8 iyun kuni “Neftchi” - “Neftchi” o'yini bo'ladi
30 may 2018 18:09
Yangiliklar


8 iyun kuni “Neftchi” - “Neftchi” o'yini bo'ladi
Yon qo'shnilar bilan iliq munosabatlarni davom ettirish yo'lida 8 iyun kuni Qo'chqorotaning “Neftchi” klubiga qarshi Farg'onaning “Neftchi” klubi saf tortadi.
O'rtoqlik uchrashuvi har ikki mamlakat Professional futbol ligalarining o'zaro kelishuvi asosida tashkil etiladi.
8 iyun kungi bellashuvga Qirg'izistonning Jalolobod shahri mezbonlik qiladi. O'yin mahalliy vaqt bilan 17:00 da start oladi.
Sir emaski, 7 iyun kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadi. SHundan kelib chiqib, Superliganing 14-turi Jahon CHempionatidan keyinga qoldirilgandi. Demak, 8 iyun kungi uchrashuv “Neftchi”ning chempionatdagi ishtirokiga tasir qilmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar