A Seriya. "Yuventus" - "Roma" o'yinida kuchlar teng keldi. SHomurodov zaxirada qoldi
27 avg 2022 23:25
Yangiliklar


A Seriya. "Yuventus" - "Roma" o'yinida kuchlar teng keldi. SHomurodov zaxirada qoldi
Turinda "Yuve" mehmoni bo'lgan "Roma" 1:1 hisobidagi durangga erishdi. Uchrashuvda hisobni mezbonlar forvardi Dushan Vlahovich ochgan bo'lsa, Temmi Abraham "bo'rilar"ga 1 ochko keltirgan golga mualliflik qildi. SHomurodov bugun ham zaxirada qoldi.
Mazkur bahsdan keyin "Keksa sinora" hisobidagi ochkolar 5taga etgan bo'lsa, "Roma" 7 ochko bilan peshqadamlar safida qoldi. Turnir JADVALI
Juventus Dusan Vlahovic - 2' |
Serie A . 3-tur 27/08/2022, 22:30 1
:
1
Tugadi
|
Roma Tammy Abraham - 69' |
Stadion: Allianz Stadium, 41003 tomoshabin
Bosh hakam: Massimiliano Irrati
A Seriya, 3-tur.
"Yuventus" 1:1 "Roma"
Gol: Vlaxovich (2) - Abraham (69)
Bosh hakam: Massimiliano Irrati
"Yuventus": Voycex SHesni, Aleks Sandro, Gleyson Bremer, Danilo, Mattia Le SHilo, Lokatelli (Nikolo Rovella) Fabio Miretti (Arkadiush Milik), Adrien Rabo (Denis Zakariya), Xuan Kuadrado (Ueston Makkenni), Filip Kostich, Dushan Vlaxovich (Moyze Kin)
Zaxira: Mattia Perin, Karlo Pinsolo, Daniele Rugani, Federiko Gatti, Matias Zule,
"Roma": Ruy Patrisiu, Kris Smolling, Janluka Manchini, Rober Ibanes (Stefan El-SHaaravi), Rik Karsdrop (Zeki CHelik), Leonardo Spinaccola (Nikolo Zalevski), Barayan Kristante, Nemanya Matich, Lorenco Pellegrini, Paulo Dibala (Marash Kumbulla), Temmi Abraxam
Zaxira: Mile Svilar, Petro Boer, Edoardo Bove, Matias Vinya, Eldor SHomurodov
Ogohlantirish: Lokatelli (6), Kostich (76) - Kristante (41)
90+5. "Yuventus" oxirgi standartdan ham foydalana olmadi. SHu nuqtada uchrashuv yakunlandi. Durang!
90+3. "Roma"da oxirgi o'zgarish. Eduardo Bove Pelegrinini almashtirdi.
90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
88. "Yuve" g'alaba golini urish uchun hujumga zo'r beryapti.
85. Mezbonlarda o'zgarish. Rovella Lokatellini, Moyze Vlaxovichni almashtirdi.
84. Burchak zarbasidan keyin "Yuve" darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi.
83. El-SHaaravi jarima maydoniga uzatmani amalga oshirdi. Himoyachilar bartaraf qilishdi.
78. Mour Dibalaning o'rniga Marash Kumbullani maydonga chiqardi. Endi SHomurodov o'yinga tusholmasligi aniq bo'ldi.
77. "Keksa sinora"da o'zgarish. Milik Mirettini, Makkenni esa Kuadradoni ashmashtirdi.
76. Kostich ham ogohlantirildi.
74. Vlaxovich raqib jarima maydonida yiqildi. Hakam qoidani Dushanning o'zi buzganini takidladi.
69. Goooooool! Dibalaning go'zal uzatmasini Abraham "Yuve" darvozasiga tiqib qo'ydi, 1:1.
66. "Roma"ga SHoma etishmayapti.
62. Mourinyu Karsdorp o'rniga Zeki CHelikni maydonga chiqardi.
58. "Yuve"da majyuuriy o'zgarish. Jarohatlangan Rabo o'rniga Denis Zakariya tushirildi.
54. Xuan Kuadradoning chap oyoqda tepgan to'piga aniqlik etishmadi.
48. El-SHaaravi odatdagidek chap qanotga joylashdi.
46. "Roma"da o'zgarishlar. Taym avvalida Zalevski va El-SHaaravi Spinaccola bilan Manchinini almashtirishdi.
Uchrashuvning birinchi bo'limi yakunlandi. Tanaffus!
45. Taymga 1 daqiqa qo'shib berildi.
43. VAR ehtimoli penaltini tekshirib, "Roma" himoyachisidan qoidabuzarlik topolmadi.
41. Raboni qo'pollik evaziga to'xtatgan Kristante ogohlantirildi.
39. Vlaxovich yana bir marta jarima zarbasini amalga oshirdi. Noaniq.
35. Kuadradoning xavfli zarbasini Ruy egallab oldi.
33. Dibalani yana yiqitishdi.
31. Mezbonlar faollikni yanada oshirishdi "Roma" oldinga o'tishga qiynalyapti.
27. Vaziyatga VAR aralashib, Eldor SHomurodovning hurmati golni bekor qildi.
25. Goooool! Lokatelli ham Patrisiu darvozasini chiroyli tarzda ishg'ol qildi.
16. "Yuve"dan xavli hujum. Meretti uzatgan to'pni Xuan darvozaga tepdi. Patrisiu o'z o'rnida.
13. Kuadrado ham uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi. Kolumbiyalik futbolchiga ham Sandroga etishmagan narsa kamlik qildi.
11. Aleks Sandroning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.
7. "Roma"dan dastlabki zarba. Pellegrini tepgan to'p Voycexning qo'liga borib tushdi.
6. Dibalaga nisbatan qoidani buzgan Lokatalellli ogohlantirildi.
2. Gooooool! Dushan Vlaxovich jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. "Keksa sinora" oldinda!
1. Uchrashuvga start berildi. To'pni o'yinga "bo'rilar" kiritib berishdi.
— Jamoalar maydonga chiqib kelishyapti.
Juventus Dusan Vlahovic - 2' |
Serie A . 3-tur 27/08/2022, 22:30 1
:
1
Tugadi
|
Roma Tammy Abraham - 69' |
Stadion: Allianz Stadium, 41003 tomoshabin
Bosh hakam: Massimiliano Irrati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar