So’nggi yangiliklar

00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 00:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" – "Ювентус" (онлайн ҳисоб)  9 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  3

Abdulla Abdullaev: “Barchamiz bitta vatan sharafini himoya qilamiz” Yangiliklar

Abdulla Abdullaev: “Barchamiz bitta vatan sharafini himoya qilamiz”

Barchangizga malumki, O'zbekiston olimpiya terma jamoasini yanvar oyida muhim musobaqa kutib turibdi.

Tailanddagi Osiyo chempionatida o'rtaga Olimpiada yo'llanmasi tikilgani bois, bu turnirnining masuliyati o'ta yuqori. Biz bu borada ayrim savollarimiz bilan jamoa yarim himoyachisi Abdulla Abdullaevga murojaat qildik.

- Futbolchilar olimpiya terma jamoa ixtiyoriga turli holatda etib keladilar. Bu jamoaviy o'yinni shakllanishiga to'sqinlik qilmaydimi?
- Futbolchilar o'z klublaridan boshqacha kayfiyatda etib kelsada, bu tayyorgarlik jarayoniga aslo tasir qilmaydi. Terma jamoada maqsad bitta bo'ladi. Bunday paytda klubda bo'lib o'tgan ishlar ikkinchi darajaga tushadi. Bollarda kayfiyat yaxshi. Asosiy tayyorgarlik Dubayda bo'lib o'tadi, unda bir qator jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

- Masalan “Bunyodkor” jamoasi azolari bronza medaliga ega chiqdi. “Paxtakor” chempionlikni qo'lga kiritdi. Qolgan klublar pastki pog'onalarni zabt etdi. Bu ichki muhitga qanday tasir qiladi?
- Bu borada havotirga o'rin yo'q. Barcha futbolchilar ahil-inoq. Undan ham yaqin bo'lib ketganmiz. Barchamiz bitta vatan sharafini himoya qilamiz, bitta jamoani azosi hisoblanamiz. Uchinchi o'rinni oldi, ettinchi o'rinni oldi degan gap yo'q bizda.



- Vadim Abramov sizni joriy yilda markaziy himoyachi sifatida ko'proq maydonga tushirdi. O'zingizni himoyaga mansub o'yinchi deb o'ylaysizmi?
- Har bir murabbiy futbolchini o'ziga maqul kelgan tarafini tanlaydi. Masalan Mirjalol Qosimovga oldingi chiziqdagi harakatlarim yoqqani uchun, hujumchi ortiga qo'yardi. Abramov esa himoyada sinab ko'rdi. Menimcha OTJda tayanch yarim himoyada o'ynasam kerak. Markaziy himoyada yaxshi futbolchilar bor. Murabbiy meni qaysi poziciyaga qo'ysa o'sha joyda harakat qilishga tayyorman.

- Dastlab Dubayda o'quv mashg'ulot yig'ini olib boriladi. So'ng Tailandga yo'l olasizlar. Uzoq muddatli parvoz jamoani jismoniy imkoniyatini pasaytirib yubormaydimi? Avvalari bundan juda ko'p aziyat chekkanmiz...
- SHularni inobatga olgan holda Dubaydan to'g'ridan-to'g'ri Tailandga uchamiz. Ikki joyni iqlimi deyarli bir xil. Deylik havodagi bosim, namlik o'xshash. Barchasi bizning foydamiz uchun qilinmoqda. Muvaffaqiyatli ishtirok etishimiz uchun barcha ish qilindi. Ketishimiz oldidan tashkil etilgan tadbir ham ruhiyatimizga yanada qo'shimcha kuch berdi deb o'ylayman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика