi. Albatta jamoani tark etish oson bo'lgani yo'q. Qiyin qarorlardan birini qabul qildim. Mening qarorimni to'g'ri tushunishgani uchun klubning rahbariyati, murabbiylari va boshqa xodimlariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. 

Boshqa jamoalardan taklif to'g'risida

- Yashirmayman, boshqa jamoalardan ham taklif bo'ldi. Biroq men hozir ularni nomlarini ayta olmayman. CHunki hurmatsizlik qilgan bo'laman. Lekin menga ishonch bildirib, o'z safiga chaqirgan jamoalarga rahmat. AGMKni tanlashimda dadam bilan maslahat qilgan holda shunday qarorga keldim. 

Yangi mavsum borasida

- AGMK bilan shartnoma imzolashimdan avval jamoa bosh murabbiyi Mirjalol aka Qosimov bilan gaplashdim. Yangi mavsumda jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Yani, mamlakat chempionligi uchun kurashmoqchimiz. SHu maqsadlarni amalga oshirish uchun oxirigacha harakat qilamiz. Bizni qiyin mavsum kutmoqda. Ishonamanki, qo'yilgan vazifani bajargan holda klub tarixini yozishni uddasidan chiqa olamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика