25 yil...
13 may 2021 12:06
Yangiliklar
96 soat, 2 to'qnashuv, 10 gol, 6 ochko. Qisqasi, "Milan" Turinni "Yuventus"-u "Torino"lari bilan "yanchib tashladi"!
Torino |
Serie A . 36-tur 13/05/2021, 00:45 7
:
0
Tugadi
|
AC Milan Theo Hernandez - 19', Franck Kessie - 26', Brahim Diaz - 50', Theo Hernandez - 62', Ante Rebic - 67', Ante Rebic - 72', Ante Rebic - 79' |
Stadion: Stadio Olimpico Grande Torino, 0 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Guida
Kecha oqshom "buqalar" darvozasini qo'riqlagan Salvatore Sirigu o'yin oxirigacha 7 bor raqib oldida ojizligini his qildi.
Qiziqarli jihati, "Milan" Italiya A Seriyasining 1 o'yinida 7 gol urganiga aynan kecha (12 may kuni) roppa-rosa 25 yil to'lgan edi. 1996 yilning ushbu sanasida "qizil-qoralar" "Kremoneze"ni 7:1 hisobida enggan. Faqat u jamoa tarkibida Leao emas — Jorj Vea, Rebich emas — Roberto Badjo, Braim emas — Bobanlar bor edi. O'shanda jamoa ustozi Fabio Kapello chempionatning so'nggi turida quyidagi futbolchilarni maydonga tushirgan va o'yindan keyin chempionlikni tantana qilgan:
(4-4-2) Sebastyano Rossi — Mauro Tassotti (Franchesko Koko, 72), Filippo Galli, Alessandro Kostakurta, Kristian Panuchchi — Stefano Eranio (Tomas Lokatelli, 49), Zvonimir Boban, Demetrio Albertini, Paolo Di Kanio, — Xorxe Futre (Roberto Badjo, 79), Jorj Vea. Quyida o'sha uchrashuvda urilgan gollarni tomosha qiling.
Bundan tashqari, kechaki g'alaba "Milan" uchun XXI asrdagi eng yirigi bo'ldi. Bunga qadar ushbu maqom 2001 yilning 11 mayida o'tkazilgan "Milan derbisi"ga tegishli edi.
"Inter" — "Milan" — 0:6
Gollar: Komandini, 3, 19, Junti, 53, SHevchenko, 66, 77, Serjino, 81
"Inter": Frey, Ferrari, Blan, SHimich, Zanetti, Di Byajo (Zeedorf, 46), Farinos (Koe, 35), Dalma, Greshko, Rekoba, Vieri
"Milan": Rossi, Xelveg, Kostakurta, Roke Junior, Maldini, Gattuzo, Junti (Guli, 70), Kaladze, Serjino, Komandini (Xose Mari, 57), SHevchenko (Leonardo, 82)
Yuqoridagi 2 o'yindan farqli ravishda hozir jamoa tarkibiga dunyoning eng zo'r futbolchilari jamlanmagan. Klub 25 yil oldingi kabi jahon grandi emas. SHu tufayli "Milan" 8 yildan beri ECHL yo'llanmasi uchun kurashyapti-yu ega chiqolmayapti. Mazkur jamoaning shonli davrlari qaytishiga ishonasizmi?
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar