"Neftchi" Turkiya yig'inini yakunladi

Iskandarov Abdulaziz
24 iyun 2026, 11:00
Farg'onaning "Neftchi" jamoasi Jahon chempionati munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishga harakat qildi.

Islom Ismoilov ustozligidagi jamoa 9 iyundan 24 iyungacha Turkiyaning Antaliya shahrida kichik o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bordi. Bu vaqt mobaynida ikki marotaba o'zaro ikkiga bo'lingan holda nazorat uchrashuvi ham tashkil qilindi.

Endilikda “Neftchi” 27 iyun sanasidan Farg'onada tayyorgarlikni davom ettiradi. Rejaga ko'ra, jamoa 8 iyul kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida amaldagi mamlakat chempioni - “Zenit” jamoasiga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати