So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  4 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

26 sentyabr kuni U-23 Osiyo chempionatiga qura tashlanadi Yangiliklar

26 sentyabr kuni U-23 Osiyo chempionatiga qura tashlanadi

Xabaringiz bor, shu kunlarda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Har kunlik mashg'ulotlar TTYMI stadionida bo'lib o'tyapti. Malumki, kelasi yilning 8-26 yanvar kunlari Tailandda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. 26 sentyabr kuni Bangkokdagi "Rama Gardens" mehmonxonasida mazkur musobaqa uchun qura tashlash marosimi o'tkaziladi. 

Qura mexanizmiga ko'ra, 16ta jamoa to'rttadan to'rt guruhga bo'linadi va har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. Musobaqa yakunida kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar Tokio-2020 Olimpiada o'yinlariga yo'llanma oladi. 

Bilasiz, Olimpiada o'yinlari Yaponiya poytaxti Tokioda tashkil etiladi. Olimpiada o'yinlarining futbol musobaqasi uchun Osiyoga mezbon Yaponiyadan tashqari yana uchta o'rin ajratilgan. Agar Yaponiya olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatida yarim finalga qadar etib boradigan bo'lsa, unda to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritadigan jamoa qo'shimcha imtiyozga ega bo'ladi. 

Hozirgi paytda 2020 yilgi U-23 Osiyo chempionatida o'ynaydigan barcha 16ta jamoa malum bo'lib ulgurgan. Bular - Tailand, Qatar, Bahrayn, Iroq, BAA, Iordaniya, O'zbekiston, KXDR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy, Vetnam, Avstraliya, Eron, Suriya va Saudiya Arabistoni. 

SHuningdek, savatchalar ham malum. Biz qura paytida 1-savatchada bo'lamiz. 

1-savatcha: Tailand (mezbon), O'zbekiston, Vetnam, Qatar

2-savatcha: Janubiy Koreya, Iroq, Yaponiya, KXDR

3-savatcha: Xitoy, Avstraliya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni

4-savatcha: Suriya, Eron, BAA, Bahrayn. 

SHunday qilib 26 sentyabr kungi qurada raqiblarimiz kim bo'lishini bilib olamiz. Darvoqe Toshkentda yig'in o'tkazayotgan olimpiyachilarimiz tez orada eronlik tengqurlariga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. Eron olimpiyachilari bilan dastlabki bahs 6 sentyabr kuni Olmaliqda, ikkinchisi 9 sentyabrda Toshkentda, "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. Har ikki bellashuv 19:00da start oladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика