So’nggi yangiliklar

17:04Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Ироқ билан муроса кўчасини танлади  4 16:49Футзал бўйича Олий лига. "Оил Стар" "Сурхон" дарвозасига "хоҳлаганича" тўп киритди  0 16:30Қирғиз Республикаси термаси бош мураббийи: "Эртага топ-футболчилардан иборат Эронга қарши майдонга тушамиз"  5 16:01Сречко Катанец: "Эртага майдонга тушадиган футболчилар ўзини кўрсатиш вақти келди" (матбуот анжумани)  27 15:3420 млн фунтга сотиб олинган "Челси" футболчиси кетишига ишора қилмоқда  0 15:13Футзал бўйича Олий лига. 8 та гол урилган ўйинда "Насаф" "Пахтакор"ни енгди  0 14:58Тожикистон ва Афғонистон терма жамоалари ўртасидаги ўртоқлик учрашувини ўзбекистонлик ҳакам бошқариб боради  0 14:18"Челси" Та учун курашда "Барселона" ва "Реал"ни ютиб чиқди  2 13:50Погба Англия Премьер-лигасига қайтиши мумкин  0 13:23"Арсенал" Рафиньянинг трансфери учун катта маблағ ажратишга тайёр  3 12:58Футзал бўйича Олий лига. БМБ "Бунёдкор"га нақд 12 та гол урди!  0 12:33Эшитдик-да! "Нефтчи" Алижоновга қизиқиш билдиряпти, Болтабоев келишиб бўлди  5 12:16Битта хатони учинчи маротаба такрорлаётган ЎФА!  15 12:06"Ливерпуль" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  1 11:40Ўзбекистон КХДРга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  25

A Seriya. Milanliklar uchun omadsiz tur Yangiliklar

A Seriya. Milanliklar uchun omadsiz tur

Italiya chempionatida 26-tur ortda qoldi.

"Napoli" uyida "Atalanta"ni mag'lub etdi

Neapolliklar o'yinni ancha faol boshlashdi. 5-daqiqadayoq Zelinski bilan "devor" uslubida o'ynagandan keyin Politano zarba berdi, Musso jamoasi joniga oro kirdi. Ko'p o'tmay Xvicha qanotda raqiblarini chalg'itib, zarba berdi ammo zarba burchagi juda o'tkir edi. Taym so'ngida Musso yana bir bor Politano gol urishiga yo'l qo'ymadi. "Atalanta" qatorasiga uchinchi bo'limda na arzirli hujum qildi, na zarba bera oldi.

Ikkinchi bo'lim Osimxenning samarasiz bo'lsada, chiroyli zarbasi bilan boshlandi. Biroq bu vaziyatda ham Musso ortiqcha muammoga duch kelmadi. "Napoli" oxir-oqibat bosimdan samara chiqara oldi, Osimxen Xvichaga ajoyib pas berdi, Kvaradona esa 6 nafar himoyachini atrofiga yig'ib, aldab, darvoza to'qqizligini nishonga oldi. O'yin ancha sokinlashdi va oxirgi daqiqalarda qayta jonlandi. "Atalanta" Murielning faolligidan keyin xavfli vaziyat yaratdi. Biroq "Atalanta"ning sobiq futbolchisi Gollinini tashvishga sola olmadi. Ko'p o'tmay Elmas burchakdan uzatmani amalga oshirdi, Rraxmani hammadan baland sakradi va to'pni darvozaga yo'lladi. Farqni hech bo'lmasa bitta golga qisqartirish imkoniyati Rudjerida yuzaga keldi, ammo uning kuchli zarbasini kiper qaytarishni uddaladi. "Napoli" navbatdagi g'alabani rasmiylashtirdi va titulga yanada yaqinlashdi. "Atalanta" esa shu ruhda davom etsa, evrokuboklarsiz qolishi hech gap emas.


"Speciya" kutilmaganda "Inter"ni mag'lub etdi 

O'yin startida "Speciya" hujum qilishga etibor qaratdi, ammo qarshi hujumni o'tkazib yubordi. Danilo D`Ambrizio jarima maydonchasida yiqitildi. Nuqtaga Lautaro yaqinlashdi, biroq ko'nglidagidek zarba bera olmadi va Drongovski to'pni qaytarishga erishdi. O'yin ancha tinchlandi va vaziyatlar deyarli yuzaga kelmasdi. Faqatgina Mxitaryanning epizodini yodga olish mumkin. Bo'lim oxiriga yaqin Agudello qanotdan oldinga o'tib, to'pni Xandanovichning ustidan tashlab qo'yishga urinib ko'rdi, ammo ustun golga yo'l qo'ymadi. Biroz o'tib, Lautaro bu jarima maydonchasidan narigisigacha etib borib, zarba berdi — Drongovski o'z o'rnida.

Ikkinchi bo'lim avvalida Darmianning uzatmaisdan keyin Lautaro golini urdi. Biroq hakam sal avval Barella o'yindan tashqari holatda bo'lganini payqab qoldi va golni bekor qildi. "Speciya" esa barcha qoidalarga mos ravishda gol ura oldi. Uzoq masofaga uzatmadan keyin Nzola ikki himoyachi bilan kurashda faol qatnashdi va to'pni SHomurodovning o'rniga tushgan Daniele Maldiniga tashladi, italiyalik futbolchi nozik zarba bilan to'pni darvoza burchagiga yo'lladi. "Inter" bosimni kuchaytirdi, lekin bu naf bermasdi. SHu pallada hakam "Speciya" darvozasiga yana bir bor penalti belgiladi. Bu safar Lukaku zarba berishga qaror qildi va bu ishni argentinalik hamkasbidan samaraliroq bajardi. "Inter" o'yinni yutib ketish uchun shasht bilan hujumga o'tdi, lekin o'z darvozasiga penalti belgilanishiga sababchi bo'ldi. Safga qaytib, gollar urayotgan Nzola assist yoniga gol ham qo'shib qo'ydi. Qolgan vaqt davomida "Inter" hech bo'lmasa durang qayd etish uchun harakat qildi, Lautaroda imkoniyatlar bo'ldi, ammo hisob boshqa o'zgarmadi. "Inter" yana mehmonda ishonchsiz o'yin o'tkazdi, "Speciya"ni esa tabriklasak arziydi.


Quvnoq bahsda "Yuventus" "Sampdoriya»dan ustun keldi

"Keksa sinora" darhol hujumga tashlandi va ko'p o'tmay, natijaga erishdi. Kostichning burchak zarbasidan keyin Bremer havodagi kurashda ustun keldi va boshi bilan to'pni darvozaga aniq yo'lladi. Standartlar bu mavsum "Yuventus"ning yaxshi bir quroliga aylanib qoldi. Yana 10 daqiqa o'tib, Miretti jarima zarbasini ajoyib ijro etdi, Rabo esa boshi bilan gol urib, nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Bir qarashda mehmonlar uchun ana shu pallada o'yin yakunlangan, natija hal edi. Ammo "Sampdoriya"ning rejalari boshqacharoq edi. "Yuventus" jarima maydonchasidagi talato'pda Audjello omadliroq chiqdi va uzoq burchakka aniq zarba berdi. Oradan bir daqiqa o'tib, Zanoli qanotdan katta tezlikda oldinga o'tdi va to'pni Jurichichga etkazdi, Filip esa birgina harakat bilan muvozanatni tikladi. Tanaffusgacha hisob boshqa o'zgarmadi. 

Tanaffusdan keyin esa Rabo-Fajoli juftligi ish berdi. Aynan shu ikki futbolchining kombinaciyasidan keyin Rabo qulay nuqtaga chiqib bordi va uzoq burchakka zarba yo'lladi. Bir daqiqa o'tib, "Sampdoriya" darvozasi tomon penalti belgilandi, to'p oldiga Vlaxovich yaqinlashdi. Biroq Dushanning zarbasidan keyin to'p ustunga tegib qaytdi. Hisobda oldinda bo'lishiga qaramay, "Yuventus" to'xtash haqida o'ylamasdi. Kuadrado uzoq masofadan yaxshi zarba berdi, ammo yana — ustun. O'yin so'ngida esa "keksa sinora" yana bitta gol urishga baribir erishdi. Kostichning uzatmasidan keyin Fajoli boshi bilan bergan zarbasini darvozabon qaytardi, Sule esa takroriy urinishda uni to'rga yo'lladi.


"Milan" "Salernitana" bilan durang o'ynadi

"Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin "Milan" yaxshi kayfiyatda bo'lsada, charchoq sezilib turardi. O'yin startida Pioli jamoasi ayniqsa passiv edi. Birinchi xavfli vaziyat 27-daqiqadagina yuzaga keldi. Jiru burchak zarbasidan keiyn akrobatik usulda zarba berdi. Ko'p o'tmay, "Salernitana"da imkoniyat bo'ldi. Kastanos vaziyatdan foydalana olmadi. Yana bir vaziyatda "Milan" qarshi hujumni o'tkazib yuborishi ham mumkin edi, Bulae Dia Menyan bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo kiper ishonchli harakat qilib, to'pni hujumchi oyoqlari ostidan tepib yubordi. Bo'lim oxirida Leao aylanma zarbasidan keyin Ochoa ham yordam berolmasdi, lekin to'p ustunga tegib qaytdi.

Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilan esa "Milan" o'z golini urishga erishdi. Benasserning burchak zarbasidan keyin Jiru boshi bilan to'pni darvozaga yo'llash imkonini topdi. Birozdan so'ng yana Benasserning uzatmasidan keyin Leao gol urishi mumkin edi, lekin to'p ustun yonidan o'tib ketdi. Autsayderning hujumi esa aniqroq chiqdi. Brdarich qanotdan to'pni kuchli tarzda uzatdi, yolg'iz qolib ketgan Dia esa imkoniyatni ko'kka sovurmadi. Vaziyatni qutqarish uchun Zlatan jangga tashlandi. Oradan bir necha daqiqa o'tar-o'tmas, Ibrada bunga yaxshi imkoniyat ham bo'lgandek edi. Jarima maydonchasida Benasser yiqilgach, hakam avvaliga nuqtaga ishora qildi, biroq takroriy lavhani ko'rib, qarorini o'zgartirdi. "Milan" katta kuch bilan "Salernitana" darvoza tomon yo'l izlardi va imkoniyatlarga ham ega bo'ldi, biroq tablodagi hisobni o'zgartirishning iloji bo'lmadi. Aynan shunday uchrashuvlarga nisbatan "jangovar durang" iborasi mos tushadi, nazarimizda. 

SHuningdek, "Bolonya" va "Lacio" durang o'ynashdi, "Udineze" "Empoli"ni, "Fiorentina" esa "Kremoneze"ni taslim etdi.


Sergey Rumyancev

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика