8:1 - "Siti"ning sharmandali mag'lubiyatiga 13 yil to'ldi
11 may 2021 14:37
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636322_original.jpg)
![](/upload/storage/636322_220.jpg)
8:1 - "Siti"ning sharmandali mag'lubiyatiga 13 yil to'ldi
"Manchester Siti" 30 may kuni ECHL finalida o'ynaydi.
"SHaharliklar" ayni paytda jahonning eng kuchli jamoalaridan biri. Ammo, hamma vaqt bunday bo'lmagan. Klub arab investorlari qo'liga o'tishidan oldin evrokuboklar yo'llanmasi uchun kurashishga ham qiynalardi. Jamoa tarixida oq sahifalar boshlanishidan oldin bir qator uyatli mag'lubiyatlar ham bo'lgan. SHunday o'yinlardan biri bundan roppa-rosa 13 yil oldin o'tgan edi.
2008 yilning 11 mayida "Midlsbro" maydonida mehmon bo'lgan Sven Yoran-Eriksson "Siti"si 1:8 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Hisobning bu qadar yiriklashib ketishiga "shaharliklar" himoyachisi Richard Danning 15-daqiqada maydondan chetlatilishi sabab bo'lgan. Quyidagi videolavhada o'sha uchrashuvda urilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar