A Seriyaning top-klublari UEFAga jarima to'laydi
24 avg 2022 20:55
Yangiliklar
A Seriyaning top-klublari UEFAga jarima to'laydi
A Seriyaning top-klublari moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganliklari uchun UEFA tomonidan jazolanadi.
La Repubblica gazetasi o'z sahifalarida bazi tafsilotlarni ochib berdi. Manbaga ko'ra, "Yuventus" 3 million evro, "Milan" esa 2 million evro jarima to'laydi.
“Inter” va “Roma” moliyaviy ahvoli haqida hamon UEFA bilan bahslashmoqda. Ikkala klub kelasi yozda transfer taqiqi ko'rinishidagi qattiqroq sankciyalarga duchor bo'lish xavfi ostida turibdi. "Inter" va "Roma"ning UEFA bilan muzokaralari yana 10 kunga yaqin davom etadi.
Avvalroq Franciyaning “Marsel” va PSJ klublari jazolanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Fikrlar