So’nggi yangiliklar

19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  5 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2

"8+3". "Men tanqidchi emasman, juda ham injiqman" (13-son) Yangiliklar

"8+3". "Men tanqidchi emasman, juda ham injiqman" (13-son)

Championat.asia'da "8+3" rukni davom etadi.

Bu gal Toshkentning "Bunyodkor" klubi etakchilaridan biri Nurillo To'xtasinov bilan suhbatlashdik. Unga futbolga oid 8, futboldan tashqari 3ta savol bilan murojaat qildik. 

1. Siz o'yinlarini bevosita kuzatgan eng kuchli futbolchi kim?

- O'ylashimcha, Krishtianu Ronaldu bo'lsa kerak. 

2. Siz ko'rgan eng chiroyli gol qaysi?

- Lionel Messining Alisson darvozasiga jarima zarbasidan kiritgan to'pini unutib bo'lmaydi.


3. Futbol olamida boshqalardan mutlaq ajralib turadigan shaxs kim? (masalan, xarakter yoki etibori bilan)

- Yana Krishtianuni aytaman. Uning professionalligi havas qilishga arziydi.

4. O'zbekiston terma jamoasini boshqargan eng kuchli murabbiy kim?

- Barcha murabbiylarning o'zigan yarasha ijobiy va salbiy tomonlari bor edi. Aynan bittasini ajratib ko'rsatolmayman.

5. Nechanchi yillardagi terma jamoamiz barcha davrlarning eng kuchlisi edi?

- ...

6. Sizningcha, bugun o'zbek futbolining qaysi jihatlari tanqidga loyiq?

- Har sohada kamchiliklar etarlicha. Lekin tanqid qilish mening ishim emas. Men maydonda o'zimni ko'rsatsam bo'lgani.

7. Ayollar va futbol. Bunga qanday qaraysiz?

- To'g'ri qarayman. Barcha o'z qiziqishlarini amalga oshirishga haqli. So'nggi yillarda bu borada oldinga qadam tashlanganini ham alohida takidlash kerak.

8. O'zingiz o'yinlarini kuzatgan futbolchilar orasidan ramziy jamoa tuzib bering.

- Tibo Kurtua, Dani Karvaxal, Serxio Ramos, Karles Puyol, Marselo, Xavi, Inesta, Odil Ahmedov, Leo Messi, Krishtianu Ronaldu, Zlatan Ibrohimovich.

9. Hayotdagi kumiringiz kim?

- Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v)ni yaxshi ko'raman.

10. O'zingizga yoqmagan tarafingiz qaysilar? Kamchiliklaringiz...

- Juda ham injiqman. Bu boshqalargayam yoqmasa kerak.

11. Hayotingizning burilish nuqtasi sifatida qaysi voqeani eslaysiz?

- Birinchi marta to'p tepgan kunim bo'lsa kerak. Futbol o'ynab ketolmaganimda hozir barchasi boshqacha bo'lardi.

"8+3". O'zbekiston terma jamoasini hech qachon kuchli murabbiy boshqarmagan (12-son)

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика