So’nggi yangiliklar

15:10"Эл Классико"ни бошқарадиган ҳакам номи маълум бўлди  0 15:00Зафармурод Абдираҳматов: "Мусобақа энди бошланди хотиржамликка берилиш керак эмас"  2 14:42Мбаппенинг бир гапидан сўнг "Барселона" ва ПСЖ вакиллари ўртасида 60 кишилик жанжал юзага келди  2 14:25Руслан Жиянов: "Ажойиб ва рақобатдош таркиб йиғилган"  1 13:52Нойер: "Бавария" муваффақиятининг сири - интизом"  2 13:36Ўзбекистонлик ҳакамлар футзал бўйича Осиё Кубогининг 2 ўйинига тайинлов олишди  0 12:59Сака "Бавария"га қарши баҳсда: 0 зарба, 0 дриблинг, 0 аниқ кросс  4 12:40Начо: "Реал" чуқур ҳимояланиб, ғалаба қозона олишини кўрсатди. Одатда биз рақибни чидашга мажбур қиламиз"  13 12:05«Реал Мадрид» футболчиси: «Манчестер Сити» биздан кўра яхшироқ футбол ўйнади»  30 11:40«Ювентус» судда ютқазди. Энди Италия жамоаси Криштиану Роналдуга катта миқдорда товон тўлайди  5 11:23Франция вазири Килиан Мбаппенинг ПСЖдан кетиши ҳақидаги хабарларга муносабат билдирди  1 10:53U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита учрашувида ишлашади  1 10:27Sofascore. Майдонда 20 дақиқа ҳаракат қилган Ғаниев энг яхшиларидан бири бўлди  0 10:02«Реал Мадрид» чемпионлар «қотили». Мадридликлар ЧЛ рекордини ўрнатди  61 09:38Париж сари «юриш» бошланди. Ўзбекистон U-23 — Малайзия U-23 ўртасидаги учрашувдан ГАЛEРEЯ  1

A Seriya. Ronalduning gollari "Yuventus"ga 1 ochko olib berdi Yangiliklar

A Seriya. Ronalduning gollari "Yuventus"ga 1 ochko olib berdi

Mazkur sahifa orqali Italiya A Seriyasi 2-turi doirasidagi "Roma" – "Yuventus" bahsining matnli translyaciyasi bilan tanishib borishingiz mumkin.

Roma 2:2 Yuventus #yakunlandi

27 sentyabr, 23.45, «Stadio Olimpiko»

Gollar:

1:0 – 31, penalti Veretu, 1:1 – 44, penalti Ronaldu, 2:1 – 45 Veretu, 2:2 - 69 Ronaldu.

Roma – Mirante, Spinaccola, Manchini, Kumbula, Santon (Bruno Peres, 68), Mxitaryan, Pellegrini (Diavara, 72), Pedro, Veretu, Rojer, Djeko.

Yuventus – SHchensniy, Bonuchchi, Danilo, Kellini, Makkenni (Artur, 58), Kuadrado, Rabo, Remzi (Bentankur, 68), Kulusevski (Frabotta, 85), Ronaldu, Morata (Duglas Kosta, 58).

Ogohlantirishlar:

Rabo (30), Kumbula (36), Pellegrini (54), Frabotta (86).

CHetlatish:

Rabo (62).

Roma

Jordan Veretout - 31', Jordan Veretout - 45'

Serie A . 2-tur

27/09/2020, 23:45

2
:
2
Tugadi

Juventus

Cristiano Ronaldo - 43', Cristiano Ronaldo - 69'

Stadion: 0 tomoshabin

Bosh hakam: Marco Di Bello

45'
90'
31'  Jordan Veretout
36'  Marash Kumbulla
45'  Jordan Veretout
45'  Henrikh Mkhitaryan
54'  Lorenzo Pellegrini
68'  Davide Santon (Bruno Peres)
71'  Lorenzo Pellegrini (Amadou Diawara)
30'  Adrien Rabiot
43'  Cristiano Ronaldo
58'  Alvaro Morata (Douglas Costa)
58'  Weston McKennie (Arthur)
62'  Adrien Rabiot
68'  Aaron Ramsey (Rodrigo Bentancur)
69'  Cristiano Ronaldo
69'  Danilo
85'  Dejan Kulusevski (Gianluca Frabotta)
86'  Gianluca Frabotta

Turnir jadvali

Uchrashuv nihoyasiga etdi. Jamoalar bir ochkodan bo'lishib olishdi.

90+3. Ronalduga nisbatan jarima maydoni yaqinida qoida buzildi, "keksa sinora"da imkoniyat. Yo'q, "Yuve" futbolchilari vaziyatni yo'qqa chiqarishdi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Ronalduning faolligi natijasida "Yuve" kornerga ega bo'ldi.

86. Hozirgina maydonga tushgan Frabotta Peresga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka "ishlab oldi".

85. O'zgarish: Kulusevski o'rnida Janluka Frabotta o'yinni davom ettiradi.

80. CHap qanotdan oldinga o'tgan Pedro to'pni darvaza oldiga etkazdi, Kelini yaxshi o'ynadi. Burchak zarbasi.

75. Spinaccola jarima maydoni ichiga uzatmani amalga oshirdi, ammo to'p yo'nalishini o'zgartiradigan kishi topilmadi.

72. O'zgarish: Amadu Diavara Lorenco Pellegrinini almashtirdi.

69. Goool! Danilo jarima maydoniga oshirgan to'pni hammadan baland sakragan Ronaldu Mirante darvozasining to'riga kiritib qo'ydi - 2:2.

68. O'zgarishlar: "Roma"da o'ynayotgan Davide Santon o'rniga Bruno Peres maydonga tushdi. Remzining joyida esa Rodrigo Bentankur o'yinni davom ettiradi.

64. Santon bilan devor uslubida o'ynagan Jekoning zarbasidan keyin SHchesniy seyv namoyish qildi.

62. Ana xolos! Maydon markazida Mxitaryanga nisbatan qo'pol o'ynagan Raboga 2-sariq kartochka ko'rsatildi. Bu yog'iga turinliklar bir kishi kam bo'lib o'ynashadi.

58. O'zgarishlar: Pirlo Morata hamda Makkennining o'rniga Duglas Kosta va Artur Meloni maydonga tushirdi.

57. Hujum navbati "Yuve"da. Ronalduning kuchli zarbasini Mirante egallab oldi.

56. Xavfli vaziyat! Spinaccola jarima maydoniga bostirib kirdi va Jekoni to'p bilan taminladi. Bosniyalik forvard himoyachini aldab, to'pni darvozaga tepdi. Darvoza to'sini golga halaqit qilib qoldi.

54. Aaron Remziga nisbatan navbatdagi bor o'yin qoidasini buzgan Pellegriniga sariq kartochka ko'rsatildi.

51. "Roma" vakillari to'pni burchakdan o'yinga kiritishdi. Pedroning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan murakkab zarbasini SHchesniy qiyinchilik bilan bartaraf qildi.

46. Rimda yomg'ir yog'yapti. 2-bo'limni "keksa sinora" boshlab berdi.

Birinchi bo'lim yakunlandi, tanaffus!

45+1. Ajoyib! Mezbonlar qarshi hujumda, Mxitaryanning uzatmasidan keyin Veretu dublni rasmiylashtirdi - 2:1.

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi.

44. To'p oldida portugaliyalik forvardning o'zi. Zarba, Krishtianu o'zi ishlagan penaltidan unumli foydalandi - 1:1.

43. Ronaldu raqib jarima maydoniga bostirib kiryapti. Uzatma, to'p Pellegrinining qo'liga tegdi - penalti.

39. Gol muallifi maydonda yotibdi. Veretu o'rnidan ko'tarildi, u o'yinni davom ettira oladi.

36. Kulusevskiga nisbatan qo'pol o'ynagan Kunbula ogohlantirildi.

35. Maydon markazida yana Jeko yiqitildi. Qoidabuzar rolida Makkenni.

33. Ronaldudan uzatma, jarima maydoni ichidagi Remzi boshi bilan zarba berdi, noaniq.

31. To'p oldidda Veretu. Ux, SHchesniy to'p yo'nalishini topdi, ammo qaytara olmadi - 1:0.

30. "Roma"ning navbatdagi hujumi. Oooo, Adrien Nabo jarima maydoni ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi, penalti! Raboga sariq.

29. Jeko darvozabon bilan birga-bir chiqib ketishi mumkin edi, ammo erga yiqildi. Kellini  qoida buzdimi? Yo'q, referi bosniyalik forvard ayyorlik qilgan, deb o'yladi.

24. "Bo'rilar" qarshi hujumga o'tishi mumkin edi, ammo hujum tezligi pasaydi. SHu pallada Remzi Edin Jekoning oyog'iga tepib, qoidani buzdi. To'p asosan maydon markazida aylanyapti. 

21. "Yuve" vakillari 1 daqiqa ichida 2-bor to'pni burchakdan o'yinga kiritish imkoniga ega bo'lishdi. To'p oldida Kulusevski, "keksa sinora" himoyachilari ham raqib jarima maydoniga tashrif buyurgan. 

16. "Yuve"da standart. Rimlik himoyachilar Morataga nisban qo'pol o'ynab qo'yishdi.

12. Xavfli vaziyat! To'pni maydon markazida qabul qilib olgan Mxitaryan oldinga qarab yurdi, Bonuchchini bir harakat bilan aldadi va jarima maydoniga yorib kirdi. Biroq, armanistonlik futbolchi hal qiluvchini zarbani yo'llashda adashdi. Vaziyat qahramoni SHchesniy.

10. "Roma"da standart. Spinaccola burchak zarbasini ishlab oldi.

6. Uchrashuvdagi ilk zarba "Yuve" yarim himoyachisi Aaron Remzi tomonidan berildi. Yo'q, Morata to'pni uzatayotgan pallada uelslik futbolchi o'yindan tashqari holatda bo'lgan. Zarba hisobga olinmaydi.

1. Boshlandi. To'pni o'yinga "Roma" futbolchilari kiritib berdi, ketdik!

- Uchrashuv boshlanishiga 30 daqiqa qoldi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика