So’nggi yangiliklar

07:58"Челси" ва "Арсенал" 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 07:32"Валенсия" Ансу Фатини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 07:05Антони Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 02:59Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Хетафе"ни мағлуб эта олмади  80 02:41А Серия. Лукакунинг 78-дақиқада урган голи "Наполи"га "Аталанта"га қарши Бергамодаги ўйинда ғалабани тақдим этди  2 01:20Деле Алли А Серия клубига ўтади  0 00:55Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Боруссия Мёнхенгладбах"га 3та гол урди  0 00:33АПЛ. Салибасиз "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди  13 00:04А Серия. "Ювентус" "Милан"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўринга кўтарилиб олди  3 23:40Расман: "Қизилқум" "Насаф" собиқ легионерини трансфер қилди  6 23:29Лига 1. ПСЖ Ҳусановсиз қолган "Ланс" устидан иродали ғалабага эришди  4 23:10Бундеслига. "Бавария" ва "Вольфсбург" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, "Лейпциг" камбэк сабаб ғалабани қўлдан чиқарди  1 22:39Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Россия жамоаси билан дуранг ўйнади  2 22:22Ла Лига. Гризманн 90-дақиқада пенальтидан фойдалана олмади ва "Атлетико" "Леганес"га мағлуб бўлди, жамоа бунгача барча мусобақаларда 15та ўйинда ғалаба қозонганди  23 22:16АПЛ. "Ливерпуль" Нуньеснинг 90+1 ва 90+3 дақиқадаги голлари эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  18

"8+3". O'zbekiston MTJni boshqargan eng kuchli murabbiy - Bob Xougton (17-son) Yangiliklar

"8+3". O'zbekiston MTJni boshqargan eng kuchli murabbiy - Bob Xougton (17-son)

Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

Bu gal Toshkentning "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati rahbari, jurnalist Furqatbek Nishonov bilan suhbatlashdik. U kishiga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik. 

- Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- Lionel Messi. Agar boshqalarni ham qo'shish imkoniyati bo'lsa, "so'yloq" Ronaldo tarixdagi eng sof hujumchi. Zidan ajoyib yarim himoyachi. 

- Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- Qaysidir golni ajratib o'ta olmasam kerak. Sababi, yillar davomida chiroyli gollar ko'p bo'ladi. Bir vaqtlar Ronaldinoni jarima maydoni chizig'i ustidan "CHelsi"ga urgan golini ko'rib mazza qilganman. Ibrohimovichni adashmasam milliy terma jamoada akrobatik uslubda uzoq masofadan urgan goli. Qisqasi, chiroyli gollar ko'p.

- Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim? 

- Zlatan Ibrohimovich. Xarakteri qanday ekanligini intervyulari orqali bilish mumkin. So'zlariga mos o'yinini shu yoshida ham kuchli beshlikda gollar urayotgani bilan isbotlamoqda. Kimdir faqat maqtanadi, amalda hech narsa yo'q, Zlatanda unisi ham bunisi ham bor.

- O'zbekiston terma jamoasini boshqargan eng kuchli murabbiy kim?

- Bilmadim. Lekin, Bob Xougton murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasini aytishim mumkin. Uning davrida  Quvaytni “Paxtakor” stadionida irodali tarzda mag'lub etgan o'yini xotiramda juda yaxshi qolgan.

- O'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxs kim?

- Omadsiz shaxs emas, omadsiz futbolchilar deylik. Xususan, o'smirlar yoshlar terma jamoalari bilan osiyo va jahon chempionatiga chiqqan, lekin katta futbolga o'tib keta olmagan erta so'nggan yulduzchalarimiz. 

Aytgancha, shu erda bir qo'shimcha, omadsizlar qatoriga oldinga Oliy Ligada, hozirgi Superligada muntazam qatnashishni xohlab, astoydil harakat qilsada, quyiga ravona bo'lgan yoki umuman yopilib ketgan xususiy klublar – “Obod”, “Turon”, “Andijon”ni, aniqrog'i, ularni boshqarib, rostkamiga mehnat qilgan insonlar omadsiz bo'lsa kerak. CHunki, chin dildan harakat qilishyapti, katta pullar sarflashyapti, tarkibga yaxshi o'yinchilarni jalb qilishyapti, ammo Superligada bir yildan ortiq o'ynay olishmayapti. Haqiqiy omadsizlik shu bo'lsa kerak, yana bilmadim.

- Sizningcha, bugun o'zbek futbolining qaysi jihatlari tanqidga loyiq?

- Fikrimcha, birlashmaslik. Kimdir bolalar futboli deydi, kimdir kuchli chempionat deydi, kimdir akademiya deydi, boshqasida yana umuman boshqa muammo. Lekin, so'nggi 2-3 yilda bu holat ancha epaqaga keldi. Aslida bunaqa vaziyatda to'g'ri tizim ishlasa, o'z-o'zidan birlashish paydo bo'ladi. O'zbek futbolini to'liq qamrab oladigan tizim bo'lishi kerak. Bolalar futbolidan tortib, professionallargacha. Hamma muammolarni qamrab oladigan tizim ishlab chiqilsa, o'z-o'zidan hamma birlashadi, hamma o'z ishini qiladi va albatta rivojlanish bo'ladi. 

Bu yil "Bunyodkor" o'rinbosarlari o'z maydonida bir jamoani qabul qildi va mag'lubiyatga uchratdi. O'yindan keyin raqib murabbiyi FIFA kunlari munosabati bilan futbolchilarga deyarli ikki haftalik tanaffus elon qilyapti. "Bunyodkor" ustozi uch kun. Hayron bo'ldim. "Bunyodkor" ustozidan so'radim, raqib qolgan muddat ichida navbatdagi uchrashuvga futbolchilarni tayyorlay oladi, deb so'rasam, iloji yo'q, o'yinchilar ritmdan chiqib ketadi, dedi. SHunda bir fikr keldi, raqib jamoaga o'rinbosarlar tarkibi qiziqmas, yana bilmadim, bu taxmin. O'rinbosarlar asosiy tarkibga o'yinchi tarbiyalab beradigan jamoa, "Bunyodkor"da xuddi shunday. Yuqoridagi vaziyatda qanday qilib o'yinchi etkazib berish mumkin? 

- Siz bevosita stadiondan kuzatgan eng oxirgi o'yin?

- Superliganing so'nggi turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Paxtakor" bahsi. Qolaversa, Toshkent shahar Bolalar ligasidagi o'yinlarni ham kuzatib boraman. Aniqrog'i, “Bunyodkor” jamoalari ishtirokidagi bahslarni. Xususan, "Bunyodkor-2005" jamoasini Toshkent shahar Kubogidagi yarim final – "Lokomotiv"ga qarshi o'yinini tomosha qildim. Bu bahs 3 dekabr kuni bo'lib o'tdi. "Bunyodkor-2005" finalga chiqqan. 6 dekabr kuni "Jar" o'yingohida bo'ladigan finalni ham tomosha qilsam kerak.

- O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering.

- SHu savolni ochiq qoldiraman. 

- Hayotdagi kumiringiz kim?

Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam. 

- O'zingizga yoqmagan tarafingiz qaysilar? Kamchiliklaringiz...

- Qiladigan ishimni ortga surishim eng katta kamchiligim bo'lsa kerak.

- Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

- 2004 yil O'zMUga talabalikka qabul qilinib, shu erdagi kursdoshlarim bilan tanishish, xususan, qiyomatli do'stim Anvarni tanish. Universitetdagi kursdoshlarim va Anvar og'aynimni tanish sababli hayotimda ko'p narsa o'zgargan. Xalqimiz tili bilan aytganda oq va qorani taniganman. Aniqrog'i, halol bilan haromni farqiga boradigan insonga aylanganman.

"8+3". O'zbek futbolidagi eng omadsiz shaxs kim? (16-son)
"8+3". Abror Imomxo'jaev — Messi, Maradona va Mirjalol Qosimov haqida (15-son)
"8+3". "Terma jamoa hech qachon kuchli bo'lmagan, eng yaxshi murabbiy esa Rauf aka..." (14-son)
"8+3". "Men tanqidchi emasman, juda ham injiqman" (13-son)
"8+3". O'zbekiston terma jamoasini hech qachon kuchli murabbiy boshqarmagan (12-son)

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика