A Seriya ishtirokchilari soni o'zgarishi mumkin
09 jan 21:21
Yangiliklar
A Seriya ishtirokchilari soni o'zgarishi mumkin
A Seriya klublari vakillari liga prezidenti Lorenco Kazini bilan uchrashuv o'tkazdi.
"La Gazetta dello Sport" xabariga ko'ra, tomonlar A Seriyadagi ishtirokchilar sonini 20tadan 18taga kamaytirishni muhokama qilib ko'rishdi. Bu tashabbusni asosan Italiyaning top-klublari ko'tarib chiqishgan. CHunki ECHL formati o'zgarishi sababli milliy chempionat taqvimi bilan barchasi tig'izlashib ketishi mumkin.
Hozircha tomonlar bir qarorga kelishmagan. Ayrim klublar bu orqali o'z foydalari kamayib ketishi havfini o'ylashgan. Ligadagi jamoalar soni kamayishi uchun 14 ovoz kerak bo'ladi.
Fikrlar