A Seriya klubi Agueroni nishonga oldi

Alisher
6 mar 2021, 11:38
Mavsum so'nggida "Manchester Siti" bilan shartnomasi yakunlanadigan forvard Serxio Aguero Italiya A Seriyasiga yo'l olishi mumkin.

32 yoshli argentinalik futbolchining xizmatlariga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Keksa sinora" Aguero portugaliyalik Krishtianu Ronaldu bilan ajoyib juftlik bo'ladi deb hisoblamoqda.

Serxio "Manchester Siti"da 2011 yilning yozida beri o'ynaydi. Forvard joriy mavsum APL doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal