32 yoshli Kagava faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettiradi
10 jan 2022 15:35
Yangiliklar
32 yoshli Kagava faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettiradi
"Manchester Yunayted" va Dortmundning "Borussiya" jamoasi sobiq yarim himoyachisi Sinzi Kagava "Sent-Tryuyden" o'yinchisiga aylandi.
Bu haqda Belgiya klubi sayti xabar bermoqda.
Kagava PAOK bilan shartnomani bekor qildi va "Sent-Tryuyden"ga erkin agent maqomida qo'shildi. 32 yoshli o'yinchi joriy mavsum grek jamoasi safida atigi 4ta o'yinda maydonga tushdi.
Qayd etish kerakki, Kagava "Sent-Tryuyden" tarkibida yaponiyalik ettinchi o'yinchi bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
05:25
Liga 1. PSJ - "Sent Eten" uchrashuvida Dembele ikkita gol urdi, Barkolyaning goli hisobga olinmadi 0
Fikrlar