8 iyun kuni “Neftchi” - “Neftchi” o'yini bo'ladi

Narzulla Saydullayev
30 may 2018
Yon qo'shnilar bilan iliq munosabatlarni davom ettirish yo'lida 8 iyun kuni Qo'chqorotaning “Neftchi” klubiga qarshi Farg'onaning “Neftchi” klubi saf tortadi.

O'rtoqlik uchrashuvi har ikki mamlakat Professional futbol ligalarining o'zaro kelishuvi asosida tashkil etiladi.

8 iyun kungi bellashuvga Qirg'izistonning Jalolobod shahri mezbonlik qiladi. O'yin mahalliy vaqt bilan 17:00 da start oladi.

Sir emaski, 7 iyun kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadi. Shundan kelib chiqib, Superliganing 14-turi Jahon Chempionatidan keyinga qoldirilgandi. Demak, 8 iyun kungi uchrashuv “Neftchi”ning chempionatdagi ishtirokiga ta’sir qilmaydi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz