3 nafar o'zbekistonlik ishtirok etgan Xitoy chempionati o'yinida Ismoilov jamoasi g'alaba qozondi
16 okt 2016 14:42
Yangiliklar
3 nafar o'zbekistonlik ishtirok etgan Xitoy chempionati o'yinida Ismoilov jamoasi g'alaba qozondi
Bugun Xitoy chempionatining 27-turidan o'rin olgan "CHanchun Yatay" hamda "Beyjing Goan" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Bahsdagi hisob Igor Sergeevning goli bilan ochildi. O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi o'ng qanotda bir raqibini aldab darvozaning yaqin burchagiga zarba berdi va Xitoy chempionatidagi ilk golini urdi. Anzur Ismoilov to'p tepuvchi "CHanchun Yatay" futbolchilari uchrashuv yakuniga qadar 2 ta gol urishga muvaffaq bo'lishdi. SHunday qilib, Anzur Ismoilov jamoasi Igor Sergeev hamda Egor Krimec to'p tepadigan klubni 2:1 hisobida taslim etdi. Yuqorida sanab o'tilgan barcha o'zbekistonlik futbolchilar o'yinda 90 daqiqa harakat qilishdi.
Fikrlar