2013 yilda Ronaldu va Mourino kiyinish xonasida urishib ketishiga bir bahya qolgan
03 noy 2015 18:45
Yangiliklar
2013 yilda Ronaldu va Mourino kiyinish xonasida urishib ketishiga bir bahya qolgan
Malumotlarga ko'ra, bu voqea 2013 yilning yanvarida, "Valensiya"ga qarshi Ispaniya Kubogi uchrashuvidan so'ng sodir bo'lgan. "Real" 2:0 hisobida yutayotgan edi va Mourino Ronaldudan himoyaga qaytishni so'radi, qo'shimchasiga uni muvaffaqiyatsiz aut uchun tanqid qildi. Bahs esa o'sha hisobda yakunlandi.
Mourino kiyinish xonasida futbolchini tanqid qilishda davom etdi va Ronaldu o'zini tutib tura olmay shunday dedi: "Men haqimda bunday deyishga nima haqqingiz bor?!". Mourino esa o'zini oqlashni boshlaydi: "Men buni jamoaga aytyapman. Sen biroz himoyaga qaytishing kerak edi". Ronaldu o'zini bosa olmayotgan edi va Mourino shunday dedi: "Ko'pchilik sen himoyaga kam qaytasan deb o'ylaydi, ammo buni aytish uchun ularda jasorat etishmaydi". Bu gaplardan so'ng Ronaldu Jozega tashlandi. Futbolchilar mushtalshuvning oldini olib qolishdi.
Fikrlar