So’nggi yangiliklar

14:27ПРО-Лига. "Бухоро" - "Арал": Асосий таркиблар маълум!  0 14:15Эшитдик-да! Усмон Тошев ЎФАни тарк этди  1 14:05Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди  0 13:47Арихиро Сентоку: "ОКМК билан мавсум якунида тарих яратамиз"   0 13:20ОКМК Тошкентда "Пахтакор"ни мағлуб этган учрашувдан галерея  1 13:03Сардор Рашидов учун мавсум тугади   3 12:45ЎзФҲМ нимани яширмоқда? Асимов, Норсафаров ва бошқа ҳакамлар қаерда?  3 12:08"Милан" Меньян ва Эрнандес билан шартномаларни узайтириш устида ишламоқда  0 11:40FIFA.COM: "Аббос Файзуллаев кичик бўйли эканига қарамай, ажойиб техник хусусиятларга эга"  15 11:28"Реал" Дэвис трансферига шубҳа қилмаяпти  1 10:42Гвардиола нима учун «Манчестер Сити»да қолишга қарор қилганини тушунтириб берди  9 10:06Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум  2 09:30Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда  13 08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  1 08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  7

"5 yil oldin Abidjanda tamaki sotayotgandim. Hozir esa "Manchester Yunayted"daman" Yangiliklar

"5 yil oldin Abidjanda tamaki sotayotgandim. Hozir esa "Manchester Yunayted"daman"

2010 yilda Burkina-Fasoga uchganman. Bu mening hayotimdagi eng qo'rqinchli davr edi.

3 yil oldin, 13 yoshimda futbolchi bo'lish maqsadida maktabni tashlaganman. Agarda Siz Abidjandagi kichik bir uyda o'tirib, to'kin hayot, issiq to'shak, dasturxondagi nozu-nematlarni orzu qilsangiz, oldingizda faqatgina bir yo'l bo'ladi: talim olish, kuchli kadr bo'lish va yaxshi pul topish. Men esa boshqa yo'lni tanladim, otam esa bunga qarshilik qilgandilar.

Endi esa meni Burkina-Fasodagi turnirga taklif qilishdi, u erga Evropadan skautlar ham kelishadi. Bu professionallikka erishish uchun menga berilgan imkoniyat edi. Hayotimni birgina yo'l uchun tikdim, endi barchasi shunga bog'liq. Aks holda, men tamom bo'laman...

Samolyotga o'tirgan paytim, yuragimdagi qo'rquv alangalab ketdi. Axir meni futbol bilan bog'lab turadigan hech nima yo'q.

Meni turnirga taklif qilishganida, otamdan qanday qilib u erga borishni so'ragandim. U erga samolyotda borishimizni bilib, qattiq qo'rqib ketdim. Burkina-Faso davlati Kot-D'Ivuarning yonida ekan, lekin qandaydir dono-ahmoq biz o'sha metall cilindrda havoga ko'tarilib, tirik qaytishimizga umid qildi. Yurak qo'rquvga tushdi.

Hali biror marta samolyotda uchmagandim

Bortga ko'tarilganimda, asabiylasha boshladim. Samolyot xodimi kelib, xavfsizlik kamarini taqib ketdi. U buni qanday qildi? Bu erda bitta ham tugma yo'q-ku!

Atrofimdagi odamlar o'z joylarini qidirish bilan ovora edilar. Keyin esa samolyot o'zidan ovoz chiqara boshladi. Xmmm, bu tabiiy holatmi? Dvigatellar shunday ishladiki, hozir shunday kosmosga uchib ketadigandekmiz. Yonimdagi yigitga qaradim, u ham turnirga ketayotgan va menga o'xshab, ilk marta samolyotga o'tirgan ekan. U mendan ham ko'proq qo'rqayotgandi, bilmayman nimaga... U oynaning yonida o'tirgandi.

Samolyot o'z yo'liga tushib oldi. Biz ikkimiz bir-birimizga qaragan holda ichki qo'rqinchimizni yashirishga harakat qilayotgandik. O'rindiqni ko'tardim va ikkimiz ham yolg'iz qolgandek bo'ldik. O'zimga o'zim: "Men harakat qilmayapman, men harakat qilmayapman", deb ming'irlardim.

Uchishni boshladik. Qandaydir sabablarga ko'ra, qo'rquv hissi yo'qolib ketdi. O'girilib oynaga qaradim va Abidjanning yuqoridan ko'rinishini ilk bora tomosha qildim. Men sigaret va gazetalar sotib yurgan o'zimizning ko'chalarni ko'zim bilan izladim. Biroq oynadan otam bilan xayrlashgan aeroportnigina yaxshi ko'ra oldim xolos.

O'sha pallada o'g'li futbolni deb uzoq o'lkaga ketayotgan otaning ichidan nima o'tganini his qilmabman. SHuningdek, o'zim ham o'g'il sifatida nimalarni his qilganimni eslay olmayman.

Bu barchasini o'zgartirishi kerak edi.

Buni nima uchun aytib beryapman? Bilasiz, ayrim vaqtni men jarohat bilan o'tkazyapman. Aprel oyida jarohat olganimdan buyon maydonga tushganimcha yo'q. Bu juda og'ir bo'ldi. Qo'ltiqtayoqda yurishning o'zi bir mashaqqat. Hayotimda biror marta bunday operaciya qilishmagan meni. CHin dildan mehnat qila olmaysiz va tanangiz istalgan paytda sizga pand berib qo'yishi mumkinligini o'ylash juda og'ir.

Men bunga doimo tayyor bo'lganman. Jarohatlar - odam hayotining bir qismi. Futbolchining hayotida esa bu qora soya, oddiy odamlar hayotida bu kam uchraydi, bizda esa ko'p. Futbolchi sifatida o'sha jarohat menga juda og'ir botdi. Bolaligim jarohat olgan paytimdan qiyin o'tgan. Bu jarohat esa bu ergacha etib kelishimgacha bo'lgan davrni eslatdi.

Mana endi mening hayollarim Burkina-Fasoga uchishimni eslatyapti.

Siz mening "soxta" hayotimdagi barcha voqeliklarni bilasiz.

Endi esa men sizga haqiqiy, real hayotimdagi voqeliklarni aytib beraman.

Hozirgacha ham o'sha samolyotga etib borishimni mo'jizaga tenglashtiraman. Men turnirga taklif qilingan o'z davlatimdagi kam sonli futbolchilardan biri edim va bu menga futbolchilik faoliyatimni davom ettirishim uchun turtki bo'lishi kerak edi.

9 yoshimda maktabga borardim va boshqa bolalar kabi ko'chada futbol o'ynardim. SHuningdek, onam Appolinga uyda ham yordam berardim. Har doim shunday bo'lganman. O'zimdagi kuchni uyga sarflashga, uyning foydasiga ishlatishga harakat qilardim. Men, onam va akam Terri bilan birgalikda Bingervil nomli qishloqchada yashardik. Otam Dezayr va opam Anna birgalikda Abidjanga ish qidirgani ketishgandi. 

Otam ish topganida biz Abidjanga ko'chib o'tdik. U erda baxtli edik. Biroq ich-ichimdan maktabga borishni istamasdim. O'rtoqlarim bilan futbol o'ynaganimda, bundan-da ko'prog'iga qodirligimni sezardim. Professional bo'lgim kelardi. Evropaga ketgim kelardi.

Biroq Kot-D'Ivuarda buning imkoniyati juda past edi, qolaversa, hamma otalar ham bolalari maktabni tashlashini istashmasdi. Mening otam esa futbolni doim maktabdan keyingi o'ringa qo'yar, faqatgina o'qib kelib, keyinchalik futbol o'ynashim mumkin edi.

Otam maktabning boshlang'ich sinflarida o'qituvchi edi.

Xarakterli inson. Juda tartibli. Jiddiy. Eski maktabning namunaviy insoni edi. Men eng yaxshisi bo'lishimni istardi, kichkinaligimda u mendan mehnatkashlikni va tartiblilikni talab qilardi. Uyga qaytganimda esa doimo qandaydir talablarni bajarishim kerak edi. Bu asosan tozalash ishlari edi.

- Ey, Erik, koridorlarning polini yuvishda onangga yordamlash.
- Ey, Erik, mebelni tozalab qo'ydingmi?
- Ey, Erik, changlarni art!

U har kuni uyga ish bilan kelardi, o'zini divanga tashlab, televizorni yoqib, yangiliklarni tomosha qilardi. Uyda o'zining shaxsiy divani bor edi va unga boshqalarning o'tirishi taqiqlangandi! Kot-D'Ivuardagi noodatiy ota. Mebeldagi joy 2 kishiga bemalol etardi, biroq mebel faqatgina uniki edi.

Dadam ishdan kech qaytganida esa odatda o'rtoqlari bilan birga o'tirgan bo'lardi. Ular kuni bilan barcha joyni aylanishar va quyosh botganda ish tugardi. Okrugdagi barcha ishchilar o'zlarining ishi bilan shug'ullanishardi. Qizlar turli xil o'yinlarni o'ynab o'tirishardi, bolalarni to'pni tepishardi, ayollar dugonalari bilan hangomalashib, otalar odatda shashka o'ynashardi.

13 yoshimda esa kutilmagan holat ro'y berdi. Otam istasam futbolchi bo'lishimni aytdi. Oilamizda to'rtinchi farzand Artur dunyoga kelishga yaqin vaqt edi o'shanda. Otam barchamizga pul etkaza olmasligini aytishni istamadi. Maktab pulli edi, shu boisdan otam futbolchi bo'lishimni istasam, bunga harakat qilishim kerakligini malum qildi.

Bundan minnatdor bo'ldim va bu imkoniyatdan foydalanishim kerak edi. O'shanda Evropaga kelib qolishimni bilmagandim ham! SHunchaki professional futbolchi bo'lishni orzu qilardim.

SHuningdek, oilamga yordam berishni istardim.

Mashg'ulot markazidan hammasini boshladim. Ertalab 9da mashg'ulot qilardim va ovqatlanib, dam olish uchun yana uyga qaytardim. Kun yarmida uydan chiqish qiyin edi, havo issiqligidan ko'chada yurish amrimahol bo'lardi, onamga esa bu haqida indamasdim. Oradan vaqt o'tib, ko'chada olib-sotarlik qiladigan do'stlarimga qo'shildim. Uyimizda doimo ovqat bo'lardi, biroq men o'shanda uydan hech nima olmasdan, ota-onamga qattiq yordam berishni, o'g'irlangan telefon va sigaretlarni qora bozorda sotishga harakat qilardim.

Oradan kunlar o'tib, uyga qaytdim va divanda o'tirgan otamni ko'rdim.

- Ey, Erik, oshxonadagi onangga yordamlash.

O'shanda otam mening hayotimga unchalik etibor bermasdi. U Kot-D'Ivuar termasi va Dide Drogba o'ynayotgan "CHelsi"ning o'yinlarini ko'p tomosha qilar, biroq mening o'yinlarimga umuman kelmasdi.

14 yoshimda bizning jamoa turnir finaliga chiqdi. O'yinni tomosha qilgani ko'plab odamlar keldi. Yaxshi o'ynaganimdan odamlar meni maqtashayotgandi. Do'stlarimdan biri: "O'yiningni ko'rgani otang kelgandi. O'yin tugashi bilan u ketdi", - dedi.

O'sha kun kechasi uyga keldim va divandagi otam meni yoniga chaqirdi: "O'tir", - dedi u.

"Bugungi o'yiningni ko'rdim".

SHunchaki unga qaradim.

O'sha kun men maqtov eshitmadim. U menga biror marta yaxshi o'ynading deb aytmagan, tushunyapsizmi? Buni bilardim. Biroq shu kundan keyin otamning menga bo'lgan etibori o'zgardi.

Oradan 2 yil o'tib, eng yaxshi futbolchilar o'ynashi kerak bo'lgan Kot-D'Ivuar bilan Burkina-Fasodagi turnirda qatnashdik. Meni tanlab olishdi, shukurki, samolyot ham erga qo'nib oldi. Borgan kunimiz biz qachon qaytishimizni so'radim. Endi qaytish uchun ham uchish kerakligi meni qo'rqitardi.

Bunga ko'p narsalar tikilganini bilardim. Ushbu turnirga Vilyarreal, Torino, Espanol va Franciyaning bir qator klublaridan skautlar kelishini aytishdi.

Turnirni yaxshi o'tkazganimni his qilardim. 4 kunlik o'yinlardan keyin barchamiz uyimizga qaytdik va tashkilotchilar turnirning xulosalarini malum qilishdi. Ular bizga qiziqishlar bo'lsa murabbiylarga qo'ng'iroq qilishlarini malum qilishdi. Murabbiyimga kimdir qo'ng'iroq qilishiga umid bog'lab, samolyotga o'tirib, Abidjanga qaytdim.

Oradan bir necha hafta o'tdi.

O'sha vaqt davomida otam barcha o'yinlarimni tomosha qilib bordi. Rayonimizdagi barcha insonlar mening Burkina-Fasodagi turnirga borganimni eshitgandi. O'ylashimcha, otam ham o'g'lining nimalargadir erishishini taxmin qilgan.

Bir kuni opam bilan birgalikda do'kondan uyga qaytayotgandik. Uyga borsam, onam odatdagidek tushlik tayyorlash bilan band edilar. Mehmonxonadan akam yugurib chiqdi. Qiziq... Uning otamga qarashidan, xonani tozalash kerakka o'xshaydigandek ko'rindi. U hech nima demadi va kulib turdi.

Xonamga kirib ketdim va kiyimimni almashtirdim. Qaytib chiqqanimda esa otam qo'li bilan yonini ko'rsatib, meni ovqatga taklif qildi.

O'sha divanda o'tiribman, tasavvur qilyapsizmi?!

O'tirdim. Men o'tirgan joy deyarli yangi edi. Otam esa doimo bir joyda o'tirar va bu joy bir necha yillardan buyon yangiliklar va "CHelsi"ning o'yinlari sabab cho'kib qolgandi. Oshxonadan chiqqan onam yonimizga o'tirdilar. Akam esa polda. Bu xuddi oilaviy yig'ilishiga o'xshardi.

"Barchasi joyida", - dedi otam. Odatda u boshqacharoq gapirardi, bugun esa qo'lida bolg'asi bor sudyaga o'xshardi.

"Hozirgina murabbiying uyimizda bo'ldi", - deya davom etar ekan "yaqindagina ketdi, biroq biz bilan o'tirib ovqatlandi. U bizga yangiliklarni aytgani keldi".

- Qanday yangilik?
- Unga qandaydir klubdan qo'ng'iroq qilishibdi...

Asabiylasha boshladim: "Qanday klub?!"

Onam kulib qo'ydi.

- Qanday klub?! Ayting-da endi!
- "Espanol"

Divandan turib, onamni quchoqladim. Otam bilan ham. Ularning ko'zidagi yosh yuzimga tushdi. Bunga ishona olmayapman.

Hayotimdagi eng baxtli kun. Professional futbol uchun mendagi yo'l boshqacha bo'lgan. Ispaniyaga! O'sha kun uxlay olmadim, buning ilojisi yo'q edi. Otam bu yangilik uyda saqlanishini va ko'chaga chiqib ketmasligi kerakligini tayinladi. CHunki bu rayonimizda tez tarqalar va barcha joyda bayram bo'lardi. Ammo u yoqda menga qanchadir sinov muddati berilishini bilardim. O'shanda ham bunga ishona olmayotgandim.

Keyinchalik mening ketishim amalga oshmay qolishi mumkin edi.

Oradan vaqt o'tib, Kot-D'Ivuarda urush boshlandi.

So'nggi 10 yil ichida ilk marta bunga yig'inlar boshlandi. Qisqa qilib aytganda, ikki siyosatchi o'zining g'oyalarida kim g'alabaga erishganini tushunmay, munozaraga borgandi. Abidjandagi aeroport yopilgan va bu mening Ispaniyaga uchishimda, "Espanol" bilan shug'ullanishimga xalaqit qilardi.

Nahotki! Bir umrlik orzularim endi sarobga aylanadimi? Umidlar puchga chiqadimi?

Nima qilishni bilmasdim.

Tushuncham ham yo'q edi, menda yana bir imkoniyat bo'ladimi?! Lekin bu haqida o'ylash uchun vaqt kam edi. Moliyaviy inqiroz sababli eguliklar sotib olish ham qiyinlashdi. Ko'chaga chiqqanimda bir chelak suv topishim ham amri mahol bo'lib qolgandi. Ota-onam, opam, akam - barchamiz qo'rqayotgandik. Boshqa odamlar ham bizdan kam qo'rqmasdi.

Urush bir necha oy davom etdi. Urush tugaganidan keyin "Espanol" meni o'ziga chorlayotganini eshitdim. Ular meni unutmagan ekan.

Burkina-Fasoda meni ko'rishganidan 9 oy o'tib, yangi chorlovlar sari Ispaniya tomon yo'l oldim.

Juda ham minnatdor edim. Espanoldagilar meni faqatgina videodagi o'yinlarimni ko'rishgan va o'zimni ko'rishmagandi. "Nima qilamiz uni. SHuncha vaqt o'tdi. Afrikada iqtidorlar juda ko'p. Boshqasini chaqiraylik", - deyishlari mumkin edi ular.

Sinov muddati borligini bilardim. Boshida ular menga shartnoma taklif qilishmadi. Agarda bu amalga oshmasa, Burkina-Fasodagi turnirda ko'rsatgan o'yinimning hech qanday ahamiyati qolmasdi.

Evropaga ketadigan kunim butun oilam meni kuzatgani aeroportga chiqqandi. SHu sababdan o'zimni yomon his qilardim, uyimdan bunchalik uzoqda bo'lmagandim. Bu qo'shni davlat emaski, tezda etib olsang. Men minglab kilometr uzoqda bir o'zimman. Oila bilan yashagan odam uchun juda qiyin bo'ladi. Aeroportda barchamiz yig'lagandik.

O'shanda o'tgan 3 oy men uchun 3 yildek bo'ldi.

Onam meni ko'proq xavotirga solardi. U meni hali ham yosh bola deb hisoblardi. Biroq bu safar u televizor orqali Evropada sovuqligini ko'rib, meni sovqotyapti deb o'ylardi.

Abidjandagi aeroportda esa kurtkada edim. Juda kulgili...

Uchish ham ajablanarli bo'ldi. Bu Afrikaning samolyoti emasdi. "Air France", Parij, biznes-klass. SHokda edim. - Bu erga o'tir, - dedi qandaydir odam menga qarab. Kresloim yonida televizor turardi. Samolyotdagi nimanidir buzib qo'ymaslik maqsadida, uning tugmalariga tegmadim. SHunchaki uxlab ketdim.

Parijga qo'nganimda Barselonaga keyingi reys qachonligini bilishim kerak edi. O'zim bilan faqatgina ryukzak olvolgandim. CHunki yuklar bo'limiga borib, yukni kutishni istamasdim. Maqsadim - qo'nish, o'z samolyotimni topib, tezda uchib ketish!

Men o'z samolyotimni tezda topdim. Qaerga qarasam ham chiroy yoniq turardi. Mashinalar. SHovqin. Ko'chada hech kim bir-biri bilan ko'rishmasdi. Biroq sovuq! Dekabr oyi edi, Kot-D'Ivuar esa doimo issiq... Onam doimgidek haq bo'lib chiqdi.

Bunga tezroq ko'nikishim kerakligini bilardim. SHukurki, bir oy o'tib, klubdagilar meni olib qolishlarini aytishdi.

Ikkinchi oydayoq "Espanol" bilan shartnoma imzoladim.

Uddaladim. Men endi professional futbolchiman!

Kot-D'Ivuarga qaytganimda, barcha xursand edi. Oilam bilan buni nishonladik. Otam ham xursandligidan osmonlarda uchardi. U oshxonaga kirdi-da, tovuq pishirishni boshladi! Keyinchalik Ispaniyaga qaytdim va "Espanol"ning yoshlar jamoasiga borib qo'shildim.

Ilk maoshimni oilamga jo'natdim. 

O'shandan keyin barchasi tezlashib ketdi. "Espanol"ga 2011 yilda o'tgan bo'lsam, 3 yil o'tib, asosiy tarkib jamoasida debyut qildim. 18 oy davomida "Vilyarreal"da o'ynadim, keyin esa "Manchester Yunayted"ga o'tdim. Tasavvur qiling, 5 yil oldin men Abidjan ko'chalarida o'g'irlangan sigaretlar sotib yurardim. Endi esa dunyoning katta klubi uchun o'ynayapman.

Mening hayotim boshdan oyoq g'alati bo'lgan. Odamlar mening yulduzlik va mashhurligimni ko'rishadi. Instagramda 2 mlnga yaqin obunachim bor. Men o'z vatanimda mashhurman.

Bu esa soxta, qalbaki hayot.

Agarda shunday tipdagi futbolchi bo'lsang, bundan qocha olmaysan. "Manchester Yunayted" haqida gapirmayapman, ularning atrofidagi odamlar haqida umumiy so'zlayapman. Odamlar o'ziga yoqqan narsalarni gapiradi, keyinchalik ortdan tanqid qiladi. Odamlar sizni Abidjandagi sigaret sotuvchisi kabi emas, "Yunayted"ning futbolchisi sifatida ko'radi.

Bu menga yoqmaydi. Ha, "Manchester Yunayted"da o'ynyapman, ammo meni Erik deyishlarini yaxshi ko'raman. Bu Erik Bayi - "Manchester Yunayted" futbolchisi! Soxtalik!

SHunday hayotim borligidan mamnunman. Bu ergacha etib kelish uchun ko'p narsalardan voz kechganman. Mening o'yinlarimni stadiondan ko'rishlari uchun oilamni Evropaga olib kela olganimdan faxrlanaman.

Ammo kamtar bo'lib qolishni, oddiylikni yaxshi ko'raman. Onam bunga doimo o'rgatganlar. Bir kun kelib, tana qariydi, sizga bo'ysunmaydi va nafaqaga chiqishingiz kerak bo'lib qoladi. O'shanda nima qilasiz? Sizda nima qoladi?

Ana o'shanda haqiqiy, chinakam hayot boshlanadi. Hozir esa shunchaki ishimni qilyapman. Bu ham yomon emas.

Manchester bo'ylab rafiqam Venessa va o'g'lim Yoan bilan sayr qilish...

Xuan (Mata) va Pol (Pogba)ni uyga kechki ovqatga taklif qilish...

Kot-D'Ivuarga qaytib, do'stlarim, qarindoshlarim, ko'chalarda to'p tepib yurgan bolalarni, bir-biri bilan gaplashib o'tirgan ayollar, shaxmat o'ynayotgan otalarni ko'rish...

Asosiysi - oila...

Oila esa seni tashlab qo'ymaydi...

Hech qachon!

Erik Bayi, 2019 yil 26 dekabr

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика