So’nggi yangiliklar

11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  0 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  3 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  6 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  14 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  3 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  1 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  3 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2

A Seriya. Ikki kishi kam bo'lib qolgan "Roma" "Milan"ga yutqazdi Yangiliklar

A Seriya. Ikki kishi kam bo'lib qolgan "Roma" "Milan"ga yutqazdi

Teglar :  MilanRoma
Italiya chempionati 20-turi doirasidagi "Milan" – "Roma" uchrashuvi yakunlandi.

Milan – Roma 3:1

22.30, «San-Siro»

Gol: 1:0 – 8, penalti Jiru, 2:0 – 17 Junior Messias, 2:1 – 40 Abraxam, 3:1 – 82 Rafael Leau.

Milan – Menyan, Florenci (Konti, 78), Gabbiya, Kalulu, Ernandes, Krunich (Bakayoko, 64), Salemakers (Rafael Leau, 64), Tonali, Jiru (Ibragimovich, 77), Braim Dias (Maldini, 88), Junior Messias.

Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Smolling, Manchini, Rojer, Vinya (Kristante, 71), Mxitaryan, Veretu (Afena-Gyan, 71), Pellegrini (El-SHaaravi, 71), Dzanolo (Karles Peres, 85), Abraxam (SHomurodov, 76).

Ogohlantirishlar: Abraxam (7), Dzanolo (18), Karsdorp (44), Ernandes (44), Krunich (56), Kristante (85).

CHetlatishlar: Karsdorp (74), Manchini (90).


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. "Milan" navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.

90+4. UXX! Patrisiu penaltini qaytardi! Ibragimovichning zarbasini portugaliyalik posbon bartaraf etdi.

90+3. Leau penalti ishladi. Manchini qizil kartochka oldi. "Milan" hujumchisi Manchinini ajoyib tarzda dog'da qoldirib, jarima maydoniga kirib bordi va yiqitildi.

90+2. Armaniyatonlik futbolchining uzatmasi hech kimga tegmasdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

90+1. Mxitaryanga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Rimliklarda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. Disa o'rniga Maldini o'yinga qo'shildi.

85. Karlos Peres Zanioloni almashtirdi.

85. Kristante hakam bilan tortishgani uchun ogohlantirildi.

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! "Milan" o'yin taqdirini deyarli hal qilmoqda. Darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Rafael Leau to'pni Patrisiu ustidan oshirib zarba yo'lladi hamda oradagi farqni oshirdi.

80. Afena-Gyan ko'proq to'pni oldirib qo'yish bilan yodda qolmoqda.

79. SHomurodov boshlagan hujum yakuniga etmay qoldi.

77. "Milan"da o'zgarishlar: Zlatan Jiru o'rniga, Konti Florenci o'rniga maydonga tushdi.

76. O'zgarish: Nihoyat, SHomurodov o'yinga qo'shildi. O'zbekistonlik hujumchi Abraxamni almashtirdi.

75. ZAAAAARBA! Florencining jarima zarbasi darvoza to'siniga tegib, maydonga qaytdi.

74. Ko'rishguncha, Karsdorp! "Roma" himoyachisi ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etmoqda.

71. "Roma"da uchta o'zgarish, ammo SHomurodov maydonga tushganlar orasida yo'q

69. Karsdorp Teoni burchakka yaqin nuqtada maydonga ag'dardi. Standart vaziyat yuzaga keldi.

68. Messias ham o'z omadini sinab ko'rdi.

67. ZARBA! Jiruning chap qanotdan uzatmasini Dias ko'kka sovurdi.

64. "Milan"da o'zgarishlar: Bakoyoko Krunich o'rniga, Rafael Leau esa Salemakers o'rniga maydonga tushdi.

62. ZARBA! Burchak zarbasidan qaytgan to'pga Mxitaryan chap oyoqda kuchli zarba berdi, posbonning qaytargan to'piga Ibanes yana zarba berdi, Menyan yana qaytardi, biroq Rojer o'yindan tashqari holatda ekani qayd etildi.

61. Pelligrining zarbasi raqib himoyachisiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Burchak zarbasi.

59. Abraxam Mxitaryanning uzatmasini o'ziga to'g'rilab olib, zarba yo'lladi, Menyan o'z hisobiga yana bitta seyv yozib qo'ydi.

59. Tonali boshlagan hujumni hakam "qaytardi".

58. Standrt vaziyat muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

56. Pelligrini maydon markazida yiqitildi. Krunich hujumni to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.

53. "Milan" burchak zarbasi ishlab oldi, biroq standart vaziyat bartaraf etildi.

51. ZARBA! Diasning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Patrisiu to'pga kechikkandi.

Smollingning "bosh"i

49. Mehmonlar yazshi kombinacion hujum tashkillashtirishgandi. Biroq to'p  yakunda Menyanning qo'llariga borib tushdi.

48. Zaniolo chap qanotdan ochilib borayotgan sherigiga to'pni aniq etkaza olmadi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Kulrang kiyim, sochlarim,

Gol uring shogirdlarim...

Birinchi bo'lim yakunlandi. Ikkinchi bo'limda jamoalar asablarini jilovlab maydonga tushmasa, rang-barang kartochkalar guvohi bo'lishda davom etishimiz mumkin.

45+4. Zaniolo raqib jarima maydonida yiqitildi, biroq bu penaltiga arzigulik yiqilish emasdi.

45+3. "Qizillar" murabbiylar shtabidagi kimgadir qizil qartochka ko'rsatildi.

45+1. Yana "razbor" boshlandi. Hakam boks keyinroq, hozir futbol o'ynaylik demoqda. Karsdorp labalarimda qonning tami bor, deya nola bildirmoqda. 

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

44. Ikkala jamoa o'rtasida tortishuv yuzaga keldi. Hakam qorbobodan qolgan sariq qog'ozli sovg'asini tayyorlamoqda. Karsdorp siylanganlardan biri, ikkinchisi Teo.

40. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Burchakdan qatgan to'pga "Roma" futbolchisiga zarba berdi, to'p yo'l-yo'lakay Abraxamga tegib, darvoza to'ridan o'rin oldi. Intriga qaytdi. 

40. Zanioloning uzxatma aralash zarbasini Menyan amallab qaytardi.

38. "Messiasdan bor alamim manim" — Vinya

36. Rimliklar bugun faqat qoida buzishni qoyillatmoqda.

34. Veretuni yig'latishdi. Futbolchi tibbiy yordamga muhtoj. Hozir mehmonlarda alamzada bo'lmagan o'yinchining o'zi yo'q bo'lsa kerak.

30. Teoning hamma zarbasi ham penalti ishlayvermaydi.

29. Yana zarba, yana "Milan", yana Messias, faqat yana gol emas.

26. Jiru hisobni yirik ko'rinishga olib kelishi mumkin edi. Uning chap oyoda yo'llagan kuchli zarbasiga mehmonlar himoyachilari to'sqinlik qilishdi.

22. G'alaba qozonayotganiga qaramay, hujumda hamon milanliklar. 

18. Zaniolo hozirgina gol urgan Messiasni yiqitgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

17. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!!! "Roma" himoyachisining "sovg'a"sidan so'ng Jiru to'pni egallab olib, Ruini aldab o'tib, zarba yo'lladi, darvoza ustuniga tegib qaytgan to'pni Messias xotirjam raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

15. Florenci olisdan mashg'ulotdagi zarbasini sinab ko'rdi, Patrisiu ham mashg'ulotlarda yaxshi tayyorlanganini namoyish qildi.

14. "Roma" xavfli hujum tashkillashtirdi. Mxitaryan o'ng qanotdan ochildi hamda ikchariga to'pni uzatdi, ammo uning pasini "Milan" posboni "o'qidi".

11. Teoning zarbasi uchun rimliklar alamini olishdi. Francuz belini ushlab yotibdi. 

10. Karsdorpning o'ng qanotdan uzatmasini mezbon himoyachilar bartaraf etishdi.

8. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! Jiruning zarbasini Patrisiu topa olmadi, milanliklar tezkor gol urmoqda. 

6. Abraxam ogohlantirildi.

5. Hakam "Roma" darvozasiga penalti belgilashi mumkin. U VARdan vaziyatni ko'rmoqda. Ha, penalti. Teoning zarbasiga Abraxam qo'llarini cho'zgandi.

4. ZARBA! Burchak zarbasidan qaytgan to'pga Teo chap oyoqda kuchli zarba berdi, Ruidan dastlabki seyv!

3. Hujumni Smolling qaytardi, qaytgan to'pga berilgan zarba rekashet orqali maydonni tark etdi.

3. Mxitaryan Diasni yiqitdi. Mezbonlarda standart vaziyat yuzaga keldi.

2. "Milan"ning hujumi samarasiz yakunlandi. Milanliklar bir-birini tushunmay qolishdi.

1. Pelligrini Tonaliga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

Bugun milanliklar qizil, rimliklar esa to'q sariq rangli libosda o'ynaydi.

1. Uchrashuvni "Roma" futbolchilari boshlab berishdi.

Ayni damda kuchli sakkizlik quyidagicha ko'rinish olgan

Jamoalar o'rtasidagi oxirgi 20 o'yinda tenglik qayd etilgan — ikkala jamoada 7 tadan g'alaba hamda 6 durang.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Yaqin ikki soat davomida Italiya futbolining qiziqarli bahslaridan birining guvohiga aylanamiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика