A Seriya. Lautaro penaltini noaniq amalga oshirgan, 2ta qizil ko'rsatilgan Milandagi o'yinda “Inter” mag'lubiyatga uchradi
05 iyu 2020 22:24
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/579108_original.jpg)
![](/upload/storage/579108_220.jpg)
A Seriya. Lautaro penaltini noaniq amalga oshirgan, 2ta qizil ko'rsatilgan Milandagi o'yinda “Inter” mag'lubiyatga uchradi
Bellashuvda hisob “Inter” forvardi Romelu Lukaku tomonidan ochilganiga qaramay, yakunda g'alaba mehmonlarga nasib etdi.
2-taym boshida “Bolonya” azosi Roberto Soriano raqibga qo'pollik ishlatgani uchun qizil olib, maydonni tark etdi. 62-daqiqada Lautaro Martines mehmonlar darvozasiga belgilangan penaltini noaniq amalga oshirdi. Bo'lim o'rtalarida esa Musa Juvara aniq zarbasi bilan o'rtadagi muvozanatni tikladi. Mazkur goldan biroz o'tib “neradzurrilar” himoyachisi Alessandro Bastoni ikkinchi sariqni oldi va o'yinni erta yakunladi.
80-daqiqada Musa Barrou Samir Xandanovichni ojiz qoldirib, bahsga yakuniy nuqtani qo'ydi – 2:1.
Inter – Bolonya 1:2 (1:0, 0:2)
«Juzeppe Meacca (San-Siro)»
Gollar: 1:0 – 22 Lukaku, 1:1 – 74 Djuvara, 1:2 – 80 Barrou.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Bastoni, de Vrey, Yang (Biragi, 85), Kandreva, Brozovich (Valero, 88), Galyardini (Vesino, 88), Eriksen (Sanches, 75), Martines (Espozito, 85), Lukaku.
Bolonya – Skorupski, Larangeyra, Densvil, Tomiyasu (Bani, 65), Deyks, Sxauten, Dominges (Baldursson, 88), Orsolini (Palasio, 65), Soriano, Sansone (Djuvara, 65), Barrou (Svanberg, 85).
Ogohlantirishlar: Larangeyra (15), Bastoni (41), Palasio (78), Djuvara (79), D`Ambrozio (90).
CHetlatishlar: Soriano (57), Bastoni (77).
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar